Dushaeva Gulbahor Zoxidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo: hamkorlik tajribasi va zamonaviy bosqichdagi holati”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyoting siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss490
Ilmiy maslahatchi: Joʻraev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Natalya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor. Niyazova Nargiza Muxtarovna, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari rivojlanishining hozirgi tendensiyalari va istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Janubiy Koreyaning mintaqaviy davlatdan global davlat maqomiga erishishga qaratilgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy va diplomatik ta’sirini kengaytirish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda liberalizm yondashuvlarini institutsional mexanizmlar orqali qo‘llab-quvvatlash va jahon miqyosida koreys yumshoq kuch resurslarini targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi tashqi siyosiy strategiyasi “global o‘zak davlat” nazariyasiga ko‘ra asoslab berilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasining strategik ahamiyatidan kelib chiqib, Koreya Respublikasining mintaqa davlatlari bilan geografik jihatdan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, taraqqiyotning koreys modeli tajribasi imkoniyatlaridan foydalanish va ko‘p tomonlama strategik aloqalarni iqtisodiy diplomatiya vositasida amalga oshirishga yo‘naltirilgan milliy manfaatlari “Koreya Ipak yo‘li” (K-Silk Road) loyihasiga ko‘ra isbotlangan;
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida koreys diasporasining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga ta’siri, ko‘p tomonlama xalq diplomatiyasini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda Janubiy Koreyada “Markaziy Osiyo diasporasi hamjamiyati”ini ta’sis etish taklifi dalillangan;
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida ko‘zda tutilgan xalqaro hamkorlikni kengaytirish ko‘lamida Koreya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalarning yuqori darajadagi samaradorligini oshirish, Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslarini takomillashtirish, har tomonlama strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishda “Markaziy Osiyo – Koreya” formatini davlat rahbarlari darajasiga olib chiqish chiqish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koreya Respubliaksining Markaziy Osiyo davlatlari bilan homkorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida “World politics” o‘quv qo‘llanmasida “Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo: hamkorlik tajribasi va zamonaviy bosqichdagi holati” mavzusida yozilgan siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasidagi “Markaziy Osiyo jahon siyosatida va Koreya Respublikasi jahon siyosatidagi o‘rni” mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 06.06.2024 yildagi 01-04-01/1286-sonli ma’lumotnomasi).
Koreya Respubliaksining Markaziy Osiyo davlatlari bilan homkorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishidan “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqboli (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” nomli amaliy tashabbuskor loyihasida foydalanildi (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 06.06.2024 yildagi 01-04-01/1285-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, yangi shakllanayotgan xalqaro tartibotlar sharoitida Markaziy Osiyoda Rossiya, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Pokiston, Xindiston, Eron, Turkiya Arab davlatlari omilining bugungi holat va yangi tendensiyalarni yoritishda, yangilayotgan xalqaro tartibotlar sharoitida O‘zbekiston tashqi siyosatini yortilishida tahlilida dissertatsiyadan Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalari hamda transport logistika yo‘llarini joriy etish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan foydalanilgan.
Dissertatsiya ishida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida madaniy-gumanitar omillarning o‘rni yortilganda, Markaziy Osiyodagi “koreys diasporasi”ning o‘rni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shayotganligi o‘rganilgan va madaniy almashinuv, gumanitar tashabbuslar Koreya va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va do‘stlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Ma’rifiy dasturlar, madaniy festivallar va boshqa tadbirlar madaniy aloqalarni saqlash va rivojlantirishga yordam beradi. Texnologiya va ta’lim sohalaridagi o‘zaro hamkorlik ham hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanishi qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamalakatlar bilan do‘stlik aloqalri qo‘mitasi tomonidan foydalanildi (14.07.2024 14-07-1164-sonli ma’lumotnomasi).
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda G.Dushaeva tadqiqotlarida ilgari surilgan Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligiga oid tahliliy ma’lumotlar, shu jumladan o‘zaro hamkorlik aloqalarining tarixiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy jihatlariga doir ma’lumotlardan foydalanilgan. Ayniqsa, dissertatsiya ishida Janubiy Koreyaning “yumshoq kuch” omili tahlil qilinib, Markaziy Osiyo davlatlariga ta’siri va O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shayotganligi aniqlangan. Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida madaniy-gumanitar omillarning o‘rni, Markaziy Osiyodagi “koreys diasporasi”ning o‘rni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shayotganligi o‘rganilgan va madaniy almashinuv, gumanitar tashabbuslar Koreya va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va do‘stlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishiga oid ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi (20.08.2024 01-44-171-sonli ma’lumotnoma).

Yangiliklarga obuna bo‘lish