Urinova Nodira Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida  STEAM texnologiyasi asosida ingliz tilini o‘qitishning uslubiy asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Ped5170.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.                                                                    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Baxtixon Kuchkarbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;                                                                                                      Salieva Zuhra Taxirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.   
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini STEAM texnologiyasidan foydalanishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
boshlang‘ich ta’limda ingliz tili savodxonligini oshirish jarayonlari  STEAM texnologiyasi asosida shaxsning motivatsion, intellektual, emotsional rivojlanish sohalarini ijodiy izlanuvchan faoliyat bilan til bilish indikatorlarining bilish  darajasi barqarorligini ta’minlash omillari aniqlashtirigan;
ingliz tilini o‘rganishning nazariy, amaliy, metodik, didaktik, texnologik ko‘rsatkichlari, darajalari va xalqaro baholash mezonlari (PISA, TIMSS topshiriqlari) tarkibini baholashga yo‘naltirilgan talablarning (refleksiv baholash, o‘zlashtirgan bilimlarni amalda qo‘llash, ijodiy faoliyat tajribasini egallash) adaptivligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim talabalarida ingliz tilini o‘rganishda moslashuvchan va maxsus kompetensiyalarini shakllantirish modelining tashkiliy komponenti  talabalarda kreativlik, loyihalash, iqtidorni namoyon qilishga yo‘naltirilgan va talabalarning yosh-psixologik xususiyatlari hamda aniq maqsadga asoslanuvchi STEAM loyihalari asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan pragmatik(xarakatli) o‘quv muhiti identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ingliz tilini o‘qitishda amaliy va loyiha ishi, sinfdan tashqari mustaqil ish topshiriqlari STEAM ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etishning didaktik tizimi interaktiv topshiriqlar majmuini (elektron manbalar, IR texnologiyalar,  ijodiy izlanishli tajribalar,  ijodiy topshiriqlar)tabiiy ilmiy savodxonlikka qo‘yiladigan minimum talablar asosida loyihalashning variativligini qat’iy belgilash orqali ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini STEAM  texnologiyalari asosida o‘qitishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishining tahlil natijalari asosida:
boshlang‘ich ta’limda ingliz tili savodxonligini oshirish jarayonlari  STEAM texnologiyasi asosida shaxsning motivatsion, intellektual, emotsional rivojlanish sohalarini ijodiy izlanuvchan faoliyat bilan til bilish indikatorlarining bilish darajasi barqarorligini ta’minlash omillari “English for ESP studens (humanitarian faculty)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023  yil 29 maydagi 232 - raqamli guvohnomasi). Natijada, tadqiqot muammosi bo‘yicha STEAM texnologiyasi asosida talabalarning motivatsion, intellektual, emotsional rivojlanish darajalarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
ingliz tilini o‘rganishning nazairiy amaliy, didaktik, texnologik ko‘rsatkichlari  darajalari va xalqaro baholash mezonlari (PISA, TIMSS topshiriqlari) tarkibini  baholashga yo‘naltirilgan talabalarning (refleksiv baholash, o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘llash, ijodiy tajribasini egallash) adaptivligini ta’minlash jarayonlari “English for ESP studens (humanitarian faculty)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023  yil 29 maydagi 232 - raqamli guvohnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida STEAM texnologiyasi asosida xalqaro baholash mezonlarining afzalligi aniqlangan;
boshlang‘ich ta’lim talabalarida ingliz tilini o‘rganishda moslashuvchan va maxsus kompetensiyalarni shakllantirish modelining tashkiliy komponenti talabalarda  kreativlik, loyihalash, iqtidorni namoyon qilishga yo‘naltirilgan va talabalarning yosh – psixologik xususiyatlari hamda aniq maqsadga asoslanuvchi STEAM loyihalari asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan pragmatic (xarakatli) o‘quv muhiti identivligi “English for ESP studens (humanitarian faculty)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023  yil 29 maydagi 232 - raqamli guvohnomasi). Natijada, yaratilgan modelning komponentlari talabalarning kreativlikga yo‘naltirilgan texnologiyalari ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish