Abdullaeva Nigora Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tezaurus texnologiyasi asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi (tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7483.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jumanazarov Umid Umrzaqovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga xorijiy tilni o‘qitish jarayoni (ingliz tili misolida) tezaurus texnologiyasidan foydalanishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida subordinativ ikki tilli kontekstda ingliz tilidagi kasbiy muloqotni o‘qitish mazmunining lingvodidaktik hamda psixolingvistik imkoniyatlari tarkibiy qismlarining rivojlanganlik darajasi isbotlangan;
tezaurus ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda ingliz tilini o‘qitish modeli til bilish darajalarining faktorli tahlili hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarini aniqlashtirish zamonaviy bilimlarni intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini mutaxassislik hamda ingliz tili fanlari bilan boyitib borish texnologiyalari orqali takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga tezaurus ta’lim texnologiyasi orqali ingliz tilini o‘qitishni integratsion jarayonlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlardan foydalanish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
tizimli integrasiyalashgan yondashuv asosida xorijiy tildagi mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda kasbiy muloqotni o‘qitishni tashkil etishning funksional aspektlari didaktik texnologiyalar asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tezaurus texnologiyasi asosida talabalarga ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir tahliliy natijalari asosida:
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida subordinativ ikki tilli kontekstda ingliz tilidagi kasbiy muloqotni o‘qitish mazmunining lingvodidaktik hamda psixolingvistik imkoniyatlari tarkibiy qismlarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir takliflari “Practical English (for studens with Natural Sciences major)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 024-yil 25-iyundagi 218-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilini o‘rganishlarida kasbiy ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
tizimli integrasiyalashgan yondashuv asosida xorijiy tildagi mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda kasbiy muloqotni o‘qitishni tashkil etishning funksional aspektlari “Practical English (for studens with Natural Sciences major)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘rganishda talabalarning fanlararo integratsion tizimi didaktik texnologiyalar orqali yo‘lga qo‘yilgan;
tezaurus ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda ingliz tilini o‘qitish modeli til bilish darajalarining faktorli tahlili hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarini aniqlashtirish zamonaviy bilimlarni intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini mutaxassislik hamda ingliz tili fanlari bilan boyitib borish texnologiyalari “Practical English (for studens with Natural Sciences major)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilini til bilish indikatorlarida qo‘yilgan talablar asosida o‘rganganlik darajalarining dinamikasi ortgan.