Imamnazarov Erkin Dexkanalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorgarligini raqamli texnologiya vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped2134.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Choriev Ro‘zimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov A’zam Anvarovich, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish imkoniyatlari ta’limni raqamlashtirishning strategik talablari (raqamli universitet, raqamli servis, infratuzilmalarni modernizatsiyalash, Moodle, Ilias, e-learning) va didaktik elementlari (o‘quv-metodik, moddiy-texnik ta’minoti)ning ustuvorlik xususiyatlarga ko‘ra psixologik-pedagogik, ilmiy texnik jihatlar asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy tayyorgarlik bosqichlari (motivatsion, faollashtiruvchi, asosiy, umumlashtiruvchi)ni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar vositasida  rivojlantirish modeli raqamli ta’lim muhitni tashkil etishning kompyuterli loyihalash funksiyalarini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, bosqichlari va o‘quv-metodik ta’minoti (“Elektronika va sxemotexnika” fanidan darslk, “Elektronika va sxemotexnika fanidan virtual tajriba ishi, masala va mashqlar to‘plami”, multimediali EO‘MM, topshiriqlar tizimi) ni hamda raqamli ta’lim texnologiyalari (mobil, sinxron, asinxron, aralash ta’lim, geymifikasiya)ni kompleks qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy tayyorgarlik tuzilmasi va ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatiga mos raqamli ta’lim texnologiyalarini tanlash asosida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish darajalarini tashxislash vositalari (testlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari), mezonlari (reproduktiv, produktiv va ijodiy) va ko‘rsatkichlarini kompleks qo‘llash tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish imkoniyatlarini ta’limni raqamlashtirishning strategik talablari (Moodle, Ilias, e-learning) va didaktik elementlari (o‘quv-metodik, moddiy-texnik ta’minoti) ning ustuvorlik xususiyatlariga ko‘ra aniqlashtirish, kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish bosqichlari (motivasion, faollashtiruvchi, asosiy, umumlashtiruvchi) mazmunini “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikasiya tizimlari” ta’lim yo‘nalishlari DS, malaka talablari, kasbiy faoliyat sohalari, o‘quv fanlarining namunaviy va ishchi dasturlarining ko‘p mezonli tahlili asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil
16 avgustdagi 365-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan mazkur ta’lim yo‘nalishlari DSlari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 27 oktyabrdagi 4/17-4/4-7707-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan kasbiy ta’lim mazmunini modernizasiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish bosqichlari modelini metodologik yondashuvlar (komponentli, texnologik, faoliyatli) va raqamli ta’lim muhitini tashkil etish funksiyalari kompyuterli loyihalash, modellashtirishni ta’minlash asosida ishlab chiqarish jarayonini raqamlashtirish va avtomatlashtirish sohasidagi kasbiy faoliyatda ustuvor ahamiyatga ega kasbiy kompetensiyalarga tayangan holda takomillashtirishga oid takliflardan Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq №PZ-20170930223 “Aholining barcha qatlamini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan masofaviy kursni tashkil etish uchun milliy elektron ta’lim platformasini yaratish” (2022-2023 yy.) mavzusidagi va Termiz davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga asosan Evropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi bo‘yicha 617309-ERR-1-2020-1ERRKA2-SVNE-JP “TRIGGER – triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creatingconditions for graduat’s employability in Central Asia”(2019-2022 yy) mavzusidagi amaliy loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2023 yil 20 sentyabrdagi 03/12/4015-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning amaliy kasbiy tayyorgarligi, raqamli texnologiyalarga oid tushunchalari, tabiiy-ilmiy, texnik bilim va ko‘nikmalari rivojlangan;
kasbiy tayyorgarlikning ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatiga mos raqamli ta’lim texnologiyalari (mobil, sinxron, asinxron, aralash ta’lim, geymifikasiya) asosida rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, bosqichlari va o‘quv-metodik ta’minoti (“Elektronika va sxemotexnika” fanidan darslik, “Elektronika va sxemotexnika fanidan virtual tajriba ishi, masala va topshiriqlar to‘plami”, multimediali EO‘MM, topshiriqlar tizimi), tayyorgarlik darajalarini tashxislash vositalari, mezonlari (reproduktiv, produktiv, ijodiy) va ko‘rsatkichlari tizimi Namangan muhandislik-qurilish instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va asbobsozlik (elektron sanoati)” ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining  2023 yil 27 oktyabrdagi 4/17-4/4-7707-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligi rivojlangan va ta’lim mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish