Nurullaev Usmon Allaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5092.
Ilmiy rahbar: Daminov Oybek Olimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Najmiddinova Yoqutxon Ruxiddinovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muammoli ta’lim asosida talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muammolarning innovatsion echimlarini topish jarayonida muammoli ta’limning asosiy vazifalari asosida muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishning tarkibiy komponent (texnologik, muhandislik, tadqiqotchilik, loyihalashtirish)lari vositasida talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmasi ishlab shiqilgan;
muammoli ta’limning mohiyati, asosiy xususiyati va vazifalari, uni o‘quv jarayoniga joriy etishning zarurligini inobatga olgan holda muammoli topshiriqlarni bajarishga qaratilgan veb sayt orqali talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va modeli ishlab shiqilgan;
ixtisoslik fanlarini muammoli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish uchun yangicha tizimli fikrlash va yondashuvlar asosida muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan (Engineers ACTP, Muammoli vaziyat, “Sase-Study” texnologiyasi, Dumaloq stol) kabi interfaol metodlar uordamida takomillashtrilgan;
umumiy pedagogik tajribalar va ijodiy kasbiy topshiriqlarni muammoli ta’lim vositalari yordamida talabalarda muhandislik kompetensiyalarning rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, kreativ) optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
muammolarning innovatsion echimlarini topish jarayonida muhandislik kompyuter ixtisoslik vositasida talabalarda muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishning bosqichlari va texnologik, muhandislik, tadqiqotchilik, loyihalashtirish kabi tarkibiy komponentlari “Ichki yonuv dvigatellarining ish jarayonlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘idagi №232-450 raqamli guvohnomasi). Natijada “Ichki yonuv dvigatellarining ish jarayonlari” fani orqali talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
muammoli ta’limning mohiyati, asosiy xususiyati va vazifalari, uni o‘quv jarayoniga joriy etishning zarurligini inobatga olgan holda muammoli topshiriqlarni bajarishga qaratilgan veb sayt orqali talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishning modeli va pedagogik shart-sharoitlari ta’minlashga qaratilgan Jizzax politexnika instituti va Jizzax shahar hokimligi o‘rtasida tuzilgan 2020-yil 10-iyundagi 32-sonli “Jizzax shahrining transport modelini rivojlantirish bo‘yicha muhandislik xizmatlarini ko‘rsatish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan (Jizzax politexnika institutining 2024-yil 21-oktyabrdagi 01-2448-2435-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga hizmat qilgan;
ixtisoslik fanlarini muammoli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish uchun yangicha tizimli fikrlash va yondashuvlar asosida muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan (Engineers ACTP, Muammoli vaziyat, “Sase-Study” texnologiyasi, Dumaloq stol) kabi interfaol metodlar uordamida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Ichki yonuv dvigatellari” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘idagi 232-451 raqamli guvohnomasi). Mazkur guvohnoma talabalarning muhandislik topshiriqlarni mustaqil ravishda muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.