Narkulov Odil Oltinbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mobil ilovalar asosida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish metodikasi” (Qattiq jismlar fizikasi fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4151.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.FM.70.06
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Abduqahhor Gadoevich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘raev Ergash Yo‘ldoshevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida “Qattiq jismlar fizikasi” fanini, tarkibi kompyuter imitatsion modellarlar, audio, video kontentlar bilan boyitilgan mobil ilovalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Qattiq jismlar” fizikasi fanini an’anaviy va mobil ilova tuzulmalari, algoritmi, usullari, uslublari va metodikasi aniqlashtirilib, an’anaviy dars o‘tishga nisbatan mobil ilovalardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini (ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini) tashkil qilishda kompyuter imitatsion modellarga asoslangan audio, video kontentlar qamrab olingan mobil ilova platformasi ishlab chiqilgan;
oliy ta’limda “Qattiq jismlar fizikasi” fanidan kompyuter imitatsion modellar yaratish uchun mavzular ketma-ketligi aniqlashtirilib, tanlab olingan mavzulardan fizik jarayonlarning ichki va tashqi xossalarini hamda ko‘z ilg‘amaydigan va laboratoriya sharoitida ko‘rsatib bo‘lmaydigan nozik jarayonlarni namoyish etuvchi kompyuter imitatsion modellar ishlab chiqilgan;
“Qattiq jismlar fizikasi fanining mavzulariga oid ishlab chiqilgan audio va video darslardan, kompyuter imitatsion modellardan, mobil ilova yordamida fanni ichki va tashqi xossalarini talabalarga namoyish etish uchun boshqaruv nuqtai nazaridan jamoani tashkiliy dinamik rivojlanish, guruh dinamikasi va guruh ruhiyatiga asoslangan holda shakllantirish jarayoni, pedagogik talabalarning ijodiy nostandart vazifalarni hal qilish qobiliyatini maqsadli shakllantirishning o‘quv amaliyoti, muammo yoki vazifani hal qilish uchun ishchi prototipni yaratishga qaratilgan turli xil ta’lim yo‘nalishlari talablari va turli kasblar mutaxassislari uchun loyihaga yo‘naltirilgan tanlov asosidagi texnololgiyalarni qo‘llab dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish metodikasi takomillashtirilgan;
“Qattiq jismlar fizikasi” fani mavzularini kompyuter imitatsion modellardan foydalanib dars jaryonlarini tashkil etishni fizika yo‘nalishidagi hamda boshqa oliy ta’lim yo‘nalishidagi predmetlar uchun an’anaviy va mobil ilovalar asosidagi dars mashg‘ulotlarida taqqoslab o‘qitish yuzasidan samarador tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida “Qattiq jismlar fizikasi” fani uchun kompyuter imitatsion modellardan mobil ilovada foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Qattiq jismlar” fizikasi fanini an’anaviy va mobil ilova tuzulmalari, algoritmi, usullari, uslublari va metodikasi aniqlashtirilib, an’anaviy dars o‘tishga nisbatan mobil ilovalardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini (ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini) tashkil qilishda kompyuter imitatsion modellarga asoslangan audio, video kontentlar qamrab olingan mobil ilova platformasi ishlab chiqilgan hamda oliy ta’limda “Qattiq jismlar fizikasi” fanidan kompyuter imitatsion modellar yaratish uchun mavzular ketma-ketligi aniqlashtirilib, tanlab olingan mavzulardan fizik jarayonlarning ichki va tashqi xossalarini hamda ko‘z ilg‘amaydigan va laboratoriya sharoitida ko‘rsatib bo‘lmaydigan nozik jarayonlarni namoyish etuvchi kompyuter imitatsion modellar ishlab chiqilgan takliflardan “OT–Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 20 noyabrdagi 117/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Qattiq jismlar fizikasi” fani uchun kompyuter imitatsion modellarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish sifat ko‘rsatkichi oshirilgan;
“Qattiq jismlar fizikasi fanining mavzulariga oid ishlab chiqilgan audio va video darslardan, kompyuter imitatsion modellardan, mobil ilova yordamida fanni ichki va tashqi xossalarini talabalarga namoyish etish uchun boshqaruv nuqtai nazaridan jamoani tashkiliy dinamik rivojlanish, guruh dinamikasi va guruh ruhiyatiga asoslangan holda shakllantirish jarayoni, pedagogik talabalarning ijodiy nostandart vazifalarni hal qilish qobiliyatini maqsadli shakllantirishning o‘quv amaliyoti, muammo yoki vazifani hal qilish uchun ishchi prototipni yaratishga qaratilgan turli xil ta’lim yo‘nalishlari talablari va turli kasblar mutaxassislari uchun loyihaga yo‘naltirilgan tanlov asosidagi texnololgiyalarni qo‘llab dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish metodikasi takomillashtirilgan takliflardan “I-2016-4-15 “Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzularidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 20 noyabrdagi 117/02-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’limda “Qattiq jismlar fizikasi” fanini mobil ilova asosida o‘qitishni ta’lim jarayoniga tatbiq etish samaradorligi oshgan, o‘quvchilarda motivatsion-qiziqish rivojlantirilgan;
“Qattiq jismlar fizikasi” fani mavzularini kompyuter imitatsion modellardan foydalanib dars jaryonlarini tashkil etishni fizika yo‘nalishidagi hamda boshqa oliy ta’lim yo‘nalishidagi predmetlar uchun an’anaviy va mobil ilovalar asosidagi dars mashg‘ulotlarida taqqoslab o‘qitish yuzasidan samarador tavsiyalar ishlab chiqilgan takliflardan “OT–Atex-2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 20 noyabrdagi 117/02-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida “Qattiq jismlar fizikasi” fani bo‘yicha talabalarni bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.