Naimova Shohida Anvarovnaing
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artrit surunkali buyrak kasalliklari bilan komorbid kechganda kamqonlik rivojlanishining patogenetik jixatlari va davoni takomillashtirish”, 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya; 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1085.
Ilmiy maslahatchilar: Boltaev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Babajanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamatov Saginali Murzaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: revmatoid artrit surunkali buyrak kasalliklari bilan komorbid kechganda kamqonlik rivojlanishining patogenetik jihatlari va davoni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoidli  bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalliklari tarqalishi va klinik kechish bosqichi ushbu bemorlaning kamqonlik darajasi va patogenetik xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan;
revmatoid artrit va surunkali buyrak kasalliklari komorbidligida kechayotgan bemorlardagi kamqonlik rivojlanishida yallig‘lanish sikokinlaridan VEGF, TNF-α, IL-1, IL-6 va yallig‘lanishga qarshi sitokinlari IL-4, IL-10 orasidagi korrelyasion bog‘liqliklarni o‘rganish asosida ularning patogenetik ahamiyati aniqlangan;
RA va SBK komorbidligida kamqonligida rivojlangan kamqonlikni  qiyosiy tashxislashda gepsidin va eruvchan transferrin reseptorlarining patogenetik va diagnostik ahamiyati isbotlangan;
bazisli davo negizida gen-injeneriyali biologik, eritropoetinni stimullovchi dorilar va temir preparatlarining kombinatsiyasi asosida revmatoid artrit va surunkali buyrak kasalliklaridagi kamqonlikni davolashdagi samaradorligi baholanib, bu yondoshuvning patogenetik ta’sir mexanizmi isbotlangan;
ko‘p bosqichli statistik tahlil asosida revmatoid artrit va surunkali buyrak kasalliklari komorbid kechayotgan bemorlarda kamqonlikni patogenetik tashxislash va davolashning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Revmatoid artrit surunkali buyrak kasalliklari bilan komorbid kechganda kamqonlik rivojlanishining patogenetik jixatlari va davoni takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/105-son xulosasi olingan.   
birinchi ilmiy yangilik. revmatoidli  bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalliklari tarqalishi va klinik kechish bosqichi ushbu bemorlaning kamqonlik darajasi va patogenetik xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan.  Ijtimoiy samaradorligi: revmatoidli artrit va surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda kamqonlik rivojlanishi darajalari va unga olib keluvchi xavf omillarini o‘rganish kamqonlikni erta aniqlash orqali asosiy kasallik kechishi darajasi og‘irlashishi va patogenetik davo samaradorligini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: RA mavjud bemorlarda SBK ni aniklash va komorbid holatda kamqonlik davosiga patogenetik yondashuv natijasida bemorlarning statsionar davo muddati qisqarishiga olib keladi.  Taklif qilingan tashxisot usullarini qo‘llash asosida har bir bemorga byudjet mablag‘lari hisobigan 241200 so‘m iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: Olingan natijalarga asoslanib an’anaviy usullardan tashqari anemiya turlarini differensial tashxislovchi qo‘shimcha markerlarini aniqlash natijasida 2677200 sum bir bemor uchun iqtisodiy, bemorlar kasallik oqibati va asoratiga ta’siri natijasida hayot sifatni yaxshilash, ishga yaroqlilik ko‘rsatkichini oshirish  kabi ijtimoiy samaraga erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit va surunkali buyrak kasalliklari komorbidligida kechayotgan bemorlardagi kamqonlik rivojlanishida yallig‘lanish sikokinlaridan VEGF, TNF-α, IL-1, IL-6 va yallig‘lanishga qarshi sitokinlari IL-4, IL-10 orasidagi korrelyasion bog‘liqliklarni o‘rganish asosida ularning patogenetik ahamiyati  baholangan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yallig‘lanishning kamqonlikning rivojlanishidagi rolini tasdiqlash shifokorlarning e’tiborini kamqonlikning oldini olish va davolash uchun yallig‘lanish jarayonlarini nazorat qilish muhimligiga qaratdi. Ushbu bilim yallig‘lanish bosqichini hisobga olgan holda mavjud davolash protokollarini takomillashtirishgan. Iqtisodiy samaradorligi: mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa laborator tahlillar soni  2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 3960000  so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Yallig‘lanishga qarshi sitokinlar  va gepsidin darajalari o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyasiya  aniqlanib, temir disregulyasiyasi va kamqonlik rivojlanishida surunkali yallig‘lanishning asosiy rolini tasdiqladi. Gepsidin va transferrin eruvchi reseptorining kombinatsiyasi qo‘shimcha temir preparati zarurligini aniqroq bashorat qilishi aniqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: RA va SBK komorbidligida kamqonligida rivojlangan kamqonlikni  qiyosiy tashxislashda gepsidin va eruvchan transferrin reseptorlarining patogenetik va diagnostik ahamiyati isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi:  RA va SBK komorbidligi mavjud bemorlarda kamqonlik rivojlanishi mul`tifaktorli xususiyatga ega bo‘lib, uning tashxisotida gepsidin va transferrinning eruvchi reseptorilarini qo‘llash patogenetik yondoshuv samaradorligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: RA va SBK komorbidlikka kechganda kamqonlik tashxisotiga  patogenetik  yondashuv asosida xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1151300  so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Olingan ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi revmatoidli artrit va surukli buyrak kasalliklari erta klinik bosqichlari bemorlari orasida kamqonlikni erta tashxislash aniqligini oshirishda, asoratlarni kamaytirishga, tibbiyot xodimlarining RA bemorlarda surunkali buyrak kasalligi va kamqonlikning xavf omillarini aniqlashga, hamda davolash ko‘nikmalarini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bazisli davo negizida gen-injeneriyali biologik, eritropoetinni stimullovchi dorilar va temir preparatlarining kombinatsiyasi asosida revmatoid artrit va surunkali buyrak kasalliklaridagi kamqonlikni davolashdagi samaradorligi baholanib, bu yondoshuvning patogenetik ta’sir mexanizmi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: RA bilan og‘rigan bemorlarda SBK tarqalishi va klinik kechish bosqichi ushbu bemorlaning kamqonlik darajasi va patogenetik xususiyatlariga bog‘liqligi, bemorlarda anemiya rivojlanishi patogenezida proyallig‘lanish (VEGF, O‘NO-α, IL-1, IL-6,), yallig‘lanishga qarshi sitokinlari (IL-4, IL-10) va gepsidin orasida kuchli korrelyasion bog‘liqliklar, RA va SBK komorbidligidagi kamqonlikning qiyosiy tashxisotida gepsidin, eruvchan transferrin reseptorlari va ferritin kabi laborator markyorlar ahamiyati baholanib, patogenetik davo samaradorligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionar murojaati 1,5 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa laborator tahlillar soni  2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 627000 so‘m, byudjetdan tashqari 208000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan   835000 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: ko‘p bosqichli statistik tahlil asosida revmatoid artrit va surunkali buyrak kasalliklari komorbid kechayotgan bemorlarda kamqonlikni patogenetik tashxislash va davolashning pog‘onali mezonlari ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit tufayli surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash uchun ko‘p bosqichli statistik tahlil asosida pog‘onali mezonlar, yallig‘lanish bosqichini hisobga olgan holda mavjud davolash protokollarini takomillashtirishi, yallig‘lanishli anemiya va temir tanqisligi kamqonligi o‘rtasidagi gepsidin darajasi va boshqa belgilar asosida farqlash asosida   maqsadli tashxislashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy samaradorligi revmatoid artrit va surunkali buyrak kasalliklari komorbid kechayotgan bemorlarda kamqonlikni patogenetik tashxislash va davolashning pog‘onali mezonlarini qo‘llash orqali kamqonlikni davolashga patogenetik yondashuv asosida davo preparatlarining qo‘llanish  soni kamayishi hisobidan xar bir bemor hisobiga byudjet mablag‘lardan 412200 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 618900 so‘m  iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: taklif etilgan terapiya kamqonlikni davolash  samaradorligini oshirish va temir qo‘shimchalarini keraksiz tavsiya berish holatlarini kamaytirish, gen-injeneriyali biologik preparatlarning eritropoetinlar va temir bilan davolash kombinatsiyasi standart terapiyaga yomon javob bergan bemorlar uchun samara berganligi bilan shaxsiylashtirilgan davolashga asos solinishi gemoglobin darajasining oshishi va yallig‘lanish belgilarining pasayishi hamda  bemorlarning umumiy salomatligi va hayot sifatini yaxshilash  bilan izohlanadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish