Akbarova Gulxayo Oybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida „Qayta tiklanuvchi energiya manbalari“ fanini loyihalash metodi asosida  o’qitishni takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4073.
Ilmiy rahbar: Nosirov Murodjon Zokirovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubov Komiljon Ruzmetovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi loyihalash  metodidan  foydalanish  asosida  “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini  o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitishda fundamental va amaliy o‘quv loyihalarini shakllantirishning metodik ta’minoti loyiha metodining didaktik xususiyatlari (real vaziyatga bog‘liqlik, ehtiyojlarga asoslanganlik, texnik-texnologik, ijtimoiy ahamiyatga egalik, o‘quv jarayoni dinamikligini oshirish, kollaborativ ta’lim, mahsulotga yo‘nalganlik, fanlararolik) va uslubiy tuzilmasini (muammoni identifikatsiya qilish, loyiha hajmi, resurslarini va amalga oshirish bosqichlarini aniqlash, meta-aloqani amalga oshirish, natijalarni umumlashtirish, taqdimot) ichki integratsiyalash va adaptiv qo‘llash natijasida takomillashtirilgan;
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini innovatsion yondoshuvlar vositasida o‘qitishning didaktik shart-sharoitlari loyiha metodining tamoyillarini (bashoratlilik, bosqichma-bosqichlilik, me’yorlash, o‘zaro aloqadorlik, samaradorlik, kasbiy-pedagogik madaniyatni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy bilim olish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, integrativlik) loyihalash bosqichlariga (tayyorgarlik, rejalashtirish, tadqiq qilish, olingannatijalarni tahlil qilish, xisobo‘l na natijalarni baholash) funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
loyiha metodi asosida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar o‘quv loyihalarini shakllantirish operatorlarini (eslash, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, baholash, ishlab chiqish) metodni qo‘llash natijasida talabalarda rivojlanadigan kompetensiyalar mazmuniga (ilmiy tushunish, ilmiy loyihalash va baholash, ma’lumotar va dalillarni ilmiy tadqiq qilish) kognitiv faollashtirish va o‘qitish jarayonida qayta aloqaga kirishish asosida ishlab chiqilgan;
loyiha metodi asosida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitish modeli o‘qitishning didaktik shart-sharoitlarini (ijtimoiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy-pedagogik, kasbiy-amaliy faoliyatga yo‘nalganlik, ta’lim tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash, kognitiv mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, talabalarda emotsional-labilisatziyani keltirib chiqarish) mualliflik variativ texnologiyalariga (“Turli nuqtai nazar”, “5Why”, “didaktik-integrativ tarmoq”) adaptiv qo‘llashning ergonomik talablarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini loyihalash metodi asosida o‘qitishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanini o‘qitishda fundamental va amaliy o‘quv loyihalarini shakllantirishning metodik ta’minoti loyiha metodining didaktik xususiyatlari,  real vaziyatga bog‘liqlik, ehtiyojlarga asoslanganlik, texnik-texnologik, ijtimoiy ahamiyatga egalik, o‘quv jarayoni dinamikligini oshirish, kollaborativ ta’lim, mahsulotga yo‘nalganlik, fanlararolik va uslubiy tuzilmasi ichki integratsiyalash va adaptiv qo‘llash natijasiga doir taklif va mulohazalar “Noan’anaviy energiya manbalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-103 raqamli guvoxnoma). Natijada, talabalarning fanga doir kompetensiyalari rivojlanish intensivligi ta’minlangan;
innovatsion yondashuvlar vositasida o‘qitishning didaktik shart-sharoitlari loyiha metodining tamoyillarini loyihalash bosqichlariga funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish,  kognitiv faollashtirish va o‘qitish jarayonida qayta aloqaga kirishish asosida ishlab chiqishga doir xulosa va tavsiyalardan “A-4-12 Nanoplazmonika effekti va uning yordamida kremniyli p-n-strukturalarda fotoelektrik energiya olish samaradorligini oshirish”  (2022-2023) mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni hal etishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024-yil 15-yanvardagi 02-07-965/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning fanga doir kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
loyiha metodi asosida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari“ fanini o‘qitish modeli o‘qitishning didaktik shart-sharoitlarini mualliflik variativ texnologiyalariga “Turli nuqtai nazar”, “5Why”, “Jarayonlarga bog‘liq didaktik tarmoq”  adaptiv qo‘llashning ergonomik talablarni hisobga olish asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar “Noan’anaviy energiya manbalari”  o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-103 raqamli guvoxnoma). Natijada, talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari”  bo‘yicha ilmiy-amaliy loyihalar qilish bo‘yicha nazariy-konseptual bilimlarini ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish