Kenjaev Amirbek Alijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqaviy xavfsizlikni saqlash kontekstida O‘zbekistonning suv diplomatiyasi”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyoting siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss365.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Abdusamat Axatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar:
Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor.
Arapov Sherzod Dexkanbaevich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Markaziy Osiyo xalqaro instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transchegaraviy suvlardan foydalanishning Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga ta’sirini inobatga olgan holda, O‘zbekiston suv diplomatiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni saqlashning bugungi kundagi muhim bo‘g‘ini bo‘lgan suv xavfsizligini ta’minlash, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq nizo va ziddiyatlarni preventiv vositalar orqali bartaraf etish va shu asosida davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar “gidrodiplomatiya” konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilgan;
transchegaraviy suv resurslaridan siyosiy ta’sir etish vositasi sifatida foydalanishni oldini olish, mintaqa davlatlarining suvdan birgalikda foydalanish sohasidagi pozisiyalarini bir-biriga muvofiqlashtirish va konstruktiv suv diplomatiyasini olib borish hamda sohadagi munosabatlarga xalqaro tajribani keng joriy qilishga yo‘naltirilgan “Markaziy Osiyo suv tabusi” tajribasini tadbiq etish lozimligi isbotlangan;
transchegaraviy suvlardan foydalanish sohasidagi xalqaro huquq normalari, Amudaryo suv resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq bugungi kundagi noaniqliklar va ziddiyatlar hamda sohadagi davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy mexanizmlar yaratish zarurartidan kelib chiqqan holda, Tojikiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida “Amudaryo suv resurslaridan birgalikda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi shartnoma” loyihasini ishlab chiqish taklifi dalillangan;
Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi va Amudaryo quyi havzasidagi suv resurslaridan foydalanish jarayonida Afg‘oniston kabi yangi ishtirokchining paydo bo‘lishi natijasida vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolaridan o‘zaro manfaatli teng sheriklik asosida foydalanish tartibi bo‘yicha “Markaziy Osiyo-Afg‘oniston” Mintaqaviy komissiyasini tashkil etish zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqaviy xavfsizlikni saqlash kontekstida O‘zbekiston suv diplomatiyasini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
transchegaraviy suv resurslaridan siyosiy ta’sir etish vositasi sifatida foydalanishni oldini olish, mintaqa davlatlarining suvdan birgalikda foydalanish sohasidagi pozisiyalarini bir-biriga muvofiqlashtirish va konstruktiv suv diplomatiyasini olib borish hamda sohadagi munosabatlarga xalqaro tajribani keng joriy qilishga yo‘naltirilgan “Markaziy Osiyo suv tabusi” tajribasini tadbiq etish borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy hujjatlari va qarorlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati Axborot-tahliliy va huquqiy ta’minlash departamentining 2024-yil 18-apreldagi 05-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi va Amudaryo quyi havzasidagi suv resurslaridan foydalanish jarayonida Afg‘oniston kabi yangi ishtirokchining paydo bo‘lishi natijasida vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolaridan o‘zaro manfaatli teng sheriklik asosida foydalanish tartibi bo‘yicha “Markaziy Osiyo-Afg‘oniston” Mintaqaviy komissiyasini tashkil etishga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 6-iyundagi 15/17825-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
transchegaraviy suvlardan foydalanish sohasidagi xalqaro huquq normalari, Amudaryo suv resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq bugungi kundagi noaniqliklar va ziddiyatlar hamda sohadagi davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy mexanizmlar yaratish zarurartidan kelib chiqqan holda, Tojikiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida “Amudaryo suv resurslaridan birgalikda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi shartnoma” loyihasini ishlab chiqish borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining qonunchilik hujjatlari yuzasidan xulosalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2023-yil 7-avgustdagi 04/8-10-2800-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni saqlashning bugungi kundagi muhim bo‘g‘ini bo‘lgan suv xavfsizligini ta’minlash, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq nizo va ziddiyatlarni preventiv vositalar orqali bartaraf etish va shu asosida davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar “gidrodiplomatiya” konsepsiyasiga oid xulosalardan O‘zhekiston Xalq demokratik partiyasi dasturining “Rivojlanishdagi ijtimoiy ustuvorlik” nomli 4-yo‘nalishida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirishda, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda aholining suvdan foydalanish madaniyatini kuchaytirishga doir 6-yo‘nalishdagi bandlarni kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2024-yil 26-iyundagi 4-248-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.