Axmedova Shahlo Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta salomasidan yuqori sifatli gliserin olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4606.
Ilmiy rahbar: Abdurahimov Ahror Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamrokulova Muborak Xakimovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta salomasidan olinadigan gliserinni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish va uning sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta salomasining sifat ko‘rsatkichlarini olinadigan gliserin fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’sir aniqlanib, natriy silikat bilan ishqoriy neytrallash tarkibidagi metal qoldiqlarini 60 % ga kamaytirishi, kul miqdorini 50 % gacha pasaytirishi isbotlangan;
paxta salomasini gidrolizlab olingan gliserinli suvning konsentratsiyasini 10-25 % dan 35 - 40 % gacha oshirilishi, ohakli suv bilan tozalanganda ishqoriy reagentlarning sarfini 20 % gacha kamayishi, olinadigan gliserinning konsentratsiyasini 8% gacha oshirishi asoslangan;
distillyasiya jarayonini qo‘llamasdan, fosfor kislota va kationit bilan ishlov berish orqali texnik gliserindan oliy navli gliserin olinib, jarayonning texnologik rejimlari aniqlangan;
ion almashinish usulida tozalangan gliserinni unli qandolat mahsulotlari reseptiga kiritish bilan mahsulotlarning saqlash muddatlarini 20-30%ga oshirishi isbotlangan;
distillyasiya jarayonini qo‘llamasdan paxta salomasidan yuqori sifatli gliserin olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta salomasidan olingan distillangan gliserinni sifatini oshirish hamda ion almashinish usuluni qo‘llab texnik gliserindan tozalangan gliserin olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta salomasidan olingan distillangan gliserinni adsorbsiyali tozalashning samarali texnologiyasi O‘zbekiston respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2024 yil 13 sentyabrdagi KS/3-305-son ma’lumotnomasi). Natijada, distillangan gliserinning konsentratsiyasini 97 % gacha oshirish imkonini beradi;
paxta salomasidan olingan gliserinni kationitlar yordamida samarali tozalash texnologiyasi O‘zbekiston respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston respublikasi Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2024 yil 13 sentyabrdagi KS/3-305-son ma’lumotnomasi). Natijada, kul miqdori 0,18 % gacha pasaytirilgan gliseri ishlab chiqarish imkonini beradi.