Muratkamalova Roza Joldasbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini integrativ yo‘ndashuv asosida rivojlantirish metodikasini loyihalashtirish (ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va ta’rbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqolpaq tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2563.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nauruzbaeva Ayjan Sarsenbaevna, pedagogoka fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tlegenov Askar Tolegnovich, pedagogoka fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning nutqini integrativ yo‘ndashuv asosida rivojlantirish metodikasini loyihalashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim tizimida nutq o‘stirish metodikasi o‘quvchilarning pedagogik va psixologik xususiyatlarini erkin va ijodiy fikrlashiga ustivorlik berish orqali nutqiy kompetensiyalarning uzviylik va uzliksizlik, nutqiy savodxonlik, mantiqiy tafakkur tamoyillarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning lingvodidaktik texnologiyasi lingvistik kompetensiya elementlari imkoniyatlari integrativ yondashuv orqali kognitiv, kreativ, sentiziv, aksealogik mezonlariga ustivorlik berish asosida shakillantirilgan;
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida nutq o‘stirish metodikasi produktiv faoliyatli va evristik ta’lim texnologiyalarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, o‘quvchilarning erkin va ijodiy fikrlash, o‘z fikrini izchil va ravon ifodalash mashq va matnlarini metodik jihatdan baholash  asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ish sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda media manbalardan foydalanish komponentlari, til, nutq va tafakkur uyg‘unligining ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini kengaytirish metodikasini loyihalashtirish mexanizmi nutq o‘stirishning kommunikativ-kognitiv modullashtirilgan produktiv-evristik texnologiyasi orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini integrativ yo‘ndashuv asosida rivojlantirish metodikasini loyihalashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich ta’lim tizimidada nutq o‘stirish metodikasi o‘quvchilarning pedagogik va psixologik xususiyatlarini erkin va ijodiy fikrlashiga ustivorlik berish orqali nutqiy kompetensiyalarning uzviylik va uzliksizlik, nutqiy savodxonlik, mantiqiy tafakkur tamoyillarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga doir tavsiyalardan Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda ishlangan F3-2016-09081165532 son “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 27-noyabrdagi 599-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili darslari da o‘quvchilarning imlo savodxonligi va bog‘lanishli nutqini rivojlantirish texnologiyasi boyitilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning lingvodidaktik texnologiyasi  lingvistik kompetensiya elementlari imkoniyatlari integrativ yondashuv orqali kognitiv, kreativ, sentiziv, aksealogik mezonlariga ustivorlik berishga doir taklif va tavsiyalardan “Baslawısh tálim pedagogikası innovaciya hám integrasiyası” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikası oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-672-sonli buyrug‘i). Natijada bo‘shlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarning fanlarora savodxonligi va bog‘lanishli nutqini rivojlantirish texnologiyasi boyitilgan;
boshlang‘ish sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda media manbalardan foydalanish komponentlarini, til, nutq va tafakkur uyg‘unligining ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini kengaytirish metodikasini loyihalashtirish mexanizmiga doir  taklif va tavsiyalar “Bilimlendiriwde sipatti basqariw” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikası oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0871 raqamli nashr ruxsotnamasi). Natijada ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilar nutqini integrativ yo‘ndashuv asosida rivojlantirish metodikasini loyihalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish