Urakov Sherzod Raxmonovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini baholashning tashkiliy-pedagogik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped383.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy maslahatchi: Kodirov Mumin Kodirovich, fizika-matematika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Askarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini baholashning tashkiliy-pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida kasbiy pedagogik faoliyat funksiyalari mazmuni o‘qituvchi shaxsi, faoliyati, kasbiy sifatlariga yo‘naltirilgan yondashuvlarga asoslangan kvalimetrik jarayonni funksional modellashtirishning mantiqiy tuzilmasi produktivligi sababli talabalarning qoniqish kategoriyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvshilarining kasbiy pedagogik faoliyatini baholashning qadriyatli, akmeologik, refleksiv mezonlari ta’lim tashkilotining mavqeini belgilab beradigan akademik aspekt bilan ta’lim muhitidan qoniqish darajasi o‘rtasidagi korrelyatsiyaning validligi akmeologik strategiya hamda motivatsion-rivojlantiruvshi refleksiyaga ko‘ra aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvshilarining kasbiy faoliyatini baholash omillari talabalarning iste’molshi sifatida baholash pozitsiyasidan kelib shiqib akademik aspektga asoslangan davriy baholash imkoniyatlarini internal va eksternal ta’sir darajasi professional harakat elementlarining analitik tavsifi ob’ektivligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvshilarining kasbiy faoliyatini baholashning nazariy-pedagogik jihatlari mehnat faoliyatiga nisbatan refleksiv va akmeologik pozitsiyaning faoliyat sifatini baholash elementlari bilan nazariy konstrukt hosil qilish imkoniyatlarini pedagogik amaliyot natijalari bilan komparativligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professor-o‘qituvshilarning faoliyatini baholash metodologiyasi kasbiy harakatni baholash natijalari va shaxsiy tajribaga ko‘ra axborotlarni qabul qilish pozitsiyasining istiqbolni bashoratlashda ijobiy va salbiy evristikaning produktogenligi invariantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini baholashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida kasbiy pedagogik faoliyat funksiyalari mazmuni o‘qituvchi shaxsi, faoliyati, kasbiy sifatlariga yo‘naltirilgan yondashuvlarga asoslangan kvalimetrik jarayonni funksional modellashtirishning mantiqiy tuzilmasi produktivligi sababli talabalarning qoniqish kategoriyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilganligi hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvshilarining kasbiy pedagogik faoliyatini baholashning qadriyatli, akmeologik, refleksiv mezonlari ta’lim tashkilotining mavqeini belgilab beradigan akademik aspekt bilan ta’lim muhitidan qoniqish darajasi o‘rtasidagi korrelyatsiyaning validligi akmeologik strategiya hamda motivatsion-rivojlantiruvshi refleksiyaga ko‘ra aniqlashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Umumiy pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0605-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada professor-o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonga oid yondashuvlari bo‘yicha kompetentlilik mazmunini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvshilarining kasbiy faoliyatini baholash omillari talabalarning iste’molshi sifatida baholash pozitsiyasidan kelib shiqib akademik aspektga asoslangan davriy baholash imkoniyatlarini internal va eksternal ta’sir darajasi professional harakat elementlarining analitik tavsifi ob’ektivligini belgilash asosida takomillashtirilganligi hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvshilarining kasbiy faoliyatini baholashning nazariy-pedagogik jihatlari mehnat faoliyatiga nisbatan refleksiv va akmeologik pozitsiyaning faoliyat sifatini baholash elementlari bilan nazariy konstrukt hosil qilish imkoniyatlarini pedagogik amaliyot natijalari bilan komparativligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflardan Jahon Bankining “Akademik Innovasiyalar fondi” (AIF)ning “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2023-yil 11-iyuldagi 10-3565-son ma’lumotnomasi). Natijada OTMlarda professor-o‘qituvchilar kasbiy-pedagogik faoliyatini baholashning tashkiliy pedagogik mexanizmlarini aniqlash hamda professor-o‘qituvchilar faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;
professor-o‘qituvshilarning faoliyatini baholash metodologiyasi kasbiy harakatni baholash natijalari va shaxsiy tajribaga ko‘ra axborotlarni qabul qilish pozitsiyasining istiqbolni bashoratlashda ijobiy va salbiy evristikaning produktogenligi invariantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Jahon Bankining “Akademik Innovasiyalar fondi” (AIF)ning “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2023-yil 11-iyuldagi 10-3565-son ma’lumotnomasi). Natijada OTMlarda professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash bo‘yicha so‘rovnomalar ishlab chiqish hamda so‘rovnomalarning tarkibiy qismlari mazmuniga oid konseptual model ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.