O‘ljaev O‘tkir Boymamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Uglerodli nanonaycha, grafen va kremniy oksidida vodorodni samarali saqlash mexanizmlari ” 01.04.04 – Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1028.
    Ilmiy rahbar: Yadgarov Ishmumin Djabbarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Isaxanov Zaynobiddin Abilpayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor Razzokov Jamoliddin Inotullaevich, Kimyo fanlari doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Dissertatsiya ishining maqsadi: Molekuluar Dinamika usuli uordamidan foudalanib, turli xil materiallarda vodorodni selektiv saqlashning samarali molekulyar mexanizmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    Ilk marotaba endoedral nikelli bir qavatli uglerod nanonaycha (Nin@BQUNN) sirtida vodorodni saqlash ko‘rsatgichiga nikell atomlari va haroratning bog‘liqligi aniqlandi;
atmosfera bosimiga yaqin va xona harorati sharoitida nuqsonsiz va nuqsonli grafenda vodorod saqlash hajmi baholandi;
xona haroratida amorf kremniy oksidi (a-SiO2) dagi g‘ovaklarning vodorod adsorbsiya mexanizmiga ta’siri aniqlandi;
kremniy oksidi a-SiO2 sirti va hajmi bo‘yicha vodorodni saqlashda g‘ovaklarning ta’siri aniqlandi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiua ishi  doirasidagi  olingan natijalardan, atmosfera bosimiga yaqin va xona harorati sharoitida nuqsonsiz va nuqsonli grafenda vodorodning absorbsiyalanish mexanizmlarini aniqlash O‘zR FA Ion plazma va lazer texnologiyalari institutida prof. Sh.D. Payziev  rahbarligida 2022-2023 yillarda olib borilgan “Lazer nurlanishidan foydalangan holda turli xil muhitlarning chiziqli bo‘lmagan optik va vaqtli relaksatsiya xususiyatlarini o‘rganish va material sirtlarini mikro va nanostrukturali va funksional materiallar bilan o‘zgartirish”  byudjet mavzusidagi fundamental tadqiqotlar ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda, xususan, bir rangli (1030 nm) va ikki rangli (1030 nm + 515 nm) lazer maydonlari yordamida Zn va ZnSe nanozarralarini o‘z ichiga olgan plazmadagi yuqori garmonikalarni yaratishni o‘rganishda foydalanilgan (O‘zR FA ning 2024-yil         2-oktyabrdagi №3/1257-2210 sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya muallifi tomonidan olingan ushbu ilmiy  natijalardan foydalanish Zn va ZnSe nanozarralrini hosil bo‘lish jarayonini samarali baholash va tavsiflash imkonini berdi.
G‘ovakli materiallar va ulardagi g‘ovaklarning vodorod adsorbsiyasiga ta’siri boʻyicha tadqiqot olib borilgan. Xususan, g‘ovakli materiallarda vodorodni samarali saqlashda strukturadagi g‘ovaklarning roli jarayonlarni modellashtirish usuli bilan o‘rganilgan va ushbu tadqiqot natijalari O‘zR FA Materialshunoslik institutida O‘zbekiston-Belarus ilmiy hamkorlik doirasida 2022-2024-yillarda bajarilgan “AL-4821023123” “Vodorodni g‘ovakli materiallarda absorbsiyalangan holda samarali saqlash texnologiyasi” mavzusidagi loyihani bajarish doirasida g‘ovakli keramika strukturalaridagi g‘ovaklarning har xil harorat va bosim ta’siridagi o‘zgarishlarini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zR FA ning 2024-yil 4-oktyabrdagi № 3/1257-2211 sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya muallifi tomonidan olingan ushbu ilmiy  natijalardan foydalanish g‘ovakli materiallar, xususan g‘ovakli keramika strukturalaridagi g‘ovaklarning harorat va bosim ta’siridagi o‘zgarishlari, bu esa, o‘z navbatida g‘ovakli keramikada vodorodning singishi (sorbsiya) uchun maqbul sharoitlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish