Nauruzbaeva Ayjan Sarsenbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Yangi O‘zbekiston sharoitida boshlang‘ich ta’lim modernizatsiyasi dasturiy ta’minotini takomillashtirishning metodologik asoslari (Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitish misolida), 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4DSc/Ped757.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sobirova Maxbuba Yusupdjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Seytqasimov Dauletnazar Beknazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida qoraqalpoq tilini boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim tizimida qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirish mexanizmining pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlariga hissiy ta’sir ko‘rsatuvchi ergonomik va innovatsion ta’lim muhitini zamonaviy texnologiyalar vositasida tashkillashtirish hamda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish mezonlari asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim tizimida qoraqalpoq tilini o‘qitish mexanizmi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning vitagen, fazilitasion, refleksiv va mental texnologiyalarini empatik munosabatlarda invariant qollash orqali takomillashtirilgan;
ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minoti qoraqalpoq tilida nutqning grammatik tuzilishini o‘zlashtirish bo‘yicha zaruriy motiv hamda ta’limiy ehtiyojlarni refleksiv uyg‘unlashtirish orqali madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi tilning ifoda vositalarini grafik, orfografik, fonematik, punktuatsion, prosadik, uslubiy jihatdan guruhlashtirish asosida shakllantirilgan;
boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minoti metodikasi zamonaviy pedagogik paradigmalarni xalqaro baholash dasturlari talablariga implemintatsiya qilish va o‘quvchilarning kommunikativ-kognitiv kompetensiyalarini boshlang‘ich ta’lim tamoyillariga muvofiq shakillantirish asosida takomillashtirilgan.  
ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan boshlang‘ich sinflarida qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini tatbiq etish metodikasi pedagogik-prognozli modellashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan uslubiy-didaktik tamoyillarning vitagen ta’lim texnologiyalariga empirik-pragmatik jihatdan yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston sharoitida boshlang‘ich ta’lim modernizatsiyasi dasturiy ta’minotini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlariga hissiy ta’sir ko‘rsatuvchi ergonomik va innovatsion ta’lim muhitini zamonaviy texnologiyalar vositasida tashkillashtirish hamda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish mezonlarini tizimlashtirishga doir taklif  va tavsiyalar “Pedagogikaliq diagnostika ha’m korrekciya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikası oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-avgustagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-149-raqamli nashr ruxsotnamasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minoti mexanizmini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning vitagen, fasilitasion, refleksiv va mental texnologiyalarini empatik munosabatlarda invariant qo‘llash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Joqari mektep pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikası oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabr 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-308-raqamli nashr ruxsotnamasi) Natijada boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
maktablarning boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitish dasturiy ta’minotini takomillashtirish vositasida o‘quvchilarning fuksional savodxonligini oshirish orqali kommunikativ kompetensiyasini  shakllantirishga doir integrativ texnologiyalar “Qaraqalpaq tilin tálim basqa tillerde alıp barılatuǵın mekteplerde oqıtıw” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikası oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i asosida berilgan 537318-raqamli nashr ruxsotnamasi). Natijada  ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minoti bo‘yicha didaktik tizimi takomillashtilgan;
boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minoti metodikasi zamonaviy pedagogik paradigmalarni xalqaro baholash dasturlari talablariga implemintatsiya qilish va o‘quvchilarning kommunikativ-kognitiv kompetensiyalarini boshlang‘ich ta’lim tamoyillariga muvofiq shakillantirishga doir  xulosalar “Bilimlendiriwde sipatti basqariw” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikası oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0871-raqamli nashr ruxsotnamasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minoti mazmuni takomillashtirilgan;
maktablarning boshlang‘ich sinflarda qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini tatbiq etish metodikasi pedagogik-prognozli modellashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan uslubiy-didaktik tamoyillarning vitagen ta’lim texnologiyalariga empirik-pragmatik jihatdan yondashuvga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan 4-sinf uchun “Qoraqalpoq tili” darsligini tayyolashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim markazining 2023-yil 25-noyabrdagi 137-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim tizimida qoraqalpoq tilini o‘qitishning modernizatsiyalashgan dasturiy ta’minotini tatbiq etish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish