Kayumov Oybek Achilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Interaktiv intellektual elektron  ta’lim resursini  yaratish va undan foydalanish metodikasi”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped.3272.
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy  universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratish va undan foydalanishning samaradorligini oshirishga qaratilgan metodikani  takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratish tarkibiy tuzilmasi zamonaviy talab va tamoyillarga asoslangan holda o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladigan adaptiv o‘qitish tizimlari, intellektual repetitor tizimlari, multimodal o‘qitish muhiti, gamifikatsiya, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili kabi zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘shish orqali ta’lim samaradorligini oshirish va uni qiziqarli, interaktiv hamda talabalarning individual ehtiyojlariga moslashgan arxitekturasini loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratish metodikasi sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili yordamida talabaning bilimini tahlil qilish, adaptiv o‘quv dasturi, adaptiv topshiriqlar va mashg‘ulotlarni avtomatlashtirish asosida murakkab topshiriqlarni bosqichma-bosqich soddalashtirish va avtomatik baholash tizimlarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonini optimallashtiradigan dasturiy vosita ishlab chiqish natijasida takomillashtirilgan;
interaktiv intellektual elektron ta’lim resursidan foydalanish metodikasi o‘qituvchi va talabaning ehtiyojlarini hisobga olib, bilim darajasini aniqlash, o‘quv jarayonini avtomatik boshqarish va baholash tizimlarini qo‘llash orqali ta’lim materiallarini dinamik tarzda joylashtirish, interaktiv topshiriqlar va testlarni avtomatik tekshirishga yo‘naltirilgan va o‘quv jarayonini samarali hamda individual tarzda tashkil etishning dinamik ketma-ketligining innovatsion integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
interaktiv intellektual elektron ta’lim resursining samaradorligini baholash mezonlari talabalarning bilim darajasi, qiziqishlari va ishtirokini kuzatish, faollikni aniqlash, o‘quv jarayonini samarali boshqarish va individual ehtiyojlarga moslashuvchanlikni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati beruvchi algoritmik fikrlash, dasturlash bo‘yicha samaradorlik, interaktiv ishtirok - o‘zaro hamkorlik va qayta aloqa - rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan Junior, Mid-Level va Senior darajalarini parametr va indikatorlarining miqdor va sifat aspektlari mazmunan optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratish va uni o‘quv jarayoniga qo‘llash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratishning zamonaviy talablari asosida sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahliliga tayangan holda o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, adaptivlashtirish, multimodal o‘qitish muhiti orqali talabalarning o‘quv ehtiyojlariga moslashtirish kabi tarkibiy tuzilmalari aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60540300 - Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha), 60540200 - Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Algoritmik tillar va dasturlash fanidan darslik 1-qism” nomli darslik yaratishda foydalanilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, 616541-raqamli guvohnoma). Natijada, interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratishning zamonaviy ta’lim talablariga javob beruvchi interaktiv va shaxsiylashtirilgan ta’lim tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili yordamida talabaning bilimini tahlil qilish, adaptiv o‘quv dasturi, adaptiv topshiriqlar va mashg‘ulotlarni avtomatlashtirish asosida murakkab topshiriqlarni bosqichma-bosqich soddalashtirish va avtomatik baholash tizimlarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonini optimallashtiradigan dasturiy vosita ishlab chiqish natijasida interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratish metodikasi takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60540200 - Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi uchun “Algoritmik tillar va dasturlash fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish ushun o‘quv qo‘llanma” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-458-raqamli guvohnoma). Natijada, interaktiv intellektual elektron ta’lim resursini yaratishda ta’lim beruvchilar va talabaning ehtiyojlarini hisobga olib, adaptiv o‘quv dasturi, adaptiv topshiriqlar va mashg‘ulotlarni avtomatlashtirish asosida murakkab topshiriqlarni bosqichma-bosqich soddalashtirish va avtomatik baholash tizimlarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonini optimallashtiradigan dasturiy vosita ishlab chiqishi jarayonini amalga oshirish ushun xizmat qiladi.
interaktiv intellektual elektron ta’lim resursidan foydalanishda o‘qituvchi va talabaning ehtiyojlarini hisobga olib, bilim darajasini aniqlash, o‘quv jarayonini avtomatik boshqarish va baholash tizimlarini qo‘llash orqali ta’lim materiallarini dinamik tarzda joylashtirish, interaktiv topshiriqlar va testlarni avtomatik tekshirishga yo‘naltirilgan va o‘quv jarayonini samarali hamda individual tarzda tashkil etishga imkonini beruvchi tashkiliy-loyihaviy va kreativ-metodik faoliyatini raqamli strategik maqsadlariga muvofiq insayt-kreativ, metodik-kreativ va innovatsion-refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning dinamik ketma-ketligining innovatsion integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60540300 - Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha), 60540200 - Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Algoritmik tillar va dasturlash fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish (Objest-oriented rrogramming) (2-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i, 314625-raqamli guvohnoma). Natijada, interaktiv intellektual elektron ta’lim resursidan foydalanishda o‘qituvchi va talabaning ehtiyojlarini hisobga olib, bilim darajasini aniqlash, o‘quv jarayonini avtomatik boshqarish va baholash tizimlarini qo‘llash orqali ta’lim materiallarini dinamik tarzda joylashtirish, interaktiv topshiriqlar va testlarni avtomatik tekshirishga yo‘naltirilgan va o‘quv jarayonini samarali hamda individual tarzda tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan holda taʼlim mazmuni singdirilgan hamda matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) va amaliy matematika bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari talabalarining bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalari oshirish ushun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish