Sarmanov Sherzod Shermaxmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning janubiy mintaqalari sharoitiga mos mahsuldor va tezpishar arpa (H. vulgare L., H. disticum L.) navlarini yaratish hamda urug‘chiligini takomillashtirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.4.DSc/Qx284.
Ilmiy maslahatchi: Raxmankulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Amanova Maxfurat Eshmuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamatqulov Tursunqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan arpaning ertapishar va tashqi muhit omillariga, yotib qolishga chidamli, hosildor, don sifati yuqori, donining to‘kilmasligi belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi navini yaratish va urug‘chiligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan va lalmikor erlari sharoitida arpaning jahon kolleksiyasidan 357 ta nav va namunalari celeksion ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholangan va ularga har tomonlama tavsifnoma berilgan;
yangi navlarni yaratish uchun qimmatli-xo‘jalik belgilar majmuasiga ega bo‘lgan boshlang‘ich manbalar ajratib olingan;
ertapisharlik, yuqori hosildorlik, yuqori sifatlilik, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga bardoshlilik belgilarini mujassamlashtirgan duragaylar yaratish uchun ota-onalik juftliklari tanlangan va chatishtirishlar orqali barqaror genotipli tizmalar olingan;
arpaning kolleksiya namunalari, duragaylar va ularning ota-onalik shakllari o‘rtasidagi ertapisharlik belgisi bilan morfo-biologik, qimmatli-xo‘jalik hamda tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamlilik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro uzviy bog‘liqliklari aniqlangan;
sug‘oriladigan erlar uchun qimmatli-xo‘jalik belgilar majmuasiga ega bo‘lgan hosildor, don sifati yuqori bo‘lgan kuzgi arpaning “Voxa” navi yaratilgan;
arpa navlarining mavjud birlamchi urug‘chilik tizimi muddati 6 yildan 5 yilgacha qisqartirilib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arpaning serhosil, don sifati yuqori bo‘lgan yangi navini yaratish va uni urug‘chilik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
kuzgi arpaning don sifati va don hosildorligi yuqori bo‘lgan “Voxa” navi yaratilgan va sug‘oriladigan maydonlar uchun 2019-yildan respublikaning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/05-03-364-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizning arpa genofondi hosildor, don sifati yuqori, abiotik omillarga bardoshli bo‘lgan yangi nav bilan boyitilgan;
kuzgi arpaning yangi yaratilgan “Voxa” navi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan erlar sharoitida jami 235 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/05-03-364-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navdan janubiy mintaqalarning noqulay iqlim sharoitlarida ham yuqori hosil olib, iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlagan;
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonlarida, 2021-2023 yillarda arpaning “Voxa” navini sug‘oriladigan maydonlar Qarshi agrouchastkasida 12,0 gektar, Kasbi agrouchaskasida 9,0 gektar maydonlarda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/05-03-364-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa tuproq-iqlim sharoitlarida mazkur nav ekilganda Qarshi agrouchastkasida 2021-yilda 42,6 s/ga, 2022-yilda 47,4 s/ga, 2023-yilda 43,1 s/ga, Kasbi agrouchaskasida 2021-yil 40,2 s/ga, 2022-yilda 42,4 s/ga, 2023-yilda 41,8 s/ga hosil olingan;
Mazkur nav 2021-2023 yillarda Qarshi tumanida “Xudoyqulov Sarvarbek Axrorovich” fermer xo‘jaligining 47,0 gektar, “Sarvarbek el ishonchi” fermer xo‘jaligining 38,0 gektar, “Sharopov Yusuf” fermer xo‘jaligining 24,0 gektar, Kasbi tumanida “Shermaxmatov Sharibjon” fermer xo‘jaligining 27,0 gektar, “Toshqurg‘on ekspress-invest” fermer xo‘jaligining 30,0 gektar, Mirishkor tumanida “Elbek” fermer xo‘jaligining 30,0 gektar, “Goyibov Xurshid” fermer xo‘jaligining 18,0 gektar maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/05-03-364-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 44,2-47,7 s/ga hosil olinib, andoza “Bolg‘ali” naviga nisbatan hosildorlik 7-12 s/ga yuqori bo‘lgan, rentabellik darajasi esa 46,3-47,2 foizni tashkil etgan;
Birlamchi urug‘chilik tizimi bo‘yicha olingan natijalarga asoslangan xolda arpaning urug‘chilik tizimi takomillashtirilgan va joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/05-03-364-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi birlamchi urug‘chilik 6 yillik elita urug‘larini etishtirish tizimi 5 yillikga qisqartirilgan.