Sayidiraximova Dilfuza Sayidmahamajanovnanning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qirg‘iz va o‘zbek tillarida adverbial leksemalarning sinxron-qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Ilmiy rahbar: Mirzahidova Miyasar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qirg‘iziston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi Gumanitar va mintaqaviy tadqiqotlar institutining janubiy filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor, Kurbanova Muhabbat Matyakubovna filologiya fanlari doktori, professor, Zulpukarov Kapar Zulpukarovich filologiya fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qirg‘iz va o‘zbek tillari materiallari asosida qirgʻiz va o‘zbek tillaridagi ravishlar ma’nosi, yasalish usullari, texnikasi, vositalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlabki turkiy yozma yodgorliklarda harakat sifatini ifodalovchi mustaqil va doimiy ma’noli so‘z turkumi bo‘lgan ravishlarning antik davrdan hozirgi davrgacha rivojlanish yo‘li ularning tarkibini miqdor va sifat jihatdan boyitilishi, yangi ma’no kasb etishi va qo‘llanish doirasining kengayishi, turli grammatik xususiyat va sifatlar bilan boyitilishi orqali yuz berganligi aniqlangan;
qirg‘iz va o‘zbek tillarida so‘zlarning ot, sifat va ravish kabi uchta omoleksemaga bo‘linishi ravish o‘zining sintaktik jihatiga ko‘ra (aniqlovchi, hol, predikat bo‘lishi) boshqa mustaqil so‘zlar bilan ko‘p umumiyliklarga ega, lekin ega yoki to‘ldiruvchi bo‘la olmasligi bilan ulardan farqlanishi asoslangan;
har ikki tilning so‘z turkumlari qatorida ravishning murakkab tabiati an'anaviy qarashlardan tubdan farq qiluvchi, nazariy jihatdan asoslangan, prinsipial jihatdan yangicha, ijodiy va innovatsion individual nuqtai nazar asosida, funksional-semantik va grammatik xususiyatlari yangi ilmiy paradigmalardan kelib chiqqan holda qiyoslanib, ikki tilda aks etish holatlari aniqlangan;
soda ravishlarning o‘zaro aloqaga kirishmasligi, asosan fe’lni aniqlab, gapda hol vazifasida kelishi kabi funksional-semantik xususiyatlari, faqat o‘ziga tegishli so‘z yasovchi affikslarga egaligi, ish-harakat, belgi atributlarini sifatdosh kabi tartiblashi, sifatdoshlardan belgi ma’nosini ifodalash vazifasi bilan farqlanishi kabi grammatik xususiyatlari ikkala tilda bir xilligi aniqlangan;
To‘lagan Qosimbekovning “Singan qilich” romanida ravish leksemalarning badiiy vosita sifatida qo‘llanilishi, qo‘llanilish tezligi va ma’nosi, romanda qo‘llangan ravishlarning personajlar qiyofasini ochib berishdagi vazifalari, asarning maqsadiga muvofiq zamon va makon ravish nomlari, shuningdek, maqsad, sabab, sifat, miqdor, o‘lchovni ifodalovchi ravish leksemalarning vazifalari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qirg‘iz va o‘zbek tillarida adverbial leksemalarning tabiati, ularning serqirra xususiyatlarini sinxron-qiyosiy o‘rganishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
dastlabki turkiy yozma yodgorliklarda harakat sifatini ifodalovchi mustaqil va doimiy ma’noli so‘z turkumi bo‘lgan ravishlarning antik davrdan hozirgi davrgacha rivojlanish yo‘li ularning tarkibini miqdor va sifat jihatdan boyitilishi, yangi ma’no kasb etishi va qo‘llanish doirasining kengayishi, turli grammatik xususiyat va sifatlar bilan boyitilishi orqali yuz berganligi haqidagi ma’lumotlardan Qirg‘iziston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi Gumanitar va mintaqaviy tadqiqotlar instituti janubiy filialida bajarilgan 34-raqamli “Buyuk Ch.Aytmatov asarlari tili” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qirg‘iziston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi Gumanitar va mintaqaviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 15-dekabrdagi 34-son ma’lumotnomasi). Natijada E.Sepirning ilmiy merosi haqidagi ma’lumotlar nafaqat oliy ta’limda o‘tiladigan fanlar o‘qitilishida, balki keng omma uchun mo‘ljallangan adabiyotlar yaratishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’minlangan;
qirg‘iz va o‘zbek tillarida so‘zlarning ot, sifat va ravish kabi uchta omoleksemaga bo‘linishi ravish o‘zining sintaktik jihatiga ko‘ra (aniqlovchi, hol, predikat bo‘lishi) boshqa mustaqil so‘zlar bilan ko‘p umumiyliklarga ega, lekin ega yoki to‘ldiruvchi bo‘la olmasligi bilan ulardan farqlanishi xususidagi xulosalardan O‘sh davlat universitetida bajarilgan “America’s Educational Program Alumni Small Grant” 47-son amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘sh davlat universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 24-19/664-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bajarilgan test-tajriba ishlarini bajarish hamda talaba, magistrant, tayanch doktorantlarning madaniyatlaro kompetensiyalarini boiytishga erishilgan.
To‘lagan Qosimbekovning “Singan qilich” romanida ravish leksemalarning badiiy vosita sifatida qo‘llanilishi, qo‘llanilish tezligi va ma’nosi, romanda qo‘llangan ravishlarning personajlar qiyofasini ochib berishdagi vazifalari, asarning maqsadiga muvofiq zamon va makon ravish nomlari, shuningdek, maqsad, sabab, sifat, miqdor, o‘lchovni ifodalovchi ravish leksemalarning vazifalariga oid ma’lumotlardan Botir Sodiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti o‘quv jarayoniga joriylangan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda foydalanilingan (Qig‘iziston Respublikasi Botir Sodiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universitetining 2023-yil 29-noyabrdagi 03/7-3/647-son ma’lumotnoma). Natijada diisertatsiya xulosalari o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida qo‘llanilib, til o‘rganuvchilar va badiiy asar tahlilchilari uchun qimmatli nazariy va amaliy manba sifatida xizmat qilgan, shuningdek, ilmiy va uslubiy materiallar ilmiy dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
har ikki tilning so‘z turkumlari qatorida ravishning murakkab tabiati an'anaviy qarashlardan tubdan farq qiluvchi, nazariy jihatdan asoslangan, prinsipial jihatdan yangicha, ijodiy va innovatsion individual nuqtai nazar asosida, funksional-semantik va grammatik xususiyatlari yangi ilmiy paradigmalardan kelib chiqqan holda qiyoslanib, ikki tilda aks etish holatlariga oid materiallardan O‘sh davlat universiteti o‘quv jarayoniga joriylangan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda foydalanilingan (O‘sh davlat universitetining 2023-yil 13-dekabrdagi 03-10/447-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘sh davlat universitetining ilmiy va o‘quv jarayonini boyitib, lingvistik tadqiqotlarda yangi yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
soda ravishlarning o‘zaro aloqaga kirishmasligi, asosan fe’lni aniqlab, gapda hol vazifasida kelishi kabi funksional-semantik xususiyatlari, faqat o‘ziga tegishli so‘z yasovchi affikslarga egaligi, ish-harakat, belgi atributlarini sifatdosh kabi tartiblashi, sifatdoshlardan belgi ma’nosini ifodalash vazifasi bilan farqlanishi kabi grammatik xususiyatlari ikkala tilda bir xilligi haqidagi ma’lumotlardan O‘sh davlat pedagogika universitetining o‘quv jarayoniga joriylangan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda foydalanilingan (O‘sh davlat pedagogika universitetining 2023-yil 13-dekabrdagi 03-10/447-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qiyosiy grammatika”, “Turkologiya”, “Qirg‘iz tili tipologiyasi”, “Qiyosiy lingvistika” kabi maxsus kurslarning dasturlari hamda o‘quv materiallari boyitilgan.