Abatov Jumabay Baxtibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped39.
Ilmiy rahbar: Tilegenov Askarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Juraev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganligini belgilovchi ma’lumotlarni selektiv qidirish va qayta ishlash, intellektual integratsiya, tizimli fikr yuritish, amaliy vazifalarni ijodiy hal qilish, kommunikativlik kabi unikal pedagogik parametrlari identifikatsiyalash, konstruktiv loyihalash, tahliliy baholash, ijodiy tadqiqotchilik faoliyat turlarining produktivligini oshirish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli mazmuni variativ ta’limning variant–modifikatsiya, xilma-xillik, nomuvofiqlik, mustaqil ta’lim mazmunini aniqlash, o‘zgaruvchanlik xususiyatlari bilan markazlashtirish, individual imkoniyatlarni rivojlantirish, natijaviylik, moslashtirish, refleksivlik, tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv, ko‘pomillilik kabi metodologik tamoyillarning o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
individual ta’lim traektoriyasini loyihalash hamda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning emotsionallik, obrazlilik, intellektual-ijodiy, refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va korreksion-rivojlantiruvchi xususiyatlarini inobatga olish asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan diagnostik, kognitiv, faoliyatli va natijaviy-baholash kabi bosqichlardan iborat talabalarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi ishlab chiqilgan;
talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizim tarkibi faoliyatni tashkil etish shakllari (individual o‘qish, mustaqil ish, guruhda ishlash, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini belgilash (bilishga doir, rivojlantiruvchi, korreksiyalash) hamda bilish faoliyatini rag‘batlantiruvchi faol ta’lim strategiyalari (munozara, debat, muammoli vaziyatlarni modellashtirish, gipoteza va eksperimental loyihalarni ishlab chiqish, amaliy ish, shaxsiy portfolioni yaratish, assotsiativ o‘quv topshiriqlari)ning pragmatik xususiyatini oshirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba yoshlarning kreativ fikrlashini rivojlantirish uchun pedagogik texnologiyalarni takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganligini belgilovchi ma’lumotlarni selektiv qidirish va qayta ishlash, intellektual integratsiya, tizimli fikr yuritish, amaliy vazifalarni ijodiy hal qilish, kommunikativlik kabi unikal pedagogik parametrlari tashxislash, konstruktiv loyihalash, tahliliy baholash, ijodiy tadqiqotchilik faoliyat turlarining produktivligini oshirish, shuningdek talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning tashkiliy-funksional modeli mazmuni variativ ta’limning variant-modifikatsiya, xilma-xillik, nomuvofiqlik, mustaqil ta’lim mazmunini aniqlash, o‘zgaruvchanlik xususiyatlari bilan markazlashtirish, individual imkoniyatlarni oshirish, natijaviylik, moslashtirish, refleksivlik, tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv, ko‘pomillilik kabi metodologik tamoyillarning o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlashga oid amaliy taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat (qoraqalpoq tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligining 2023-yil 26-oktyabrdagi 01/1336-A/F buyrug‘i, 01/1336-A/F-5/7-raqamli guvohnoma). Natijada, talaba yoshlarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
individual ta’lim traektoriyasini loyihalash hamda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning emotsionallik, obrazlilik, intellektual-ijodiy, refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish va korreksion-rivojlantiruvchi xususiyatlarini inobatga olish asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan diagnostik, kognitiv, faoliyatli va natijaviy-baholash kabi bosqichlardan iborat talabalarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy xulosalardan “Jismoniy tarbiya va olimpiya o‘yinlari tarixi (qoraqalpoq tilida)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligining 2023-yil 26 oktyabrdagi №01-1336-A A/F buyrug‘i, 01/1336 - A/F-5/20-raqamli guvohnoma). Natijada, talaba yoshlarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizim tarkibi faoliyatni tashkil etish shakllari (individual o‘qish, mustaqil ish, guruhda ishlash, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini belgilash (bilishga doir, rivojlantiruvchi, korreksiyalash) hamda bilish faoliyatini rag‘batlantiruvchi faol ta’lim strategiyalari (munozara, debat, muammoli vaziyatlarni modellashtirish, gipoteza va eksperimental loyihalarni ishlab chiqish, amaliy ish, shaxsiy portfolioni yaratish, assotsiativ o‘quv topshiriqlari)ning pragmatik xususiyatini oshirish orqali takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalardan “Jismoniy tarbiya va olimpiya o‘yinlari tarixi (qoraqalpoq tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligining 2023-yil 26 oktyabrdagi №01-1336-A A/F buyrug‘i, 01/1336 - A/F-5/20-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda ijodiy faoliyat yuritish va evristik-tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish