Sulaymonova Sevaraxon Bahodirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Topshiriqlarni mustaqil bajarishda talabalarda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Rangtasvir” va “Qalamtasvir” o‘quv fanlari misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6554.
Ilmiy rahbar: Saydaliev Saidkarim Saydinabievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xadjimetov Begzod Bahadirovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: talabalarda tasviriy san’at fanlaridan topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasviriy san’atda perspektivaga amal qilish metodikasini takomillashtirishning pedagogik mazmuni tasviriy san’at fanini o‘qitishning ijtimoiy-taʼlimiy zarurati, nazariya va taʼlim amaliyoti, estetik ta’sir, kontekstual yondashuv, interaktivlik determinantlarining multidisiplinar yondashuv integratsiyasiga muvofiq kreativ ta’lim metodlari orqali moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda tasviriy san’atdan topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektiva qonuniyatlari asosida tasvirlashning badiiy tafakkur, estetik did, tasviriy savodxonlik, idrok etish va baholash kabi spesifik kompetensiyalarini shakllantirish amaliy faoliyatga oid kompetentlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy faoliyatli, refleksiv-baholash komponentarini qo‘llash mehanizmini joriy etish orqali rivojlantirilgan;
talabalarning mustaqil ishlarni bajarishda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modeli talabalarning ta’lim jarayonini tashkil qilish mazmunini an’anaviy va zamonaviy raqamli vositalarda diagnostik baholash darajalariga muvofiq ergonomik talablar tamoyili asosida tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan;
topshiriqlarni mustaqil bajarishda talabalarda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan mustaqil ish yo‘riqnomalari hamda o‘quv-didaktik ta’minotini qo‘llashning imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Topshiriqlarni mustaqil bajarishda talabalarda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
tasviriy san’atda perspektivaga amal qilish metodikasini takomillashtirishning pedagogik mazmuni tasviriy san’at fanini o‘qitishning ijtimoiy-taʼlimiy zarurati, nazariya va taʼlim amaliyoti, estetik ta’sir, kontekstual yondashuv, interaktivlik determinantlarining multidisiplinar yondashuv integratsiyasiga muvofiq kreativ ta’lim metodlari orqali moslashtirishga oid takliflardan №PZ-20170930223 “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 01-589-son ma’lumotnomasi). Natijada tasviriy san’at fanlaridan topshiriqlarni mustaqil bajarishda talabalarda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashga erishilgan;
talabalarda tasviriy san’atdan topshiriqlarni mustaqil bajarishda perspektiva qonuniyatlari asosida tasvirlashning badiiy tafakkur, estetik did, tasviriy savodxonlik, idrok etish va baholash kabi spesifik kompetensiyalarini shakllantirish amaliy faoliyatga oid kompetentlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy faoliyatli, refleksiv-baholash komponentarini qo‘llash mehanizmini joriy etishga oid takliflar №PZ-2020010829 “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 29 maydagi 04/11-4686-son ma’lumotnomasi). Natijada topshiriqlarni mustaqil bajarishda talabalarni rangtasvir va qalamtasvirda perspektiva qonuniyatlariga amal qilishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish asosida ijodiy ishlar samaradorligi ko‘rsatgichlari oshgan;
talabalarning mustaqil ishlarni bajarishda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modeli talabalarning ta’lim jarayonini tashkil qilish mazmunini an’anaviy va zamonaviy raqamli vositalarda diagnostik baholash darajalariga muvofiq ergonomik talablar tamoyili asosida tizimlashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalardan №PZ-20170930223 “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 01-589-son ma’lumotnomasi). Natijada topshiriqlarni mustaqil bajarishda badiiy oliy pedagogik ta’lim tizimida o‘qitiladigan rangtasvir va qalamtasvir fanlarining mazmuni va metodikasini takomillashtirishda perspektiva qonuniyatlarining didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish va zamonaviy raqamli vositalarda talabalar bilimini diagnostik baholashga imkoniyat yaratilgan;
topshiriqlarni mustaqil bajarishda talabalarda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan mustaqil ish yo‘riqnomalari hamda o‘quv-didaktik ta’minoti, fanlar bo‘yicha axborotlar bazasi, o‘qitishning interfaol texnologiyalaridan №PZ-2020010829 “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi loyihani bjarishda keng qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 29 maydagi 04/11-4686-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning qalamtasvir va rangtasvir fanlaridan topshiriqlarni mustaqil ijodiy bajarishda perspektiva qonuniyatlaridan foydalanish kompeteniyalari rivojlantirilgan.