Daminov Aziz Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umimiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intradializ qon-tomir disfunksiyasi: patogenetik va terapevtik jixatlari”  14.00.05 – Iski kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4232.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich,  tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tonkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa (muasassalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’ruf Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripxodjaeva Gulnoza Zaynitdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gemodializ olayotgan surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi (SBK5d) bilan og‘rigan bemorlarda qon tomirlarining endotelial disfunksiyasi rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini baholash va muvofiqlashtiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda dializ jarayonida tizimli yallig‘lanish holatlarining faollashishi, eritrotsitlar gemolizi, lipidlar periksli oksidlanishi/antioksidant tizim o‘zgarishlarini erkin radikal oksidlanishi tomoniga siljishi, endotelial faoliyatni buzilishi va NO singishini pasayishi muolajaning 60-90 daqiqasiga kelib rivojlanishi hamda ularni gemodializ seansi oxirigacha avj olib borishi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda individual intradializ jismoniy mashqlardan foydalanish qon tomir disfunksiyasi shakllanishining patofiziologik mexanizmlarini zo‘riqishini oldini olishi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda dializ muolajasi yakunida olti daqiqalik yurish sinamasi va hayot sifati ko‘rsatkichlari pasayishi keyingi seansga qadar boshlang‘ich darajaga tiklanganligini aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bemorlariga individual tanlangan intradializ jismoniy zo‘riqishi ularning hayot sifati, jismoniy ko‘rsatkichlari va ijtimoiy faolligiga ijobiy samarasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemodializ olgan SBK5d bemorlarida qon tomirlarining endotelial disfunksiyasi rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini o‘rganish va davolash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bemorlarida dializ jarayonida tizimli yallig‘lanish jarayonlarining faollashishi, eritrotsitlar gemolizi, lipidlar periksli oksidlanishi/antioksidant tizim o‘zgarishlarini erkin radikal oksidlanishi tomoniga siljishi, endotelial faoliyatni buzilishi va NO singishini pasayishi muolajaning 60-90 daqiqasiga kelib rivojlanishi hamda ularni gemodializ seansi oxirigacha avj olib borishi aniqlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 3.10.2024 yildagi № 105-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 4.10.2024 yildagi № 140-5–son buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 8/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: intradializ jismoniy zo‘riqishdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm natijalari asosida tuzilgan amaliy tavsiyalarni amalga oshirish SBK 5-bosqichi bemorlarini olib borilishini muqobillashtiriladi, samaradorlik va xavfsizlikni oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: intradializ jismoniy faoliyatdan foydalanish bemorlarda gemodinamik buzilishlar xavfi va kasalxonaga yotish chastotasini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishini imkonini bergan. Xulosa:  gemodializ jarayonida CBK5d bo‘lgan bemorlarda muolajaning 60-90-daqiqasida tizimli yallig‘lanish reaksiyasining faollashishi, eritrotsitlar gemolizi, LPO/AOT tizimining erkin radikal oksidlanish tomonga siljishini kamaytirish davolash samaradorligini oshirib, kasalxonaga yotish chastotasini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishini imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda individual intradializ jismoniy mashqlardan foydalanish qon tomir disfunksiyasi shakllanishining patofiziologik mexanizmlarini zo‘riqishini oldini olishi isbotlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 3.10.2024 yildagi № 105-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 4.10.2024 yildagi № 140-5–son buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 8/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Erishilgan natijalar yurtimizda rejali gemodializ bemorlarini yashovchanligini oshishi, hayot sifatini yaxshilanishi va ularni joriy statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. . Iqtisodiy samaradorligi: intradializ jismoniy zo‘riqishdan foydalanish CBK5d bo‘lgan bemorlarini yil mobaynida terapevtik bo‘limlarda joriy statsionar yotish o‘rin kunlarini qisqartirishi orqali iqtisodiy samara beradi. Xulosa: SBK5d bemorlarida individual intradializ jismoniy mashqlardan foydalanish ularini yashovchanligini oshishi, hayot sifatini yaxshilanishi va joriy statsionar yotish o‘rin kunlarini qisqarishi imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bemorlarida dializ muolajasi yakunida olti daqiqalik yurish sinamasi va hayot sifati ko‘rsatkichlari pasayishi keyingi seansga qadar boshlang‘ich darajaga tiklanganligini aniqlanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 3.10.2024 yildagi № 105-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 4.10.2024 yildagi № 140-5–son buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 8/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalarini nefrologiya va gemodializ klinik amaliyotida qo‘llash minimal fursat va xarajat bilan bemorlarning jismoniy mehnat qobiliyati va endotelial faoliyati holatini baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur tadqiqot natijalarini nefrologiya va gemodializ klinik amaliyotida qo‘llash gemodializ bemorlarini yil mobaynida terapevtik bo‘limlarda joriy statsionar yotish kunlarini qisqarish orqali 15862500 so‘m so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: SBK5d bor bemorlarda dializ yakunida olti daqiqalik yurish sinamasi va hayot sifati ko‘rsatkichlari pasayishi aniqlanganligi minimal fursat va xarajat bilan bemorlarning jismoniy mehnat qobiliyati hamda endotelial faoliyati holatini baholash va davolash samaradorligini oshirib joriy statsionar yotish o‘rin kunlarini qisqarish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Surunkali buyrak kasalligini 5-bosqichi bemorlariga individual tanlangan intradializ jismoniy zo‘riqishi ularning hayot sifati, jismoniy ko‘rsatkichlari va ijtimoiy faolligiga ijobiy samarasi asoslanganligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 3.10.2024 yildagi № 105-sonli va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 4.10.2024 yildagi № 140-5–son buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 8/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olib borilgan tadqiqot asosida ishlab chiqilgan algoritm protokoli nefrologiya va gemodializ klinik amaliyotida velotrenajordan keng foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi olingan natijalar SBK5d bor bemorlarini yil mobaynida terapevtik bo‘limlarda joriy statsionar yotish kunlarini kamayishini va o‘rin kunlarini qisqarishini hisoblash orqali 15862500 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa:  individual intradializ jismoniy mashqlardan foydalanish SBK5d bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini, jismoniy ko‘rsatkichlarini va ijtimoiy faolligini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish