Dusmatova Lola Xashimovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddatlari hamda me’yorlarini soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx910.
Ilmiy rahbar: Xalikov Bahodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kuldashov Bobomurod Xusanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soyaning “Madad” va “Sevinch” navlarini ekish muddat va me’yorlarini ularning o‘sishi, rivojlanishi, don hosili va sifatiga ta’sirini o‘rganish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor soya navlari erta muddatga (25.04-30.04) nisbatan 10 kun kech ekilganda nobud bo‘lgan o‘simliklar soni 0,8%-1,9% ni, 20 kun kech ekilganda 2,0%-3,0% ni, ekish me’yori gektariga 45 kg.ga nisbatan 15 kg.ga oshirilganda (60 kg) 1,8%-2,9% ni, gektariga 30 kg.ga oshirilganda (75 kg) 2,3%-5,5% ni tashkil etishi aniqlangan;
soyaning “Madad” navini erta muddat (25.04-30.04) ga nisbatan 10 kundan 20 kunga kech ekish amal davrini 4-5 kunga, ekish me’yorini gektariga 45 kg.dan 60 kg.ga oshirish 1-2 kunga, 30 kg.ga oshirish esa 2-3 kunga, “Sevinch” navida esa mos ravishda 2-4 kunga, 1-2 kunga va 2-3 kunga uzaytirishi isbotlangan;
soyaning “Madad” navini 25.04-30.04 muddatda ekish bir tup o‘simlikdagi dukkaklar sonini 05.05-10.05 muddatga nisbatan 2,4-3,4 donaga, 15.05-20.05 muddatga nisbatan 4,4-4,7 donaga, don sonini mos ravishda 4,6-8,1; 8,3-8,9 donaga, don massasini 0,2-0,5; 0,5-0,9 g.ga, “Sevinch” navini esa 05.05-10.05 muddatda ekish dukkaklar sonini 25.04-30.04 muddatga nisbatan 0,7-1,8 donaga, 15.05-20.05 muddatga nisbatan 4,8-5,5 donaga, don sonini mos ravishda 2,7-3,2; 4,7-9,5 donaga, don massasini 0,2-0,3; 0,3-0,5 g.ga yuqori bo‘lishi isbotlangan. Ikkala navda ham ekish me’yori gektariga 15 kg.dan 30 kg.ga oshirilganda dukkaklar soni 0,8-3,2 donaga, don soni 3,5-5,9 donaga, don massasi 3,7-3,9 donaga kam bo‘lganligi aniqlangan;
eng yuqori don hosildorligi “Madad” navini 25.04-30.04 muddatda, “Sevinch” navini 05.05-10.05 muddatda gektariga 60 kg ekilganda olinib, don hosili mos ravishda 31,2; 29,5 s/gani tashkil etganligi isbotlangan;
eng yuqori iqtisodiy samaradorlik “Madad” navi 25.04-30.04 muddatida, “Sevinch” navi 05.05-10.05 muddatida gektariga 60 kg ekilganda shartli sof foyda mos ravishda 11773334; 10779746 so‘m/gani, rentabellik 69,4; 55,7 % ni tashkil etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida ekish muddat hamda me’yorlarining soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
soya navlarining ekish me’yori va muddatlarini qo‘llash yuzasidan “Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soya etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilib, fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-sentyabrdagi №21-06/1117-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma qo‘llanma sifatida viloyatda soya etishtirayotgan fermer xo‘jaliklariga xizmat qilmoqda;
soyaning “Madad” va “Sevinch” navlarini turli ekish muddatlari (25-30 aprel, 5-10 may) va me’yorlarida (60 kg/ga, 75 kg/ga) ekib etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanida jami 20 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-sentyabrdagi №21-06/1117-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Madad” navi 25-30 aprelda, “Sevinch” navi 5-10 mayda gektariga 60 kg me’yorda urug‘ ekilganda, 75 kg/ga me’yorda ekilganga nisbatan o‘rtacha 2,4-3,2 s/ga yuqori hosildorlikka erishilib, gektariga 15 kg dan urug‘ tejalishi ta’minlangan;
soyaning “Madad” va “Sevinch” navlari O‘rta-Chirchiq tumani “Abdulla Abduxoliq” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-sentyabrdagi №21-06/1117-sonli ma’lumotnomasi). Soyaning o‘rtapishar “Sevinch” navi 5-10 mayda gektariga 400 ming dona (60 kg/ga) me’yorida ekilganda xuddi shu muddatda gektariga 500 ming dona (75 kg/ga) me’yorida ekilganga nisbatan gektariga 2,7 s/ga yoki 9,4% yuqori hosildorlikka, soyaning “Madad” navini 25-30 aprelda gektariga 375 ming dona (60 kg/ga) me’yorda ekilganda, xuddi shu muddatda gektariga 465 ming dona (75 kg/ga) me’yorda ekilganga nisbatan gektariga 3,1 s/ga yoki 9,9% yuqori hosildorlikka erishilgan;
soyaning “Madad” va “Sevinch” navlari Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 10,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-sentyabrdagi №21-06/1117-sonli ma’lumotnomasi). Soyaning “Sevinch” navi 5-10 mayda gektariga 400 ming dona (60 kg/ga) me’yorda ekilganda xuddi shu muddatda gektariga 500 ming dona (75 kg/ga) me’yorda ekilganga nisbatan gektariga 2,1 s/ga yoki 8,9% yuqori hosil olingan. Soyaning “Madad” navi 25-30-aprelda gektariga 375 ming dona (60 kg/ga) me’yorda ekilganda xuddi shu muddatda gektariga 465 ming dona (75 kg/ga) me’yorda ekilganga nisbatan gektariga 3,3 s/ga yoki 10,2% yuqori hosildorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish