Mahammatova Mehriniso Usmonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yumshoq bug‘doyning yangi navlarini yaratishda respublikaning turli mintaqalarga mos navlar modelini ishlab chiqish va ilmiy asoslash”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Qx299
Ilmiy maslahatchi: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Xalikova Maloxat Bobomurodovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ziyodullaev Zohid Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qarshieva Umida Shukurovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamizning turli mintaqalarining sug‘oriladigan erlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doyning (T. aistivum L. ) yangi navlarini yaratish uchun har bir mintaqaga mos navlar modelini ishlab chiqish va ilmiy asoslash hamda hosildor, kleykovina va oqsil miqdori yuqori, zang kasalligiga chidamli yangi nav yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba respublikaning sug‘oriladigan erlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doyning (T.aestivum L. ) shimoliy, janubiy va markaziy mintaqalarida yangi navlar yaratish uchun navlar modeli ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan:
respublikaning shimoliy, janubiy va markaziy mintaqalarida, sug‘oriladigan erlar sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilingan;
respublikamiz shimoliy mintaqasida sug‘oriladigan erlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini sovuqqa, janubiy mintaqasida navlarning issiqlikka chidamliligi, markaziy mintaqada qishga chidamliligi aniqlangan va ilmiy asoslangan;
shimoliy, janubiy va markaziy mintaqalarning sug‘oriladigan erlar sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining don sifat ko‘rsatkichlarini hamda urug‘ining fiziologik etilishi aniqlangan;
shimoliy, janubiy va markaziy mintaqalarning sug‘oriladigan erlar sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlari urug‘ining fiziologik etilishi aniqlangan;
tarkibida oqsil va kleykovina miqdori hamda qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan yangi Yuksak bug‘doy navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yumshoq bug‘doyning yangi navlarini yaratishda turli mintaqaga mos navlar modelini ishlab chiqish va ilmiy asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qishloq xo‘jaligida qimmatli-xo‘jalik belgilarning yuqori majmuasiga ega va aksariyat belgilar bo‘yicha ishlab chiqarishda ekilayotgan navlardan ustun bo‘lgan kuzgi yumshoq bug‘doyning Yuksak navi yaratilgan va O‘simliklar genetik resurslari ITI Milliy genbankiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 24-yanvardagi № 06/22-06/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizning bug‘doy genofondi qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori, hosildorligi 60,0 s/ga, vegetatsiya davri 212-226 kun, oqsil miqdori 14,4 %, kleykovina miqdori 32,6 %, 1000 dona don vazni 52 g, zang kasalligiga chidamli bo‘lgan yangi nav bilan boyitilgan;
respublikaning sug‘oriladigan erlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doyning shimoliy, janubiy va markaziy mintaqalarida yangi navlar yaratish uchun navlar modeli ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 24-yanvardagi № 06/22-06/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan mazkur model respublikamizning shimoliy, janubiy va markaziy tuproq-iqlim mintaqalariga mos navlar yaratishda yuqori samarali model sifatida tavsiya etilgan;
Toshkent viloyati Qibray tumanida kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi “Yuksak” navi “Yashil ziroat” fermer xo‘jaligida 0,3 ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 24-yanvardagi № 06/22-06/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, sariq zang kasalliklariga kompleks chidamlilikka ega bo‘lgan mazkur navdan yuqori hosil (81 s/ga) olishga erishigan;
yangi yaratilgan “Yuksak” navi Farg‘ona viloyati Quva tumani “Shermirzaxoji” fermer xo‘jaligida 0,2 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 24-yanvardagi № 06/22-06/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navdan 80 s hosil olishga erishilgan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi Yuksak navi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga taqdim qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 24-yanvardagi № 06/22-06/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navning Davlat nav sinovini tashkil etish hamda ekin maydonlarini kengaytirish uchun etarli miqdordagi navdorligi yuqori bo‘lgan original urug‘liklari tayyorlangan.