Jabborov Erkin Xollievichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq miniatyura san’ati vositasida talabalar kompozision kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5024.
Ilmiy rahbar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.   
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Komil Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Raxmatullaeva Asalxon Gayratovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi miniatyura san’ati vositasida tasviriy san’at ixtisosligi yo‘nalishi talabalarining kompozision kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sharq miniatyura san’ati vositasida talabalar kompozision kompetentligini shakllantirish ilmiylik tamoyili, ko‘rgazmalilik tamoyili, onglilik tamoyili, ketma-ket bayon etish tamoyillari orqali badiiy-estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni adekvat idrok etishi kasbiy identiklik asosida  aniqlashtirilgan;
talabalar kompozision kompetentligini sharq miniatyura san’ati vositasida shakllantirish metodikasi, “Kompozisiya”  fanini zamonaviy didaktik ta’minotlar va pedagogik texnologiyalar (“Individual tadqiqot topshiriqlari”, “FIRST” texnologiyasi, “Interactive Art Critique Session”, “Munozara”, “Debat”, “Ajurli arra”, “Tanqidiy fikrlash”) orqali o‘qitish asosida takomillashtirilgan;
talabalar kompozision kompetentligini shakllantirishda miniatyura san’atidan foydalanishning metodik modeli maqsad, mazmun, funksional, diagnostik modullar komponentlari hamda aniqlovchi, shakllantiruvchi, tekshirish bosqichlari integratsiyasida baholashning mezonlari (asarlarni kompozision tahlil qila olish, tasviriy san’at vositalari orqali kompozisiya yarata olish, refleksiya-o‘zi yaratgan kompozisiyani tahlil qila bilish, takomillashtira olish)ga muvofiq tamoyillar va yondashuvlar asosida tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan;
sharq miniatyura san’ati vositasida talabalar kompozision kompetentligini shakllantirish jarayoni kompozisiya elementlarini mazmuniga ko‘ra variatsiyalash, kontrast, ritm, perspektivaga doir manbalarni murakkabligiga ko‘ra tasniflash va kompozisiyaga oid komponentlarni tasviriy san’atning oltin kesim qoidasiga muvofiq kompozisiya qonuniyatlarini o‘rganishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kompozision kompetentligini miniatyura asarlari vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
sharq miniatyura san’ati vositasida talabalar kompozision kompetentligini shakllantirish ilmiylik tamoyili, ko‘rgazmalilik tamoyili, onglilik tamoyili, ketma-ket bayon etish tamoyillari orqali badiiy-estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni adekvat idrok etishi kasbiy identiklik asosida  aniqlashtirilganligiga oid takliflar “Rangtasvir va kompozisiya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-192-sonli nashr guvohnomasi).  Natijada, talabalarga tasviriy san’at kompozisiyasi haqida keng nazariy bilim berish orqali estetik badiiy bilimlarni bilish, uning qonuniyatlari, usullari haqida ma’lumotlar berish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalar kompozision kompetentligini sharq miniatyura san’ati vositasida shakllantirish metodikasi, “Kompozisiya”  fanini zamonaviy didaktik ta’minotlar va “Individual tadqiqot topshiriqlari”, “FIRST” texnologiyasi, “Interactive Art Critique Session”, “Munozara”, “Debat”, “Ajurli arra”, “Tanqidiy fikrlash” kabi pedagogik texnologiyalar orqali o‘qitish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Kompozisiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-son buyrug‘i asosida berilgan 133-043-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, tasviriy san’at ixtisosligi talabalariga kompozisiya fanini o‘qitish jarayonining mazmunan takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
talabalar kompozision kompetentligini shakllantirishda miniatyura san’atidan foydalanishning metodik modeli maqsad, mazmun, funksional, diagnostik modullar komponentlari hamda aniqlovchi, shakllantiruvchi, tekshirish bosqichlari integratsiyasida baholashning mezonlari (Asarlarni kompozision tahlil qila olish, tasviriy san’at vositalari orqali kompozisiya yarata olish, refleksiya-o‘zi yaratgan kompozisiyani tahlil qila bilish, takomillashtira olish)ga muvofiq tamoyillar va yondashuvlar asosida tizimlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Rangshunoslik va kompozisiya asoslari” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 31-maydagi 1101-son buyrug‘i asosida berilgan 1101-3-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarga kompozision kompetentligini shakllantirishda faollashtiruvchi motivatsion vosita bo‘lib xizmat qilgan;
sharq miniatyura san’ati vositasida talabalar kompozision kompetentligini shakllantirish jarayoni kompozisiya elementlarini mazmuniga ko‘ra variatsiyalash, kontrast, ritm, perspektivaga doir manbalarni murakkabligiga ko‘ra tasniflash va kompozisiyaga oid komponentlarni tasviriy san’atning oltin kesim qoidasiga muvofiq kompozisiya qonuniyatlarini o‘rganishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalari “Rangtasvir va kompozisiya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-192-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarga kompozisiya kompetentlikni rivojlantirishda  nazariy, amaliy va ijodiy tayyorgarlik jarayonini integratsiya asosida takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish