Teshabaeva Oygul Fazliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.PhD/Ped1131.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Arslanova Madina Mansurovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik algoritmlashning kognitiv-faoliyatli va refleksiv komponentlarining yaxlit kombinatsiyasini tasniflash hamda qayta aloqani ta’minlovchi pedagogik sharoitlar majmuini belgilovchi subekt-subekt integratsiyasining mazmunini baholash asosida aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli maxsus o‘z-o‘zini anglash, namoyon etish va nazorat qilish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan refleksiyani shakllantirish hamda mustaqil o‘quv faoliyatining didaktik-tekislik va dialogik o‘zaro ta’sirini didaktik sintez natijalarining mazmuniga inidentiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentligini   rivojlantirish texnologiyasi jarayon subektlarining ijodiy hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan “Refleksiv-intellektual tashhis”, “Refleksiv identifikatsiya”, “O‘z-o‘zini baholash”, “Refleksiv konstruksiyalash”, “Refleksiv faollashtirish”, “Refleksiv rekognossirovka” texnologiyalar integrativ elementlarini yaxlitlash hamda prognostik loyihalashga vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy  kompetentligini  rivojlantirish samaradorligi refleksiv yondashuvning kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarning o‘zaro bogʻliqlik darajasini qiyosiy tashxislash imkonini beruvchi mezon-diagnostika pedagogik vositalarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak surdopedagoglarni metodik kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik algoritmlashning kognitiv-faoliyatli va refleksiv komponentlarining yaxlit kombinatsiyasini tasniflash hamda qayta aloqani ta’minlovchi pedagogik sharoitlar majmuini belgilovchi subekt-subekt integratsiyasining mazmunini tahlil qilish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosan nashr ruxsatnomasi). Natijada bu mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini tarkibiy tuzilmasini aniqlashtirish imkonini bergan;
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli maxsus o‘z-o‘zini anglash, namoyon etish va nazorat qilish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan refleksiyani shakllantirish hamda mustaqil o‘quv faoliyatining didaktik-tekislik va dialogik o‘zaro ta’sirini didaktik sintez natijalarining mazmuniga inidentiv moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosan nashr ruxsatnomasi). Natijada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini tashxislash imkonini yaratilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentligini   rivojlantirish texnologiyasi jarayon subektlarining ijodiy hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan “Refleksiv-intellektual tashhis”, “Refleksiv identifikatsiya”, “O‘z-o‘zini baholash”, “Refleksiv konstruksiyalash”, “Refleksiv faollashtirish”, “Refleksiv rekognossirovka” texnologiyalar integrativ elementlarini yaxlitlash hamda prognostik loyihalashga vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosan nashr ruxsatnomasi). Natijada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy mahoratini uzlyuksiz oshirib borish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy  kompetentligini  rivojlantirish samaradorligi refleksiv yondashuvning kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasini qiyosiy tashxislash imkonini beruvchi mezon-diagnostika pedagogik vositalarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Surdopedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosan nashr ruxsatnomasi). Natijada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish sifat darajasi takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish