Matchanov Faxriddin Kuramboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti va mehnatini takomillashtirish masalalari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1397.
Ilmiy rahbar: O‘razaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor; Djalilov Furqat Zakirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti hamda ularning mehnatini tashkil etish bilan bog‘liq materiallar asosida muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning tergov harakati yoki sud majlisidagi ishtirokini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan konvoy harakati davomida tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalari tomonidan ushbu muassasalarning ichki tartib qoidalarida belgilangan vaqtda konvoy qilinayotgan shaxslarni ovqatlantirish uchun konvoy xizmatlariga ushbu me’yor bo‘yicha tayyorlangan oziq-ovqat ajratilishi lozimligi asoslangan;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda bir mahkumga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni normasi uch kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi lozimligi asoslangan;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan umumiy turar joylar maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishi lozimligi asoslangan;
mahkum hisobidan ijtimoiy soliq to‘langan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi kerakligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti va mehnatini takomillashtirish masalalarini tadqiq etish natijalari asosida:
tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning tergov harakati yoki sud majlisidagi ishtirokini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan konvoy harakati davomida tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalari tomonidan ushbu muassasalarning ichki tartib qoidalarida belgilangan vaqtda konvoy qilinayotgan shaxslarni ovqatlantirish uchun konvoy xizmatlariga ushbu me’yor bo‘yicha tayyorlangan oziq-ovqat ajratilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlarining “3-son me’yor” bo‘limining izoh qismi beshinchi xatboshisini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik departamentining 2023-yil 15-sentyabrdagi 04/2-10/1899-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning tergov harakati yoki sud majlisidagi ishtirokini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan konvoy harakati davomida me’yor bo‘yicha tayyorlangan oziq-ovqat ajratilishiga oid huquqiy asosni mustahkamlashga xizmat qilgan;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda bir mahkumga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni normasi uch kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksini 84-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarini (Mahkumlarning yashash joyi) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 2-avgustdagi 3/08-132-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar saqlanadigan koloniyalardagi yashash maydoni normasiga oid huquqiy asosni mustahkamlashga xizmat qilgan;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan umumiy turar joylar maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksini 84-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarini (Mahkumlarning yashash joyi) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 2-avgustdagi 3/08-132-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishiga oid huquqiy asosni mustahkamlashga xizmat qilgan;
mahkum hisobidan ijtimoiy soliq to‘langan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi kerakligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksini 96-moddasining ikkinchi qismini (Ijtimoiy soliqni to‘lash va mahkumlarning pensiya ta’minoti) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 2-avgustdagi 3/08-132-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi mahkum hisobidan ijtimoiy soliq to‘langan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishiga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish