Yakubjonova Shoxsanam Toshkanboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agroturizmning tabiiy geografik jihatlari (O‘zbekiston misolida)», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/G27.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bahritdinov Baxodir Arifovich, geografiya fanlari doktori, professor; Shamuratova Nigora Taxirovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agroturizmning tabiiy geografik jihatlarini aniqlash va agroturistik ob’ektlardan oqilona foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika hududi agrolandshaftlarning tabiiy geografik sharoiti ko‘rsatkichlari baholangan holda agroturizm nuqtai nazaridan «juda qulay», «qulay», «kam qulay», «qulay emas» agroturistik rayonlarga ajratilgan;
ilk bor respublika geokomplekslarining agroturistik ob’ektlari va marshrutlarini aks ettirgan «O‘zbekiston Respublikasining agroturistik rayonlari» kartasi ishlab chiqilgan;
agroturlarni aniqlash va marshrutlarni ishlab chiqish qoidalari agroturistik ob’ektlardan foydalanishning mavsumiy davomiyligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
respublikaning tog‘, tog‘ oldi, tekislik, botiqlaridagi geokomplekslarida agroturistik faoliyatni tashkil etishning hududiy tafovutlari va agroturistik marshrutlarning fasliy o‘zgarish yo‘nalishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agroturizmning tabiiy geografik jihatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublikamiz geokomplekslarining agroturistik imkoniyatlarini juda qulay, qulay, kam qulay, qulay emas darajalarga ajratib baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 04-22/5660-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamiz hududlariningagroturistik ob’ektlari va ulardan foydalanish imkoniyatini aniqlashga xizmat qilgan;
respublikamiz hududini agroturistik rayonlashtirish va ulardagi agroturistik ob’ektlar va marshrutlarni aks ettirgan «O‘zbekiston Respublikasining agroturistik rayonlari» kartasiO‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 04-22/5660-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamiz hududlarida agroturizmni turli yo‘nalishlarda va mavsumiy tashkil etishga xizmat qilgan;
agroturizmda turlarni aniqlash va marshrutlarni ishlab chiqish qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 25 sentyabrdagi04-22/5660-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi turistik yo‘nalishlar va marshrutlar ishlab chiqishga, respublikamizning turistik salohiyatidan foydalanishni yaxshilashga xizmat qilgan.
agroturizmning hududiy farqlari va davriy o‘zgarishlari xususiyatlarining respublikamiz hududiy xususiyatlari «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish» nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (24.08.2017 y., 603-son guvohnoma). Natijada bakalavriat talabalariga agroturizmning hududiylik, davriylik jihatlarini o‘rganishga, geokomplekslarning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga, o‘qitish sifatini oshirishga imkon bergan.