Nuriddinova Diyora Isaqali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tli) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2116.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxslararo munosabat madaniyatini ona tili ta’limi jarayonida shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxslararo munosabat madaniyatining kognitiv (shaxs fenomeni, nutqiy etiket), affektiv (empatiya, shaxsiy qadriyatlarni hurmat qilish), konatativ (muloqotga kirishi ehtiyoji) tarkibiy asoslarini belgilash orqali motivatsion-ehtiyojli, emotsional, kognitiv, shaxsiy tajriba, ona tili va o‘qish savodxonligini o‘zlashtirish, qadriyatga yo‘nalganlik bosqichlari ichki va tashqi omillar ta’sirining barqarorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
ona tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning metodik imkoniyatlari shaxsiy, faoliyatga yo‘naltirilgan, sub’ektiv, interfaol yondashuvlar asosida nutqiy va etiket qoidalariga doir empatik va refleksiv ko‘nikmalarni tarkib toptirishning integral ta’sir darajasini kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
“ona tili ta’limi jarayonida o‘zaro birgalikdagi harakat” tushunchasiga ustuvorlik berish asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning didaktik modelini amaliy komponenti ona tili va o‘qish savodxonligi fani o‘quv dasturlarini shaxsiy-ahamiyatli mazmun bilan boyitish, sub’ekt rolini oshirish, darsda hamkorlik va dialogik muloqotni qaror toptirishning metodik shartlar bilan internal aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ona tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi dastlabki muhokama, rejalashtirish, tayyorgarlik ko‘rish, amalga oshirish, yakunlash, istiqbolni belgilash bosqichlariga muvofiq til o‘qitish metodlarining interfaol shakllar bilan ichki integratsiyasi intensivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirish texnologiyasi boʻyicha olingan natijalar asosida:
shaxslararo munosabat madaniyatining kognitiv, affektiv, konatativ tarkibiy asoslarini belgilash orqali motivatsion-ehtiyojli, emotsional, kognitiv, shaxsiy tajriba, ona tili va o‘qish savodxonligini o‘zlashtirish, qadriyatga yo‘nalganlik bosqichlarini ichki va tashqi omillar ta’sirining barqarorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirish, ona tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning metodik imkoniyatlarini shaxsiy, faoliyatga yo‘naltirilgan, sub’ektiv, interfaol yondashuvlar asosida nutqiy va etiket qoidalariga doir empatik va refleksiv ko‘nikmalarni tarkib toptirishning integral ta’sir darajasini kuchaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyada 2022-yil 6-oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishning 3-sonli bayoniga asosan Finliyandiya tajribasi asosida 1-4-sinf uchun darslik yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 9-avgustdagi 01/11-1/549-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlangʻich sinf oʻquvchilarida shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“ona tili ta’limi jarayonda o‘zaro birgalikdagi harakat” tushunchasiga ustuvorlik berish asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning didaktik modelini amaliy komponentini ona tili va o‘qish savodxonligi fani o‘quv dasturlarini shaxsiy-ahamiyatli mazmun bilan boyitish, sub’ekt rolini oshirish, darsda hamkorlik va dialogik muloqotni qaror toptirishning metodik shartlar bilan internal aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika ta’lim markazi va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Pandemiya sharoitida sifatli ta’lim sari birgalikda” nomli qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 9-avgustdagi 01/11-1/549-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini oʻquvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ona tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirishning jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasini dastlabki muhokama, rejalashtirish, tayyorgarlik ko‘rish, amalga oshirish, yakunlash, istiqbolni belgilash bosqichlariga muvofiq til o‘qitish metodlarining interfaol shakllar bilan ichki integratsiyasi intensivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyada 2022-yil 6-oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishning 3-sonli bayoniga asosan Finliyandiya tajribasi asosida 1-4-sinf uchun darslik yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 9-avgustdagi 01/11-1/549-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish