Kasimova Nozima Omilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalarida investision faoliyat samaradorligini oshirish» 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2099
Ilmiy maslahatchi: Yakubova Dildar Muxamedjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:.Muratova Shohista Nimatullaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Tuyg‘un Uzoqovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
     Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil sanoati korxonalarining investision faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirishga xizmat qiluvchi nazariy va amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil mahsulotlarini etkazib berish hamda xizmat ko‘rsatish tizimlarining samaradorligini aniqlashda bozor konsentratsiyasi va avtomobil ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish hajmini oshirishga qaratilgan avtomobil komponentlarini baholash tizimi takomillashtirilgan;
korxonaning  ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy texnologiyalar va retronovatsiyalarning 70/30 nisbatida integratsiya qilish orqali mahsulotlarning sifati va ishonchliligini saqlab qolgan holda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish va qo‘shimcha qiymat yaratishga yo‘naltirilgan  innovatsion strategiyasining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«SamAvto» MChJ QKning avtobus (shahar) va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishning indeksial baholanishi hamda avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2024-2033 yillar davriga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
avtomobil sanoati korxonalari infratuzilmasini investision samaradorligini oshirishda “SamAvto” MChJ QKning investisiya tarkibi hamda avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishdan olinadigan daromad hajmi yuzasidan 2024-2033 yillarga mo‘ljallangan prognozlar ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalarida investision faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
avtomobil mahsulotlarini etkazib berish hamda xizmat ko‘rsatish tizimlarining samaradorligini aniqlashda bozor konsentratsiyasi va avtomobil ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish hajmini oshirishga qaratilgan avtomobil komponentlarini baholash tizimi tadbiq etilgan, bu  «O‘zavtosanoat»  AJ ga joriy qilingan (№04-440-son 2023-yil 17-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada avtomobilning bozor konsentratsiyasi va tijorat avtomobillari koeffisienti 15 foizga o‘sgan;
korxonaning  ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy texnologiyalar va retronovatsiyalarning 70/30 nisbatida integratsiya qilish orqali mahsulotlarning sifati va ishonchliligini saqlab qolgan holda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish va qo‘shimcha qiymat yaratishga yo‘naltirilgan  innovatsion strategiyasi ishlab chiqarishga joriy qilindi «O‘zavtosanoat»  AJga joriy qilingan (№04-440-son 2023-yil 17-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Buning natijasida korxonaning qo‘shimcha qiymat yaratishi 12 foizga oshgan;
«SamAvto» MChJ QKning avtobus (shahar) va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishning indeksial baholanishi hamda avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2024-2033 yillar davriga mo‘ljallangan prognoz parametrlari «O‘zavtosanoat»  AJga joriy qilingan (№04-440-son 2023-yil 17-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Bu mahsulot ishlab chiqarishda 1,1 foizga tannarxni kamaytirish imkonini bergan;
avtomobil sanoati korxonalari infratuzilmasini investision samaradorligini oshirishda “SamAvto” MChJ QKning investisiya tarkibi hamda avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishdan olinadigan daromad hajmi yuzasidan 2024-2033 yillarga mo‘ljallangan prognozlar ko‘rsatkichlari «O‘zavtosanoat»  AJda maqsad ko‘rsatkichlar rejasiga kiritilgan  (№04-440-son 2023-yil 17-oktyabrdagi ma’lumotnomasi). 2033 yilda korxona 35 mlrd. so‘m daromad olishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish