Xudoyberdiev Sanjar Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir ichak tutilishi davo usullarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib966.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instiuti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Obid Maxsudovich, tibbiyot fanlari doktori, (DSc), Muslimov Gurbanxon Fatali oglu, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘tkir ichak tutilishi bilan og‘rigan keksa va qari yoshdagi bemorlarda jarrohlik amalidan keyingi asoratlarni bashorat qilish va oldini olishning samarali  hamda patogenetik jihatdan asoslangan usullarni ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashning an’anaviy usullarida jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarning umumiy asoratlarga nisbatan ustunligi bilan ajralib turishi aniqlanib, 75,4% hollarda asoratlar tromboz bilan bog‘liq patologik jarayonlarga asoslangan bo‘lib, ishemik va nekrotik jarayonlarning rivojlanishiga, shuningdek operatsiyadan keyingi o‘limga sabab bo‘lishi isbotlangan;
o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilishning yangi integral usuli «PURTAP» ishlab chiqilib, bu keksa va qari yoshli bemorlarda davolashning qoniqarsiz natijalari ehtimolligi asosida bashorat qilish asoslangan;
keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini oldini olishning yangi davolash-tashhisot algoritmi ishlab chiqilib, u asoratlar rivojlanish ehtimolini aniqlash, enteral dekompressiya, oksigenatsiyalangan yoki ozonlangan natriy xlorid eritmasi bilan lavaj hamda differensiallashgan antikoagulyant va infuzion davolash usulini o‘z ichiga olishi asoslangan;
keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning samaradorligini qiyosiy baholash natijasida umumiy asoratlarning uchrash darajasini 4,2 baravarga, jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarni 2,2 baravarga, o‘lim darajasini 28,3% dan 9,6% gacha va yotoq kunlarning o‘rtacha -18,9±4,5 dan 12,6±2,1 kungacha, ya’ni 1,5 baravarga kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/65 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashning an’anaviy usullarida jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarning umumiy asoratlarga nisbatan ustunligi bilan ajralib turishi aniqlanib, 75,4% hollarda asoratlar tromboz bilan bog‘liq patologik jarayonlarga asoslangan bo‘lib, ishemik va nekrotik jarayonlarning rivojlanishiga, shuningdek operatsiyadan keyingi o‘limga sabab bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashning an’anaviy usullari jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarning umumiy asoratlarga nisbatan ustunligi bilan ajralib turishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda tromboz asoratlari o‘limga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 100),  RShTYoIM Sirdar`yo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (31.05.2024 y.; № 101) hamda RShTYoIM Jizzax  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 68) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashning an’anaviy usullari jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarning umumiy asoratlarga nisbatan ustunligi bilan ajralib turishi isbotlanganligidan foydalanish operatsiyadan keyingi davrda tromboz bilan bog‘liq asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashning an’anaviy usullari jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarning umumiy asoratlarga nisbatan ustunligi bilan ajralib turishi isbotlanganligidan foydalanish operatsiyadan keyingi davrda tromboz bilan bog‘liq asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 321000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM BFning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishini davolashning an’anaviy usullari jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarning umumiy asoratlarga nisbatan ustunligi bilan ajralib turishi isbotlanganligidan foydalanish operatsiyadan keyingi davrda tromboz bilan bog‘liq asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda asoratlar va o‘limni  kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilishning yangi integral usuli «PURTAP» ishlab chiqilib, bu keksa va qari yoshli bemorlarda davolashning qoniqarsiz natijalari ehtimolligi asosida bashorat qilish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilishning yangi integral usuli «PURTAP» dan foydalanish davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 100),  RShTYoIM Sirdar`yo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (31.05.2024 y.; № 101) hamda RShTYoIM Jizzax  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 68) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilishning yangi integral usuli «PURTAP» dan foydalanish rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilishning yangi integral usuli «PURTAP» dan foydalanish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 321000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIMBF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilishning yangi integral usuli «PURTAP» dan foydalanish davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini oldini olishning yangi davolash-tashhisot algoritmi ishlab chiqilib, u asoratlar rivojlanish ehtimolini aniqlash, enteral dekompressiya, oksigenatsiyalangan yoki ozonlangan natriy xlorid eritmasi bilan lavaj hamda differensiallashgan antikoagulyant va infuzion davolash usulini o‘z ichiga olishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini oldini olishning yangi davolash-tashhisot algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 100),  RShTYoIM Sirdar`yo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (31.05.2024 y.; № 101) hamda RShTYoIM Jizzax  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 68) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini oldini olishning yangi davolash-tashhisot algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanishimkon berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini oldini olishning yangi davolash-tashhisot algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1400000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini oldini olishning yangi davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 750000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 255000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning samaradorligini qiyosiy baholash natijasida umumiy asoratlarning uchrash darajasini 4,2 baravarga, jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarni 2,2 baravarga, o‘lim darajasini 28,3% dan 9,6% gacha va yotoq kunlarning o‘rtacha -18,9±4,5 dan 12,6±2,1 kungacha, ya’ni 1,5 baravarga kamayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning qo‘llanilishi kasallikning kechishining o‘rtacha davomiyligini qisqartirgan bo‘lib, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 100),  RShTYoIM Sirdar`yo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (31.05.2024 y.; № 101) hamda RShTYoIM Jizzax  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (04.06.2024 y.; № 68) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning amaliyotga joriy etilishi bemorlarning asosiy guruhida nazorat guruhiga nisbatan jarrohlik amaliyotidan keyingi umumiy asoratlarning uchrash darajasini 4,2 baravarga, jarrohlik amaliyotidan keyingi mahalliy asoratlarning uchrash darajasini 2,2 baravarga, o‘lim darajasi 28,3% dan 9,6% gacha va yotoq kunlarining o‘rtacha soni-18,9±4,5 kundan 12,6±2,1 kungacha, ya’ni 1,5 baravarga kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning amaliyotga joriy etilishi davolanishning o‘rtacha davomiyligini hamda bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 321000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 330000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: keksa va qari yoshli bemorlarda o‘tkir ichak tutilishining jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini bashorat qilish va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 321000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 330000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish