Begmanov Safar Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft konlari qatlam suvlaridan yodni kimyoviy oksidlovchilar va ekstragentlar yordamida ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.13 - “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T2606.
Ilmiy rahbar: Vapoev Husnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Samadiy Murodjon Abdusalimzoda, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erosti gidrotermal suvlari tarkibini o‘rganish, ulardan yodni ajratib olishning usullarini va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy yod tutgan erosti gidrotermal suvlarini yumshatish va uning asosida tanlab ekstraksiyalash orqali yodni boyitish sharoitlari ishlab chiqilgan;
yod tutgan erosti suvlaridan yodni ajratib olishda yodid ionlarini oksidlanish kinetikasiga vodorod peroksid, natriy nitrit va natriy gipoxloridlar kabi oksidlovchilarning tabiati, konsentratsiya va hajmiy nisbatlari ta’siri aniqlangan;
molekulyar yodni ekstragentlar yordamida ajratib olishda benzol eng samarali ekstragent ekanligi isbotlangan hamda jarayonning optimal parametrlari ishlab chiqilgan.
mahalliy yod tutgan erosti gidrotermal suvlarini ekstraksiyalash texnologiyasi asosida kristall yodni ajratib olishning takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan, moddiy oqim balanslari tuzilgan hamda jarayonning maqbul parametrlari aniqlangan;
mahalliy yod tutgan erosti gidrotermal suvlaridan yodni ajratib olishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblangan va import narxiga nisbatan har bir kg uchun foyda qolishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy neft konlari erosti gidrotermal suvlaridan yod va uning birikmalarini ajratib olishning takomillashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Umid” neft koni erosti gidrotermal suvlarini soda-ohakli usulda tozalash Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2024 yil 5 sentyabrdagi 23/01-01-07/517-son ma’lumotnomasi). Natijada, tozalanmagan va tozalangan suv namunalarida ionlarning miqdori kalsiy miqdori 3607,0 mg/dm3 dan 35,07 mg/dm3 gacha, magniy miqdori 668,8 mg/dm3 dan 0,02 mg/dm3 gacha, karbonat va gidrokarbonat ionlari miqdori esa tegishlicha 8,0 mg/dm3 va 61,0 mg/dm3 dan nolgacha kamaytirish imkonini bergan;
“Umid” neft koni erosti gidrotermal suvlaridan kimyoviy oksidlovchilar va erituvchi ekstragentlar yordamida yod ajratib olish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2024 yil 5 sentyabrdagi 23/01-01-07/517-son ma’lumotnomasi). Natijada, tozalanmagan va tozalangan suv namunalarida oksidlovchi vodorod peroksid olinganda tegishlicha 89,2 foiz va 98,7 foiz yod ajratib olinib, unumni 10 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish