Ashurova Umida Alisherovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tug‘ruqdan keyingi qon ketishida miometriy disfunksiyasi shakllanishining patogenetik mexanizmlari” 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya, 14.00.20 – Tibbiy genetika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib679.
Ilmiy maslahatchilar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gildieva Margarita Sobirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishida miometriy disfunksiyasini shakllantirishning klinik va genetik mexanizmlarini o‘rgangan holda xavf guruhlarini shakllantirish va bachadon atoniyasi rivojlanish xavfini prognozlash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhim xavf omillari (qisqa intergravidar interval (OR=1,6), kesarcha kesishdan keyin bachadonda chandiq (OR=1,8), preeklampsiya/eklampsiya (OR=3.1), anamnezida TKQK, r=0,004) mavjudligidan qat’i nazar, har uchinchi (29,7%) ayolda tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketish rivojlanishi extimoli isbotlangan;
genetik markerlarning (NOS1 genining G84A polimorfizmi bo‘yicha; NOS3 genidagi C786T lokusi; IL6 genining -174G>C polimorf markeri; IL1b genining -31T/C polimorfizmi; FGB genida 455G-A lokusi) genlararo taqqoslama tahlili asosida yuqotilgan qon xajmiga bog‘liq xolda tug‘ruqdan keyingi qon ketishining klinik xususiyatlarini bashoratlash tartibi isbotlangan;
NOS1(G-84A) va NOS3 (C786T) azot oksidi sintaza genlari «gomozigota+geterozigota» va «G/A + C/T» (geterozigota+geterozigota) birikmalarining tashuvchanligi natijasida bachadon atoniyasi rivojlanishi va TKQK xavfining 2 marotaba oshishi (χ2=5.4; r=0.02; OR=2.0; 95%CI: 1.106-3.461) isbotlangan;
NOS1 (G-84A) + NOS3 (C786T) + IL1B (-31T/C) genlarining polimorfizmlari noqulay gomozigot va geterozigot genotiplarining bir vaqtning o‘zida mavjudligi bachadon atoniyasining rivojlanishi natijasida TKQK xavfini 2 baravarga oshirishi (χ2=5.7; r=0.02; OR=2.4; 95%CI: 1.153-4.994) isbotlangan;
ayollarda FGB genining noqulay AA genotipi mavjudligi natijasida tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketish xavfi 4 baravarga oshishi (χ2=3.1; r=0.1; OR=4.2; 95%CI: 1.153-4.994) va uning yuqori xavf markeri ekanligi isbotlangan;
tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketish etiopatogenezi bilan OXTR genining A/b genotipi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash natijasida OXTR genining A/b mutatsiyasi deteksiyasini aniqlash usulining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketishida miometriy disfunksiyasini shakllanishining klinik va genetik mexanizmlarini o‘rganish, so‘ngra xavf guruhini shakllantirish va prognozlash algoritmini tuzish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: muhim xavf omillari (qisqa intergravidar interval (OR=1,6), kesarcha kesishdan keyin bachadonda chandiq (OR=1,8), preeklampsiya/eklampsiya (OR=3.1), anamnezida TKQK, r=0,004) mavjudligidan qat’i nazar, har uchinchi (29,7%) ayolda tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketish rivojlanishi extimoli isbotlangan. Olingan ma’lumotlar RIOvaBSIATM Xorazm filiali (01.04.2024 yildagi 70I-sonli buyruq), RIOvaBSIATM Samarqand filiali (01.04.2024 yildagi 267-sonli buyruq) va Respublika Perinatal markazi (18.05.2024 yildagi 127-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (SSVning 2024 yil 25 martdagi 03-24/264t - sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan xavf omillari asosida atonik qon ketishini prognozlash bo‘yicha olingan natijalar ushbu asoratlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni oldini olish, xavfni aniqroq tarzda aniqlash, davolashga individual yondashuv, asoratlarni davolash uchun ketadigan xarajatlarni o‘rtacha 1 bemorga 2300000 so‘mdan 1700000 so‘mgacha kamayishidan iborat. Shunday qilib, TKQK bo‘lgan 18 nafar ayollarda 10800000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: olingan ma’lumotlar tug‘ruqdan keyingi qon ketishini oldini olishga qaratilgan bo‘lib, asoratlarni davolash hamda ona va bolaga tibbiy yordam sifatini oshirishga ketadigan xarajatlarning bir bemorga 600000 so‘m kamayishiga iqtisodiy jihatdan imkon bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: genetik markerlarning (NOS1 genining G84A polimorfizmi bo‘yicha; NOS3 genidagi C786T lokusi; IL6 genining -174G>C polimorf markeri; IL1b genining -31T/C polimorfizmi; FGB genida 455G-A lokusi) genlararo taqqoslama tahlili asosida yuqotilgan qon xajmiga bog‘liq xolda tug‘ruqdan keyingi qon ketishining klinik xususiyatlarini bashoratlash tartibi isbotlangan, u RIOvaBSIATM Xorazm filiali (01.04.2024 yildagi 70I-sonli buyruq), RIOvaBSIATM Samarqand filiali (01.04.2024 yildagi 267-sonli buyruq) va Respublika Perinatal markazi (18.05.2024 yildagi 127-sonli buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan (SSVning 2024 yil 25 martdagi 03-24/264t - sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: molekulyar genetik tadqiqotlarning o‘tkazilishi asoratlarni oldini olishga, xavfni aniqroq tarzda aniqlashga va ushbu patologiyani individual yondashgan holda davolashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta tashxisot etish va prognozlash tufayli TKQK oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikani joriy etishda 18 bemorlarda davolash uchun ketadigan xarajatlarni 10800000 so‘m kamayishi, shuningdek o‘rin-kunlar sonining 1,8 marotaba kamayishi 9000000 so‘m hisobiga byudjet mablag‘larining tejalishiga erishildi. Xulosa: TKQK oldini olish uchun molekulyar-genetik tadqiqotlarning o‘tkazilishi uzoq muddatli istiqbolda xarajatlarning har bir bemor uchun 1100000 so‘mga kamayishi iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: NOS1(G-84A) va NOS3 (C786T) azot oksidi sintaza genlari «gomozigota+geterozigota» va «G/A + C/T» (geterozigota+geterozigota) birikmalarining tashuvchanligi natijasida bachadon atoniyasi rivojlanishi va TKQK xavfining 2 marotaba oshishi (χ2=5.4; r=0.02; OR=2.0; 95%CI: 1.106-3.461) isbotlangan. Ushbu natijalar “Tug‘ruqdan keyingi qon ketishida ayollarda azot oksidi sintaza gen polimorfizmlarining prognostik ahamiyati” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining tomonidan 2024-yil 25-martdagi 03-24/264-t-son bilan tasdiqlangan. Qaysikim RIOvaBSIATM Xorazm filiali (01.04.2024 yildagi 70I-sonli buyruq), RIOvaBSIATM Samarqand filiali (01.04.2024 yildagi 267-sonli buyruq) va Respublika Perinatal markazi (18.05.2024 yildagi 127-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (SSVning 2024 yil 25 martdagi 03-24/264t - sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: NOS1(G-84A) va NOS3(C786T) qo‘shma genotipik variant tashuvchilarida TKQK shakllanishiga protektiv ta’sir ularning azot oksidining normal endotelial ishlab chiqarilishini va mos ravishda qon tomirlar tonusining normal ishlashi, gemostazni va hokazolarni ta’minlaydigan funksional ahamiyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: NOS1(G-84A) va NOS3(C786T) genotipik variantini o‘rganish qon tomirlar tonusi va gemostaz disfunksiyasini erta tashxislash va prognozlashga hissa qo‘shadi, qon tomirlar tonusi va gemostaz disfunksiyasini davolashga ketadigan xarajatlarni 1,8 baravar kamaytirish orqali, ya’ni 17 nafar bemor ayollarda 6800000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashga erishildi. Xulosa: NOS1(G-84A) va NOS3 (C786T) azot oksidi sintaza genlarining o‘zaro ta’sir etish birikmasini tahlil qilish natijasida ushbu genlarning funksional jihatdan noqulay genotipik variantlari va ayollarda TKQKning rivojlanish xavfi o‘rtasida muayyan sinergizmning mavjudligi aniqlangan va natijada 1 bemor uchun 400000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: NOS1 (G-84A) + NOS3 (C786T) + IL1B (-31T/C) genlarining polimorfizmlari noqulay gomozigot va geterozigot genotiplarining bir vaqtning o‘zida mavjudligi bachadon atoniyasining rivojlanishi natijasida TKQK xavfini 2 baravarga oshirishi (χ2=5.7; r=0.02; OR=2.4; 95%CI: 1.153-4.994) isbotlangan, qaysikim RIOvaBSIATM Xorazm filiali (01.04.2024 yildagi 70I-sonli buyruq), RIOvaBSIATM Samarqand filiali (01.04.2024 yildagi 267-sonli buyruq) va Respublika Perinatal markazi (18.05.2024 yildagi 127-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (SSVning 2024 yil 25 martdagi 