Musirmonov Jamoliddin Jalgashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft va gaz qazib chiqarish korxonalari oqova suvlarini bioremidatsion usulda tozalash», 03.00.12 – Biotexnologiya, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1136.
Ilmiy rahbarlar: Xo‘jamshukurov Nortoji Abduxalikovich, biologiya fanlari doktori, professor; Urinova Adolat Abdivasievna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza-qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi  PhD.03/30.12.2019.B.72.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash .
Rasmiy opponentlar: Turabaev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sattarov Abdumurod Sattarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft  va gaz qazib chiqarish korxonalaridan hosil bo‘layotgan oqova suvlarni bioremediatsion usulda tozalash jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft  va gaz qazib chiqarish korxonalarida hosil bo‘layotgan xo‘jalik-maishiy suvlari (mg/l: fosfatlar-5,66; xloridlar-651,74; sulfatlar-664,33; nitratlar-531,6; nitritlar-16,36) hamda sanoat oqova suvlari (mg/l: fosfatlar-8,34; xloridlar-577,94; sulfatlar-641,62; nitratlar-664,01; nitritlar-40,06) asosiy biogen elementlar bilan kuchli ifloslanishi aniqlangan;
neft  va gaz qazib chiqarish korxonalarida hosil bo‘layotgan xo‘jalik-maishiy (0,38 mg/l) oqova suvlari hamda sanoat suvlarining (0,96 mg/l) temir bilan kuchli ifloslanishi isbotlangan;
neft  va gaz qazib chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan xo‘jalik-maishiy va sanoat oqova suvlari tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar mavsumiy o‘zgaruvchanlik xarakteriga ega ekanligi asoslangan;
neft va gaz qazib chiqarish korxonalaridan chiqayotgan asosiy biogen elementlar va og‘ir metallar bilan kuchli ifloslangan xo‘jalik-maishiy va saonoat oqova suvlarini makrofitlarning turlariga (L.minor, A.caroliniana, E.srassipes) bog‘liq holda tozalashning bioremediatsion ko‘rsatkichlari aniqlangan;
birgalikda o‘stirilgan makrofitlar neft va gaz qazib chiqarish korxonalari oqova suvlari tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni (%: Na-64,8178,95; Mg-84,4894,44; K-81,2587,88, Ca-87,595,52; Cr-57,1466,67; Fe-79,4181,25; Mn-55,4570,59) alohida o‘stirilgan makrofitlarga nisbatan samarali sorbsiyalashi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft va gaz qazib chiqarish korxonalari oqova suvlarini bioremidatsion usulda tozalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlar kimyoviy tarkibini bioremedatsion tozalash Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 28 fevraldagi 03-03/3-2041-son ma’lumotnomasi). Natijada, bioremidatsion yo‘l bilan tozalash texnologiyasi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan chiqayotgan sanoat hamda maishiy oqova suvlarining kimyoviy tarkibini mo‘’tadillashtirish imkonini bergan;
makrofitlar yordamida bioremidatsion tozalash texnologiyasi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 28 fevraldagi 03-03/3-2041-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqova suvlari tarkibidagi Na miqdorini an’anaviy usulda 41,18%, amaliyotga tadbiq etilgan bioremidatsion usulda 64,82% gacha kamaytirish imkonini bergan. Bioremidatsion tozalash texnologiyasining amaliyotga tadbiq etilishi maishiy oqova suvlar tarkibidagi Na miqdori an’anaviy usulda 35,94%, amaliyotga tadbiq etilgan bioremidatsion usulda 78,95% gacha kamaytirish imkonini bergan;
makrofitlarni sanoat va maishiy oqova suvlarida birgalikda etishtirish biotexnologiyasi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 28 fevraldagi 03-03/3-2041-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqova suvlari tarkibidagi Fe miqdori an’anaviy usulda 30,56%, amaliyotga tadbiq etilgan bioremidasion usulida 79,42% miqdorigacha, Cr miqdori an’anaviy usulda 45,46% gacha kamaytirilgan bo‘lsa, tavsiya etilgan bioremidatsion texnologiyada 57,15% gacha, maishiy oqova suvlar tarkibidagi Cr miqdori an’anaviy usulda 63,3% ga kamaytirilgan bo‘lsa, tadbiq etilgan bioremidatsion texnologiyada 66,67% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish