Jumanova Zilola Tuychievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyotida turizm o‘rnini statistik tadqiqotini takomillashtirish” 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3723
Ilmiy rahbar: Shadiev Xamid Azimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: B.X.Mamatqulov iqtisodiyot fanlari doktori,   professor, A.Nabixo‘jaev, iqtisodiyot fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy  tadqiqotlari    universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida turizm o‘rnining statistik tadqiqotini  takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turizmning iqtisodiyotdagi o‘rnini statistik baholashda xalqaro standartlarga mos ravishda turizmning iqtisodiyotdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita hamda multiplikativ o‘rnini statistik baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
 turizmning iqtisodiyotdagi bilvosita va multiplikativ o‘rnini statistik baholashda  mos ravishda “Turizmni iqtisodiyotdagi o‘rnini statistik tadqiqoti” nomli so‘rovnoma hamda ARDL modeli yordamida koeffisientlar ishlab chiqilgan;   
turli statistik usullar (statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, tanlanma kuzatuv, korrelyasion-regression tahlil va boshqalar)dan maqsadli foydalanish hisobiga milliy turizm sohasini iqtisodiyotdagi o‘rnini statistik tahlil qilish uslubi takomillashtirilgan hamda Regressive – Var hamda Logit, Probit va Tobit modeli asosida ekonometrik modellashtirilgan;
turizmning iqtisodiyotdagi o‘rnini statistik aniqlovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning xususan, turistlar soni, turizmning yalpi qo‘shilgan qiymati, turizmning iqtisodiyotdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita hamda multiplikativ tahlili asosidagi ulushining ko‘p variantli prognozlari ARIMA modeli asosida prognoz qilish takomillashtirilgan va prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
turizmning iqtisodiyot o‘rnini statistik baholashda xalqaro standartlarga mos ravishda turizmning iqtisodiyotdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita hamda multiplikativ o‘rnini statistik baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 7 dekabrdagi 02-12-17-1957-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik natijasida integral ko‘rsatkichlar va indikatorlarni qo‘llash asosida turizmning iqtisodiyotdagi o‘rnini kompleks statistik baholash imkoniyati kengaygan;
turizmning iqtisodiyotdagi bilvosita va multiplikativ o‘rnini statistik baholashda  mos ravishda “Turizmni iqtisodiyotdagi o‘rnini statistik tadqiqoti” nomli so‘rovnoma hamda ARDL modeli yordamida koeffisientlar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 7 dekabrdagi 02-12-17-1957-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy etilishi turizm sohasini iqtisodiyotdagi o‘rnini baholash bo‘yicha statistik axborotlar bazasini shakllantirishga hamda ko‘p omilli statistik axborotlar bazasini shakllantirishga hamda ko‘p omilli statistik tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirgan;   
turli statistik usullar (statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, tanlanma kuzatuv, korrelyasion-regression tahlil va boshqalar)dan maqsadli foydalanish hisobiga milliy turizm sohasini iqtisodiyotdagi o‘rnini statistik tahlil qilish uslubi takomillashtirilgan hamda Regressive – Var hamda Logit, Probit va Tobit modeli asosida ekonometrik modellashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 7 dekabrdagi 02-12-17-1957-sonli ma’lumotnomasi).  Bu esa turizm sohasini iqtisodiyotdagi o‘rnini, ularga ta’sir qiluvchi omillarni to‘laqonli statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan;  
turizmning iqtisodiyotdagi o‘rnini statistik aniqlovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning xususan, turistlar soni, turizmning yalpi qo‘shilgan qiymati, turizmning iqtisodiyotdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita hamda multiplikativ tahlili asosidagi ulushining ko‘p variantli prognozlari ARIMA modeli asosida prognoz qilish takomillashtirilgan va prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 7 dekabrdagi 02-12-17-1957-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublika bo‘yicha 2024-2030 yillarda turistlar soni, turizm eksporti va importi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognoz variantlari aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish