Teshaev Nutfullo Nasrulloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ma’naviy omillari va mafkuraviy tamoyillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fal154
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Haydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Bobir Sharopovich, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ma’naviy omillari va mafkuraviy tamoyillarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyatining iqtisodiy erkinlik, mulk turlarining xilma-xilligi, bozor munosabatlari, hokimiyatning demokratikligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tan olish va himoya qilish, sheriklik va milliy totuvlik, qonun oldida tenglik, g‘oyaviy plyuralizm muxolifatning mavjudligi, so‘z erkinligi, farovon hayotni ta’minlovchi va kafolotlovchi samarali ijtimoiy siyosat kabi ma’naviy omillari hamda plyuralizm, shaxs siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy erkinligi, ochiqlik, tashabbuskorlik kabi tamoyillarining o‘zaro dialektik aloqadorligi ochib berilgan;
fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalar tadriji madaniy uyg‘onish, diniy e’tiqod, urf-odat va axloqiy normalar, adolat, halollik kabi tamoyillar asosida rivojlanganligi, fuqarolik jamiyatini barpo etish, uni rivojlantirishning inson huquqlari, milliy qadriyatlarni himoya qilish, tinchlik va birdamlik kabi obektiv va subektiv omilllari hamda ularga xos amaliyotning zamonaviy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kafolatlar tizimini yaratish, vatanparvarlik va milliy g‘ururni mustahkamlash, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi kabi ustuvor tamoyillari dalillangan;
O‘zbekiston taraqqiyoti yangi bosqichiga xos rivojlanish strategiyasining fuqarolik jamiyatinini takomillashtirishdagi ajdodlardan qolgan katta merosni o‘rganish va targ‘ib etish imkoniyatini yaratish, ilm-fan, texnika salohiyatini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash, milliy-ma’naviy qadriyatlarni qaror topishi uchun qulay sharoitlar yaratish kabi yo‘nalishlarining konseptual ahamiyati falsafiy asoslangan;
O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyatini yanada takomillashtirishda namoyon bo‘layotgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar qadrsizlanishi, yot ruhdagi guruh va oqimlarga ergashish, buzg‘unchi mafkuraviy xurujlarga qarshi murosasizlikni tarbiyalash borasida hamkorlik hamjihatlikning etishmasligi, ma’naviy-mafkuraviy ishlarning ilmiy asosda yo‘lga qo‘yilmagani, mas’uliyasizlik kabi muammolarni hal etishning maxsus adabiyotlar, tavsiyalar yaratish, ziyolilar bilan muloqot qilish, yoshlar uchun mafkuraviy klublar tashkil etish kabi innovatsion mexanizmlarini optimallashtirish zarurati asoslab berilgan;
taraqqiyot strategiyasi doirasidagi islohotlar va tub yangilanishlar jarayonida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, uning institutlari faoliyatini takomillashtirishda aholi turmush darajasi va farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy omillarni aniqlash hamda tadqiq qilishning zamonaviy metodologiyasini ishlab chiqish, ma’naviy rivojlanish dinamikasini tahlil qilib borish, jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish, ma’naviy taraqqiyot jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan vakolatli davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, ishbilarmon doiralar, ekspertlar hamjamiyati va keng jamoatchilik vakillari fikr-mulohazalarining monitoringini olib borish kabi taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ma’naviy omillari va mafkuraviy tamoyillarini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fuqarolik jamiyatining iqtisodiy erkinlik, mulk turlarining xilma-xilligi, bozor munosabatlari, hokimiyatning demokratikligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tan olish va himoya qilish, sheriklik va milliy totuvlik, qonun oldida tenglik, g‘oyaviy plyuralizm muxolifatning mavjudligi, so‘z erkinligi, farovon hayotni ta’minlovchi va kafolotlovchi samarali ijtimoiy siyosat kabi ma’naviy omillari hamda plyuralizm, shaxs siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy erkinligi, ochiqlik, tashabbuskorlik kabi tamoyillarining o‘zaro dialektik aloqadorligiga ilmiy yangiliklar, nazariy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan KA-3-007-raqam “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasining asosiy vazifalarini ijro etishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 4-dekabrdagi 04/11-8800-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirish hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida fuqarolik jamiyati rivojlanishining bugungi holati va istiqbolini tahlil etishga doir konseptual va nazariy xulosa hamda tavsiyalarni ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalar tadriji madaniy uyg‘onish, diniy e’tiqod, urf-odat va axloqiy normalar, adolat, halollik kabi tamoyillar asosida rivojlanganligi, fuqarolik jamiyatini barpo etish, uni rivojlantirishning inson huquqlari, milliy qadriyatlarni himoya qilish, tinchlik va birdamlik kabi obektiv va subektiv omilllari hamda ularga xos amaliyotning zamonaviy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kafolatlar tizimini yaratish, vatanparvarlik va milliy g‘ururni mustahkamlash, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi kabi ustuvor tamoyillariga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining 5 yo‘nalishini jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit masalalari 22-bandi jamiyat hayotida yuz berayotgan turli ijtimoiy masalalrni tahlil qilish uchun podkast (audio, video mashg‘ulot) formatidagi loyihani ishga tushurishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 26-iyundagi 02-22/618-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston taraqqiyoti yangi bosqichiga xos rivojlanish strategiyasining fuqarolik jamiyatinini takomillashtirishdagi ajdodlardan qolgan katta merosni o‘rganish va targ‘ib etish imkoniyatini yaratish, ilm-fan, texnika salohiyatini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash, milliy-ma’naviy qadriyatlarni qaror topishi uchun qulay sharoitlar yaratish kabi yo‘nalishlarining konseptual ahamiyatiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 10-bandi “Avval – inson, keyin - jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 26-iyundagi 237-son ma’lumotnomasi). Natijada, izlanuvchilar va ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlari ilmiy-uslubiy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqishda nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyatini yanada takomillashtirishda namoyon bo‘layotgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar qadrsizlanishi, yot ruhdagi guruh va oqimlarga ergashish, buzg‘unchi mafkuraviy xurujlarga qarshi murosasizlikni tarbiyalash borasida hamkorlik hamjihatlikning etishmasligi, ma’naviy-mafkuraviy ishlarning ilmiy asosda yo‘lga qo‘yilmagani, mas’uliyasizlik kabi muammolarni hal etishning maxsus adabiyotlar, tavsiyalar yaratish, ziyolilar bilan muloqot qilish, yoshlar uchun mafkuraviy klublar tashkil etish kabi innovatsion mexanizmlarini optimallashtirish zaruratiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatida, jumladan O‘zbekieton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 4-martdagi KQ-311/1-IV-sonli qaroriga asosan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirishda hamda “Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 4-yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlari, davlat idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlarning mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ma’naviy omillari va mafkuraviy tamoyillarini yangi davr taraqqiyotida vujudga kelayotgan murakkab muammolarni echishning ma’naviy-ma’rifiy yangi, uslub vositalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning yangi ma’naviy qiyofasini yaratishda, jamiyat mafkuraviy taraqqiyotini ta’minlashda yangicha fikrlaydigan va mustaqil fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashning konseptual jihatlari ideologizatsiya (mafkuraning ustuvor bo‘lishi, jamiyat hayotida asosiy rol o‘ynashi), deideologizatsiya (davlat va jamiyat hayotida mafkura tamoyillariga e’tiborsizlik, ularning o‘z funksiyasini bajarmay qo‘yishi), reideologizatsiya (davlat va jamiyatning mafkura sohasiga befarq bo‘lmasligi, islohotchilik va yetakchilik pozisiyasini saqlab qolish) jarayonlariga dialektik aloqador ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Maxsus reportaj”, “Kun mavzusi”, “Inson qadri uchun” ko‘rsatuvlari va eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 1-dekabr 02-09-328-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonida ma’naviy omillar va mafkuraviy tamoyillarni to‘g‘ri anglash bilan birga fuqarolik jamiyatini ifoda etuvchi ma’naviy qadriyatlarni kishilar ijtimoiy ongida o‘z ifodasini aks etish imkonini bergan.