03-24/264t - sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu genetik lokuslarning 3ta noqulay polimorf variantlarining ahamiyatliligini hisoblash NOS1, NOS3 va IL1b genlari kombinatsiyasining eng muhim hissa qo‘shganligini ko‘rsatdi: ayollarda TKQK rivojlanish xavfi 2 marotabadan ko‘proq oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: atonik TKQK davolashga ketadigan xarajatlarni 1,8 baravar kamaytirish orqali, ya’ni 17 nafar bemor ayollarda 13600000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashga erishildi. Xulosa: NOS1 (G-84A) + NOS3 (C786T) + IL1b (-31T/C) genlarining o‘zaro ta’sir etish birikmasini tahlil qilish natijasida ushbu genlarning funksional jihatdan noqulay genotipik variantlari va ayollarda TKQKning rivojlanish xavfi o‘rtasida muayyan sinergizmning mavjudligi aniqlangan va natijada 1 bemor uchun 800000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan;
beshinchi ilmiy yangilik: ayollarda FGB genining noqulay AA genotipi mavjudligi natijasida tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketish xavfi 4 baravarga oshishi (χ2=3.1; r=0.1; OR=4.2; 95%CI: 1.153-4.994) va uning yuqori xavf markeri ekanligi isbotlangan. Ushbu natijalar “Tug‘ruqdan keyingi qon ketishida ayollarda fibrinogen genining polimorfik variantining diagnostik ahamiyati” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining tomonidan 2024-yil 25-martdagi 03-24/292-t-son bilan tasdiqlangan. Hamda RIOvaBSIATM Xorazm filiali (01.04.2024 yildagi 70I-sonli buyruq), RIOvaBSIATM Samarqand filiali (01.04.2024 yildagi 267-sonli buyruq) va Respublika Perinatal markazi (18.05.2024 yildagi 127-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (SSVning 2024 yil 25 martdagi 03-24/264t - sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: dominant G/G genotipi himoya xususiyatlarini namoyon etishi, FGB genida 455G-A polimorfizmining G/A geterozigotali genotipining mavjudligi esa tendensiya darajasida tug‘ruqdan keyin qon yo‘qotish xavfining 2,8 baravar oshishi bilan bog‘liqligi mavjud. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 455G/A fibrinogen genining polimorfizmi ayollarda tug‘ruqdan keyingi qon ketish xavfining 2,8 baravar oshishi bilan bog‘liq. Xavfni aniqroq ravishda aniqlash, davolashga individual yondashuv asoratlarni davolashga ketadigan xarajatlarni 3,8 baravar va 18 bemorlarda davolash uchun ketadigan xarajatlarni 12600000 so‘m kamaytirishga imkon berdi. Xulosa: tug‘ruqdan keyingi qon ketishini oldini olish uchun -455G/A fibrinogen genining polimorfizmini o‘rganish uzoq muddatli istiqbolda sezilarli iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘ldi va 1 bemor uchun 700000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan;
oltinchi ilmiy yangilik: tug‘ruqdan keyingi atonik qon ketish etiopatogenezi bilan OXTR genining A/b genotipi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash natijasida OXTR genining A/b mutatsiyasi deteksiyasini aniqlash usulining samaradorligi isbotlangan. RIOvaBSITAM Xorazm filiali (01.04.2024 yildagi 70I-sonli buyruq), RIOvaBSITAM Samarqand filiali (01.04.2024 yildagi 267-sonli buyruq) va Respublika Perinatal markazi (18.05.2024 yildagi 127-sonli buyruq) amaliyotida joriy etilgan (SSVning 2024 yil 25 martdagi 03-24/264t - sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: TKQKga genetik moyillikni aniqlaydigan OXTR genining ushbu mutatsiyasini aniqlashga imkon beradigan test-tizimining samarali varianti yaratildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sekvenlashga qaraganda PSR usuli bilan aniqlash mehnat mashaqqatlarini 1,6 baravarga kamaytiradi va tahlil tannarxini 2600000 so‘mga pasaytiradi. TKQKni oldini olish maqsadida OXTR genining aniqlash usuli 18 bemorlarda davolash uchun ketadigan xarajatlarni 10800000 so‘m kamayishi, shuningdek o‘rin-kunlar sonining 1,8 marotaba kamayishi 9000000 so‘m hisobiga byudjet mablag‘larining tejalishiga erishildi. Xulosa: OXTR genining A/b geterozigotali genotipi ayollarda TKQK patogenezida muayyan rol o‘ynaydi va xarajatlarning har bir bemor uchun 1100000 so‘mga kamayishi iqtisod qilish imkonini bergan.