Oteev Tursinbay Polatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksial simmetrik fazo-vaqtlarda zarracha va torlarning dinamikasi”, 01.04.02-Nazariy fizika va 01.03.01-Astronomiya(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/FM1093.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli ilmiy kengash
Ilmiy rahbarlar: f.-m.f.d., akad. Axmedov Bobomurot Jo‘raevich, f.-m.f.d. Rayimbaev Djavlanbek Radjapbaevich
Rasmiy opponentlar: Narzilloev Baxtiyor Murot o‘g'li, fizika-matematika fanlari doktori, (O‘zR FA Astronomiya instituti, bosh ilmiy xodimi); Tadjimuratov Pulat Sadullaevich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha PhD (Central Asian University, dotsent).
Yetakchi tashkilot: Al-Farabi nomidagi qozoq Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kvintessensiyada joylashgan aylanuvchi qora tuynuklar atrofida spinli va spinsiz zarrachalar dinamikasi va energetik jarayonlarini o‘rganish, zaryadlangan qora o‘ralar atrofida tok tashuvchi halqo torlarning harakatini o‘rganish va ularni kuzatuvdagi astrofizik ob’ektlarga qo‘llash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor kvintessensiya maydonning mavjudligi qora o‘ra atrofida to‘qnashuvchi zarralarning massa markazi energiyasini kamaytirishi ko‘rsatilgan;
ilk bor kvintessensiyada joylashgan aylanuvchi qora tuynuklar atrofida eng katta spinli zarralar qora tuynukga eng yaqin barqaror doiraviy orbitalarda harakatlanishi ko‘rsatilgan;
ilk bor GRO1655-40 manbasidan kuzatilgan ma’lumotlarning Reissner-Nordstrom qora tuynugi atrofida tok tashuvchi tor halqalarning yuqori chastotali tebranishlarlari bilan muvofiqligi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. kvintessensiyada joylashgan aylanuvchi qora tuynuklar atrofida spinli va spinsiz zarrachalar dinamikasi, zaryadlangan qora o‘ralar atrofida tok tashuvchi halqo torlarning harakatini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar , Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay muxandislik fanlari universiteti Hisoblash fizikasini qo‘llash va tadqiq qilish markazi tadqiqotchilari tomonidan kvintessensiya va elektromagnit maydon bilan o‘ralgan Kerr-Nyuman qora tuynuklari atrofida harakatlanuvchi zaryadlangan zarrachalarning dinamik jarayonlariga qo‘llanildi va kvintessensiya parametri ortganda effektiv potensialning grafigi cheksizda kuzatuvchi tomon siljishi va effektiv potensialning kamayishi, biroq, kvintessensial holat parametri oshishi bilan effektiv potensial grafigi qora tuynuk tomon siljishi va kamayishi topilgan. Natijalar 2022 yil, Amerika fizika jamiyatining Physical Review D jurnali 105 soni 10 maqolasida chop etildi. Bundan tashqari zarracha va torlar dinamikasi bo‘yicha olingan natijalar Evropa, Osiyo va Amerika yetakchi ilmiy tadqiqot muasasalari tominidan o‘z ilmiy maqolalarida qo‘llanilgan va olingan natijalar Physics Letters B, 771-son , International Journal of Modern Physics D, 26-jild, 6-son, The European Physical Journal C, 78-jild, 9-son , Physical Review D, 95-jild, 6-son, The European Physical Journal C, 78-jild, 6-son, Physical Review D, 102-jild, 10-son, Classical and Quantum Gravity, 37-jild, 24-son, Physics of the Dark Universe, Volume 44-jild, The European Physical Journal C, 82-jild, 5-son, Physics of the Dark Universe, 26-jild, Chinese Journal of Physics 70-jildida chop etilgan.