Agzamova Gulnara Sunnatovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyoviy moddalar ta’sirida jigar surunkali shikastlanishining klinik-patogenetik va terapevtik jihatlari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib179.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Poteryaeva Elena Leonidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zararli toksik moddalar bilan muloqotda bo‘lgan ishchilarda jigarning toksik zararlanishi kechishini o‘zaro bog‘liqligi asosida reabilitatsion davolash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy tabiatga ega ishchilar jigarining surunkali zararlanishi natijasida jigardagi gepatotsitlar almashinuvining zamonaviy patogenetik xususiyatlari asoslangan;
kimyoviy toksik moddalar va kasallikning mexanik sariqlik belgilarning korrelyasion bog‘liqligi, jigarning surunkali zararlanish xususiyatlariga ta’sir qiluvchi klinik hamda laborator ko‘rsatkichlarning ahamiyati isbotlangan;
kasbiy xususiyatga ega jigarning surunkali zararlanishi klinik belgilarga ta’sir qiluvchi genomlarning ahamiyati, tashxislash mezonlari, rivojlanish bosqichlari, ularning o‘rganilmagan xususiyatlari asoslangan;
ishlab chiqarishdagi kimyoviy moddalar ta’sirida jigarning surunkali zararlanishida periferik qondagi mononuklear qon hujayralarining sitogenetik o‘zgarishi isbotlangan;
ishlab chiqarishdagi kimyoviy moddalar ta’sirida jigarning surunkali zararlanishida HLA hujayra antigenlarining kasallik darajasiga qarab moyilligi isbotlangan;
jigarning surunkali toksik zararlanishida klinik va ijtimoiy belgilarning uchrash darajasi, ularning o‘zaro bog‘liqligi eng ishonchli tashxislash usullari alohida tartibda baholanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyoviy moddalar ta’sirida jigar surunkali shikastlanishining klinik-patogenetik va terapevtik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kasb kasalliklarining holati va uning profilaktikasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma zararli sanoat korxonlarida ishlovchilar salomatlik holatiga va jigar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar va ularning salbiy ta’siri oqibatida rivojlanadigan surunkali toksik geapatit kasalligini tashxislash va oldini olish tizimini ishlab chiqish, korxonalarda kasbiy kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
«Kasbiy genezga bog‘liq ravishda jigarning surunkali zararlanishning erta tashxislash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sanoat korxonlarida ishlovchilar orasida jigarning zararlanishini erta tashxislash va oldini olish tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Kasbiy genezga bog‘liq ravishda jigarning surunkali zararlanishini davolashning zamonaviy yondashuvi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma turli sanoat korxonalarida ishlovchilar orasida qayd qilingan surunkali jigar zararlanishi va toksik gepatitni samarali davolashga zamonaviy yondashuv tizimini yaratish imkonini bergan;
kimyoviy moddalar ta’sirida jigar surunkali shikastlanishining klinik-patogenetik va terapevtik jihatlarini takomillashtirish samardorligini oshirish va kasbiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining klinik amaliyotiga, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 maydagi 8n-d/84-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar respublikamizning turli zararli omillar bilan bog‘liq korxonalarida ishlovchilar orasida zararli omillar ta’sirida rivojlanadigan surunkali toksik gepatit kasalligini aniqlash, uni tashxislash va davolash oqibatida ishchilar salomatligini tiklash va mehnat sharoitlari to‘g‘ri taqsimlanishini tashkillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va nogironlikning oldini olish imkonini bergan.