Tastanova Saida Aldiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Fraktal tasvirlarni sintez qilish algoritmlari, 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/4345.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmamatov Mexriddin , texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoatida qo‘llash uchun rang parametrlarini optimallashtirish bilan fraktal tasvirlarni sintez qilish algoritmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik bo‘yoqlarini ishlab chiqarishda ranglarning konsentratsiyasi (to‘yinganligi) dinamikasining matematik modeli ishlab chiqilgan;
simpleks usuli asosida fraktal tasvirlarning rang parametrlarini optimallashtirish va sintez qilish natijalarini baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;
simpleks usul va genetik algoritm kombinatsiyasi asosida fraktal tasvirlarning rang va qiymat parametrlarini optimallashtirish uchun gibrid algoritm ishlab chiqilgan;
o‘ramli neyrotarmoq arxitekturasi asosida chuqur o‘rganish modeli va fraktal tasvirlarni Itten rang nazariyasi yordamida tasniflash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Fraktal tasvirlarni sintez qilishni avtomatlashtirish uchun ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturiy majmuasi yordamida olingan ilmiy yangiliklar asosida:
fraktal tasvirlar sintezini avtomatlashtirish hisoblash algoritmi va dasturiy kompleksi «BI Group» MChJ faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 20-maydagi № 33 - 8 / 3297 ma’lumotnomasi). Natijada bino va inshootlarning me’moriy dizayni jarayonida dekorativ elementlar va jabhalar yaratishda fraktal tasvirlarning parametrlarini optimallashtirish imkonini bergan;
fraktal tasvirlar sintezini avtomatlashtirish va hisoblash algoritmi va dasturiy kompleksi «UChDAVR» MChJ faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 20-maydagi № 33 - 8 / 3297 ma’lumotnomasi). Natijada, milliy virtual universitet tizimining uch o‘lchovli muhitining tashqi va ichki elementlarini yaratishda yaratilgan fraktal tasvirlarni rang parametrlari bo‘yicha optimallashtirish, shuningdek o‘quv jarayonida ta’lim mazmunini idrok etishni yaxshilash imkonini bergan.
o‘ramli neyrotarmoq arxitekturasi asosida fraktal tasvirlarni Itten rang nazariyasi bo‘yicha tasniflash chuqur o‘rganish modeli va algoritmi yordamida yaratilgan «Ko‘p qatlamli fraktal tuzilmalardan foydalangan holda gilamlarni loyihalashda rang parametrlarini optimallashtirish» dasturiy ta’minoti «SAM HOME TEX» MChJ ishlab chiqarish jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 20-maydagi №33-8/3297 ma’lumotnomasi). Natijada, fraktal naqshlarning turli xil variantlarini qayta-qayta ishlab chiqarish bilan ishlash 10% ga oshdi va grafik dizaynerlarning mehnat zichligi pasayib estetik idrok mezonlari, to‘qimachilik va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha optimallashtirilgan fraktal tasvirlarni sintez qilish muammosini avtomatlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish