Gulyamova Shaxzada Saypiddinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sog‘liqni saqlashni birlamchi tizimida gipertoniya kasalligini davolash va profilaktikasi samaradorligini oshirish», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib464.

Ilmiy rahbar: Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida gipertoniya kasalligiga chalingan bemorlarni tizimli dastur asosida o‘qitish yordamida dorilarsiz va dorilar bilan davolash hamda profilaktika samaradorligini takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bemorlar saviyasini oshirish borasida sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida o‘tkazilgan tadbirlar yordamida qon bosimining maqsadli darajaga erishilishi, xavf omillarini bartaraf etish va antigipertenziv dorilarni muntazam qabul qilish orasida o‘zaro bog‘liqlikni qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari glyukoza, umumiy xolesterin, trigliseridlar, past va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar ijobiy ta’sir etish ko‘rsatkichlari asosida  isbotlangan;

bemorlarni tibbiy saviyasini oshirishda gipertoniya kasalligida nishon-a’zolarning zararlanish darajasiga bosh miya, ko‘z tubi, yurak va qon tomirlar, buyraklar, asoratlarining oldini olish, gipotenziv dorilarni qabul qilishlariga ijobiy ta’siri mexanizmi isbotlangan;

oilaviy poliklinika va birlamchi tibbiy bo‘g‘in sharoitida bemorlardagi mavjud boshqarib bo‘ladigan va boshqarib bo‘lmaydigan xavf omillari, nishon-a’zolar zararlanish darajasi va assotsiatsiyalangan klinik holatlarni inobatga olgan holda ularning dinamik kuzatish jarayonini individuallashtirish tizimi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sog‘liqni saqlashni birlamchi tizimida gipertoniya kasalligini davolash va profilaktikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Gipertoniyani boshqarish mumkin va zarur» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 maydagi 8n-d/131-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma birlamchi tizimda GK mavjud bemorlarning qon bosimini maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish imkonini bergan;

«Qon bosimi oshganda nimalarni bilish kerak» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 25 maydagi 8n-d/131-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi orasida qon bosimi ko‘tarilganda nimalarni qilish zarurligi, kasallikni tashxislash, davolash va oldini olishni bashoratlash imkonini bergan;

Sog‘liqni saqlashni birlamchi tizimida gipertoniya kasalligini davolash va profilaktikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va Chilonzor tumanidagi 37-son oilaviy poliklinikasi faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 8n-d/151-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar kasallikning kechish ehtimolligini aniqlash, sog‘liqni saqlashni birlamchi tizimda AG chalingan bemorlarni o‘z-o‘zini nazorat qilishi, gipertonik kriz va gospitalizatsiyalar sonini kamayishi va ularning antigipertenziv dorilarni muntazam ravishda qabul qilishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish