Karimov Ravshanbek Rizomatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5030.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ta’limni tashkil qilishning boshqaruv, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik, tashkiliy-pedagogik komponentlarini uslubiy-didaktik ta’minot nuqtai nazaridan mazmunan rivojlantirish hamda ijtimoiy-pedagogik kompetentlik talablariga izchil moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning lingvodidaktik modeli tashkiliy-funksional elementlarni maqsad, mazmun, texnologik-jarayon, baholovchi-natijaviy komponentlarga uzviylik, metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar orqali gorizontal va vertical integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan ta’lim jarayonini differensiyalash, individuallashtirish, klasterlash, modellashtirish hamda metodik apparatni dasturiy apparartga mazmunan tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mezonlari reproduktiv, izlanuvchi, ijodiy darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv bosqichlarga fan  dasturi mazmunini takomillshtirish nuqtai nazaridan moslashtirish hamda ta’lim jarayonini metodik va didaktik asoslarga ko‘ra mobillashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
ta’limni tashkil qilishning boshqaruv, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik, tashkiliy-pedagogik komponentlarini uslubiy-didaktik ta’minot nuqtai nazaridan mazmunan rivojlantirish hamda ijtimoiy-pedagogik kompetentlik talablariga izchil moslashtirish asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlariga oid takliflar “Pedagogik kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsilar vazirligining 2023-yil 26-noyabr 49-sonli o‘quv nashrining ruxsatnomasi №491219). Ushbu darslik talabalarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
tashkiliy-funksional elementlarni maqsad, mazmun, texnologik-jarayon, baholovchi-natijaviy komponentlarga uzviylik, metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar orqali gorizontal va vertical integratsiyalash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning lingvodidaktik modeliga doir takliflar OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021y) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-2000-2005-son ma’lumotnomasi). Ushbu model talabalarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlanishiga xizmat qilgan;
ona tili o‘qitish metodikasi fanidan ta’lim jarayonini differensiyalash, individuallashtirish, klasterlash, modellashtirish hamda metodik apparatni dasturiy apparartga mazmunan tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan  bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi, reproduktiv, izlanuvchi, ijodiy darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv bosqichlarga fan  dasturi mazmunini takomillshtirish nuqtai nazaridan moslashtirish hamda ta’lim jarayonini metodik va didaktik asoslarga ko‘ra mobillashtirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarida ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mezonlariga doir takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 491-sonli buyrug ’iga asosan № 491249). Ushbu darslik talabalarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga hamda ijtimoiy-gumanitar ta’lim sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish