Kodirova Muattar Ganijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Giloniy ijtimoiy-falsafiy qarashlarida shaxsning ma’naviy qiyofasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal856
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Safarboev Madrahim, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abdulqodir Giloniy asarlaridagi shaxs ma’naviy qiyofasiga oid g‘oyalarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulqodir Giloniy ma’naviy-merosida ilgari surilgan axloqiy fazilatlar (o‘zgaga yuk bo‘lmaslik va kamtarlik) shaxs ma’naviy kamoloti mezoni hamda tasavvuf ta’limotidagi axloqiy kamolot bosqichlarining shaxs ma’naviy qiyofasining shakllanishida halollik va rostgo‘ylik fazilatlarini shakllantirishi aniqlashtirilgan;
Qodiriya ta’limotidagi shaxs ma’naviy kamoloti uchun zarur bo‘lgan qasam ichmaslik; yolg‘on aytmaslik; va’dani bajarish; la’nat aytish va azob berishdan saqlanish; jabr ko‘rguzganga sabr bilan javob qilish; o‘zgani ayblamaslik; haromdan uzoq yurish; boshqalarga yuk bo‘lmaslik; tama’ qilmaslik; tavozu’, kamtarlik, xokisorlik kabi ma’naviy kamolot xislatlarining korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishdagi, jamiyatni “halollik vaksinasi bilan emlash”dagi va ijtimoiy tarbiyaning milliy qadriyatlarga asoslangan shaklini ishlab chiqishdagi ahamiyati isbotlangan;
Abdulqodir Giloniyning “Rabboniylikni anglash” asaridagi bag‘rikenglik (insonlarni butun borliq bilan hamjihat, hamkor, bir-birini tushunib, murosa-madorada yashash) va kechirimlilik (la’nat aytish va azob berishdan saqlanish, jabr qilganda sabr bilan javob berish, o‘zgani ayblamaslik) g‘oyalarining jamiyatda tinchlik va barqarorlik, do‘stlik va ezgulikni qaror toptirishdagi hamda inson ijtimoiy qiyofasida pragmatik ahamiyati ochib berilgan;
Abdulqodir Giloniy ijtimoiy-falsafiy qarashlaridagi ijtimoiy faollikka oid mashg‘ullik ila forig‘lik shiorida halol mehnat bilan mashg‘ul bo‘lish, moddiy boyliklarga qalban bog‘lanmaslik, ilohiy ishq bilan forig‘lanish g‘oyalari Hazrati Bahouddin Naqshbandning “Dast ba koru, dil ba yor” shioriga asos bo‘lganligi hamda inson iqtisodiy kamolotining bosqichlarining (ishchi kuchi sifatidagi inson, aniq mehnat sub’ekti sifatidagi inson, tadbirkor sifatidagi inson, menejer sifatidagi inson) shaxs ma’naviy-axloqiy takomillashuvidagi ahamiyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulqodir Giloniy ijtimoiy-falsafiy qarashlarida shaxs ma’naviy qiyofasining tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Abdulqodir Giloniy ma’naviy-merosida ilgari surilgan axloqiy fazilatlar (o‘zgaga yuk bo‘lmaslik va kamtarlik) shaxs ma’naviy kamoloti mezoni hamda tasavvuf ta’limotidagi axloqiy kamolot bosqichlarining shaxs ma’naviy qiyofasining shakllanishida halollik va rostgo‘ylik fazilatlarini shakllantirishiga oid yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2024 yil yanvar va iyun oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 26-iyuldagi 04-36-884-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlar, davra suhbatlari tasavvuf ta’limotidagi axloqiy kamolot bosqichlarining shaxs ma’naviy qiyofasi shakllanishida pozitiv ta’siri, Uchinchi Renessans ma’naviy poydevorini yaratishda Giyloniy ijtimoiy-falsafiy qarashlarining ahamiyati, Yangi O'zbekiston ma’naviy-axloqiy taraqqiyotiga ta’siriga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarni mazmunli tashkil etishga, dasturlarni so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Qodiriya ta’limotidagi shaxs ma’naviy kamoloti uchun zarur bo‘lgan qasam ichmaslik; yolg‘on aytmaslik; va’dani bajarish; la’nat aytish va azob berishdan saqlanish; jabr ko‘rguzganga sabr bilan javob qilish; o‘zgani ayblamaslik; haromdan uzoq yurish; boshqalarga yuk bo‘lmaslik; tama’ qilmaslik; tavozu’, kamtarlik, xokisorlik kabi ma’naviy kamolot xislatlarining korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishdagi, jamiyatni “halollik vaksinasi bilan emlash”dagi va ijtimoiy tarbiyaning milliy qadriyatlarga asoslangan shaklini ishlab chiqishdagi ahamiyati bayon etilgan nazariy mulohazalar va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyati, jumladan hududiy oliy ta’lim muassasalarida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga doir dastur va loyihalarning ijrosi, 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturlarining ijrosi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi Nizom” asosida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 9-sentyabrdagi 4-09-21-4708-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarining mohiyati boyitilgan va sifat jihatdan zamon talablari doirasida nazariy va pragmatik ahamiyat kasb etgan, yoshlar ma’naviy ongi shakllanishida tasavvuf bunyodkor g‘oyalarining integrativ o‘rnini asoslab berishga xizmat qilgan;
Abdulqodir Giloniyning “Rabboniylikni anglash” asaridagi bag‘rikenglik (insonlarni butun borliq bilan hamjihat, hamkor, bir-birini tushunib, murosa-madorada yashash) va kechirimlilik (la’nat aytish va azob berishdan saqlanish, jabr qilganda sabr bilan javob berish, o‘zgani ayblamaslik) g‘oyalarining jamiyatda tinchlik va barqarorlik, do‘stlik va ezgulikni qaror toptirishdagi hamda inson ijtimoiy qiyofasida pragmatik ahamiyati keltirilgan nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 20-sentyabrdagi 363-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyaning xulosa va takliflari Yangi O‘zbekiston ma’naviy-axloqiy taraqqiyotiga ta’sirini, yoshlarining ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirishda ahamiyatini hamda loyiha doirasidagi nazariy metodologik tahlillarni yanada boyitish ilmiy dalillar sifatida xizmat qilgan;
Abdulqodir Giloniy ijtimoiy-falsafiy qarashlaridagi ijtimoiy faollikka oid mashg‘ullik ila forig‘lik shiorida halol mehnat bilan mashg‘ul bo‘lish, moddiy boyliklarga qalban bog‘lanmaslik, ilohiy ishq bilan forig‘lanish g‘oyalari Hazrati Bahouddin Naqshbandning “Dast ba koru, dil ba yor” shioriga asos bo‘lganligi hamda inson iqtisodiy kamolotining bosqichlarining (ishchi kuchi sifatidagi inson, aniq mehnat sub’ekti sifatidagi inson, tadbirkor sifatidagi inson, menejer sifatidagi inson) shaxs ma’naviy-axloqiy takomillashuvidagi ahamiyatiga oid takliflar, tavsiya va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2023- yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish”ga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 25-oktyabrdagi 10-137-son ma’lumotnomasi). Natijada, Giloniy ijtimoiy-falsafiy qarashlarida shaxsning ma’naviy qiyofasi ilmiy tahlil etishga, yoshlarning dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan avlodni tarbiyalashga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish va ularni bugungi kun talablari bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish