Sayfutdinova Durdona Pulatjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida “tilak” nutqiy janrining lingvistik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4650.
Ilmiy rahbar: Nurmanova Dilfuza Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Madraximov Ilxomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi tilak nutqiy janrining lingvistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tilak” mustaqil nutqiy janr sifatida kommunikativ lingvistikaning tekshirish obekti ekanligi aniqlandi, o‘zbek tilidagi tilak nutqiy janri semantik jihatdan o‘zida ijobiy hamda salbiy mazmunli tilaklarni birlashtiruvchi butunlik ekanligi asoslangan;
til tizimida tilak nutqiy janri sof tilak ko‘rinishida mustaqil matn yoki tabrik, dastxat, bag‘ishlov, ta’ziya, duo, qadah so‘zi, qarg‘ish, qarg‘anish, duoibad kabi mustaqil nutqiy janrlar tarkibida qorishiq tilak ko‘rinishida matn elementi sifatida voqelanishi asoslangan;
nutqiy janrlarning, xususan, tilak nutqiy janrining uslubiy xoslanishi, uslubiy xoslangan janr voqelantiruvchilari leksik-grammatik qoliplari asosida farq qilishi, xususan, rasmiy-siyosiy, publisistik, ilmiy, badiiy, so‘zlashuv uslubi hamda diniy uslubdagi tilaklarga xos bo‘lgan leksik-grammatik shakllar uslubiy xoslangan tilak matnlarining leksik-grammatik qoliplari ekanligi dalillangan;
tilaklarning aksiologik xoslanishi aniqlandi hamda sohaviy tilak shakllarida, xususan, internet kommentariyalarida maqtov+tilak, minnatdorchilik bildirish+tilak, shukronalik+tilak, yaxshi niyat+tilak, duo+tilak, ta’ziya+tilak kabi ijobiy, Allohga iltijo+tilak, qarg‘ish+tilak shaklidagi salbiy tilaklar faol qo‘llanilishi aniq misollar yordamida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida tilak nutqiy janrining tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
“tilak” mustaqil nutqiy janr sifatida kommunikativ lingvistikaning tekshirish obekti ekanligi hamda o‘zbek tilidagi tilak nutqiy janri semantik jihatdan o‘zida ijobiy hamda salbiy mazmunli tilaklarni birlashtiruvchi butunlik ekanligi aniqlanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan №AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-sentyabrdagi 04/1-2535-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilshunosligida ham “tilak” nutqiy janri bir butun lingvistik obekt sifatida asoslanganligini amaliy jihatdan kuzatish imkoniyati paydo bo‘lgan;
nutqiy janrlarning, xususan, tilak nutqiy janrining uslubiy xoslanishi, uslubiy xoslangan janr voqelantiruvchilari leksik-grammatik qoliplari asosida farq qilishi, xususan, rasmiy-siyosiy, publisistik, ilmiy, badiiy, so‘zlashuv uslubi hamda diniy uslubdagi tilaklarga xos bo‘lgan leksik-grammatik shakllar uslubiy xoslangan tilak matnlarining leksik-grammatik qoliplari ekanligi dalillanishi bilan bog‘liq ma’lumotlardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan №F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusi amaliy grant loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-sentyabrdagi 04/1-2535 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiu korrusida “tilak” nutqiy janrining turli tillarda kuzatilishini o‘rganish imkoni paydo bo‘lgan;
“tilak” nutqiy janrining lingvistik xususiyatlari ilmiy-nazariy qarashlar va faktlar bilan boyitilishiga, asoslanishiga imkon bergan til tizimida tilak nutqiy janri sof tilak ko‘rinishida mustaqil matn yoki tabrik, dastxat, bag‘ishlov, ta’ziya, duo, qadah so‘zi, qarg‘ish, qarg‘anish, duoibad kabi mustaqil nutqiy janrlar tarkibida qorishiq tilak ko‘rinishida matn elementi sifatida voqelanishi asoslanishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida tilak bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni aks ettiruvchi matnlarni tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 23-sentyabrdagi 01-03/835-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi xalqona tilaklar xalqning milliy-madaniy, mental xususiyatlarini ochib beruvchi bir qator shoir va yozuvchilarning nazmiy va nasriy asarlarida o‘z aksini topdi hamda “tilak” nutqiy janri til hodisalarining barcha qirralarini to‘liq namoyon etish imkoniyati yaratilgan;
tilaklarning aksiologik xoslanishi aniqlangan hamda sohaviy tilak shakllarida, xususan, internet kommentariyalarida maqtov+tilak, minnatdorchilik bildirish+tilak, shukronalik+tilak, yaxshi niyat+tilak, duo+tilak, ta’ziya+tilak kabi ijobiy, shuningdek, salbiy tilaklar faol qo‘llanilishi aniq misollar yordamida ochib berilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlaridan “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilib kelinayotgan “Assalom, O‘zbekiston!”, “Oydin hayot-live”, “Yangilanayotgan yurt” ko‘rsatuvlari matnlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasining 2024-yil 24-sentyabrdagi 01-13/1057-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy yangiliklar asosida dasturlar yaratishga hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.