Boyturaev Olimjon Urayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Farg‘ona vodiysida turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2702.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar iqtisodiyot fanlari doktori, professor Eshtaev Alisher Abdug‘anievich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  Farg‘ona vodiysida turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining turistik raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini viloyatlar turistlarini jalb qilishdagi harakatlar va infratuzilmadagi raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini (x_ij=a_ij/(max)┬j⁡〖a_ij 〗 ) va turistlarni jalb qilishda hududlarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini (R_j=√(〖x_1j〗^2+〖x_2j〗^2+⋯.+〖x_nj〗^2 ) )  aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
Namangan viloyatining Namangan shahri, Pop, Chortoq, Chust, Uychi va Norin tumanlarining ziyorat turizmi yo‘nalishida imkoniyatlari tadqiq etilib, “Etti ziyoratgoh” nomli yangi (1 kunlik) turistik marshrutini ishlab chiqish orqali hududning turistik yo‘nalishlari diversifikatsiyalangan.
Namangan viloyatida Xalqaro gullar festivalini keng targ‘ib etish va boshqa turistik yo‘nalishlari (gastro, eko, etnoturizm, musiqa tanlovlari va boshqalar) bilan uyg‘unlashgan holda  foydalanishning 3 bosqichli: (destinasion marketing imidjini shakllantirish strategiyasi, asosiy turistik destinatsion gastro, eko, etnoturizm turistik yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirib rivojlantirish strategiyasi, iste’molchi tajribasining esda qoladiganlarini ajratib olib rivojlantirish strategiyasi) marketing strategiyasi ishlab chiqilgan.
Farg‘ona vodiysida turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarining raqobatda ham ta’sir etuvchi faktorlar sifatida oldingi davrdagi turistlar sonini (ln⁡〖Q_(t-1) 〗=x_1), yalpi hududiy mahsulot (I=x2), UNS (x3) – tarixiy ob’ektlar soni, TYS(x4)– oldingi 5 yil davomida hududda bo’lgan terrorizm, yuqumli kasallik tarqalishi va global siyosiy muammolar kabi omillar orqali 2023-2027 yillarga prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qillinishi.  
Farg‘ona vodiysida turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysining turistik raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini turistlarni jalb qilishdagi harakatlar va infratuzilmadagi raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini (x_ij=a_ij/(max)┬j⁡〖a_ij 〗 ) shuningdek, turistlarni jalb qilishda hududlarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini (R_j=√(〖x_1j〗^2+〖x_2j〗^2+⋯.+〖x_nj〗^2 ) )  aniqlash usuli ishlab chiqilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 27 dekabrdagi 02-18/8317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi hududlarning turistik raiobatbardoshligini salohiyatini baholash uslubiyoti natijalaridagi aniqlikni oshirgan;
Namangan viloyatining Namangan shahri, Pop, Chortoq, Chust, Uychi va Norin tumanlarining ziyorat turizmi yo‘nalishining imkoniyatlarini ochib beruvchi, “Etti ziyoratgoh” nomli yangi (1 kunlik) turistik marshrutini ishlab chiqish orqali hududning turistik yo‘nalishlari diversifikatsiyalanishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 27 dekabrdagi 02-18/8317-sonli ma’lumotnomasi).  Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatining turistik yo‘nalishlari diversifikasiyalangan va hududga turistlar oqimining o‘sish barqarorligini (5-7 foizga) ta’minlanish taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida Xalqaro gullar festivalini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlab chiqilgan 3 bosqichli marketing strategiyasi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 27 dekabrdagi 02-18/8317-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida festivalni turizmning boshqa yo‘nalishlari (gastro, eko, etnoturizm, musiqa tanlovlari va boshqalar) bilan birlashtirishda  foydalanilgan;
Farg‘ona vodiysida turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari oldingi davrdagi turistlar soni (ln⁡〖Q_(t-1) 〗=x_1), tarixiy ob’ektlar soni – UNS (x3), oldingi 5 yil davomida hududda bo’lgan turizmga oid muammolar –TYS(x4) kabi omillar orqali 2028 yilga qadar prognoz parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 27 dekabrdagi 02-18/8317-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish