Sultanova Nigina Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Chakana savdo xizmatlari sohasida korxonalar raqobatbardoshligini  oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi”, 08.00.05 –Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Iqt2911  
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kulievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida chakana savdo sohasida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “chakana savdo korxonasining raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqiblarga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan holda raqobat ustunligiga erishish imkonini beruvchi raqobat strategiyasini shakllantirish sharoitida korxonalarning strategik salohiyatidan foydalanish, potensial  mijozlarning ehtiyojlarini maksimal qondirish, ularga sifatli savdo xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
chakana savdo korxonalarining raqobatbardoshligini integral baholash usuli chakana savdo korxonasining tovar (TR = 0,16) va brend (BR = 0,18) raqobatbardoshligi,  moddiy-texnik (MS = 0,12), moliyaviy (MS = 0,21), mehnat (MehS = 0,11) hamda savdo (SS = 0,22) salohiyati ko‘rsatkichlarining vazn koeffisientlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
chakana savdo korxonasining raqobatbardoshligi korxonaning barcha tarkibiy bo‘limlari faoliyatlarini yagona tizimga birlashtirish hamda korxonaning strategik raqobatbardoshligini ta’minlash uchun ularning faoliyatini maqsadli boshqarishning tasniflash, ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, guruhlarga ajratish, raqobat strategiyalarini tanlash, strategik maqsadlarni belgilash bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini oshirish va samarali rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar asosiy faoliyat parametrlarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chakana savdo sohasida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “chakana savdo korxonasining raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini raqiblarga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan holda raqobat ustunligiga erishish imkonini beruvchi raqobat strategiyasini shakllantirish sharoitida korxonalarning strategik salohiyatidan foydalanish, potensial  mijozlarning ehtiyojlarini maksimal qondirish, ularga sifatli savdo xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Savdo iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 284-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxonalarning strategik salohiyatidan foydalanish, potensial  mijozlarning ehtiyojlarini maksimal qondirish, ularga sifatli savdo xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “chakana savdo korxonasining raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
chakana savdo korxonalarining raqobatbardoshligini integral baholash usuli chakana savdo korxonasining tovar (TR = 0,16) va brend (BR = 0,18) raqobatbardoshligi,  moddiy-texnik (MS = 0,12), moliyaviy (MS = 0,21), mehnat (MehS = 0,11) hamda savdo (SS = 0,22) salohiyati ko‘rsatkichlarining vazn koeffisientlarini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududiy boshqarmalari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 19-fevraldagi 9/06-30-3070-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida chakana savdo korxonalari faoliyatidagi zaif bo‘g‘inlarni o‘z vaqtida aniqlash va ko‘rsatkichlarni maqsadli ravishda moslashtirish hamda ularning eng oqilona qiymatlarini ta’minlash imkonini bergan;
chakana savdo korxonasining raqobatbardoshligi korxonaning barcha tarkibiy bo‘limlari faoliyatlarini yagona tizimga birlashtirish hamda korxonaning strategik raqobatbardoshligini ta’minlash uchun ularning faoliyatini maqsadli boshqarishning tasniflash, ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, guruhlarga ajratish, raqobat strategiyalarini tanlash, strategik maqsadlarni belgilash bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududiy boshqarmalari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 19-fevraldagi  9/06-30-3070-sonli ma’lumotnomasi).  Ushbu taklifdan foydalanish korxonaning funksional bo‘limlari va boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy funksiyalari o‘rtasidagi munosabatlar samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Samarqand viloyatida chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini oshirish va samarali rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan asosiy faoliyat parametrlarining prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududiy boshqarmalari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 19-fevraldagi 9/06-30-3070-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida chakana savdo korxonalari faoliyatini miqdor va sifat jihatidan baholashning uslubiy vositalarini takomillashtirish orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va istiqbolda strategik rivojlanish vektorini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish