Xoshimov Muzaffarjan G‘anijanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilda parentez komponentli qo‘shma gaplarning umumiy nazariyasi muammolari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil781.
Ilmiy maslahatchi: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Anvarjon G‘ofirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Obektiv modal baho/subektiv modal baho” (OMB/SMB) universal konseptual oppozisiyasini voqelantiruvchi tildagi maxsus parentezali konstruksiyalar, xususan, parentez kirish komponentli qo‘shma gaplar (PKshKQG) va parentez kiritma komponentli qo‘shma gaplar (PKtKQG) turlarining umumiy lingvistik maqomini ornatish va ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
parentezli konstruksiyalarning monolingval va polilingval asnoda yaratilgan tushuncha va atamalari umumlashtirilib, ularning 70 dan ortiq umumlisoniy, birikmali atamalari hamda tavsifiy-analitik metatili yaratilgan;
“obektiv modal baho/subektiv modal baho” universal konseptual oppozisiyasini voqelantiruvchi parentezli konstruksiyalar, parentez komponentli qo‘shma gaplarning lingvokognitiv maydon tabiati va ularning nutqda qo‘llanilish darajasiga ko‘ra mazkur maydonning yadroviy, dominant va periferial konstituentlari an’anaviy grammatika, pragmatika va diskurs tahlili asosida tiizmli ravishda dalillangan;
parentezli konstruksiyalar, xususan, parentez komponentli qo‘shma gaplarning o‘ziga xos kognitiv-sintaktik va stilistik mexanizm sifatida matnda turli xil assessiv-komplementiv kontentlarni ifodalashga va shu yo‘sinda bevosita adresatga kommunikativ-pragmatik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan semantik aniqlikni ta’minlash, konnotativ ma’lumotlarni etkazish, subektiv munosabatni aks ettirish, matnning ekspressivligini oshirish va adresat e’tiborini jalb qilish kabi ko‘p funksiyali vazifalari asoslangan;
kommunikativ sintaksisga xos bo‘lgan, muallif idiostilini va matn yaratuvchi vositalar sifatida qo‘llaniluvchi parentezli konstruksiyalar kirish va kiritma bo‘laklarining semantik-mantiqiy aloqadorligi, pragmatik yo‘naltirilganligi, struktur jihatdan erkinligi va ekspressiv-emotiv funksiyalari orqali matnning dinamikligini oshirishga xizmat qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
parentez komponentli qo‘shma gaplarning kommunikativ tabiati va ularning nutqda lingvopragmemalar, lingvokulturemalar, lingvostilemalar va lingvogenderemalar sifatida qo‘llanilish semantik mazmunning chuqurlashuvi, subektiv va obektiv baholash imkoniyatlari, milliy-madaniy xususiyatlarning aks ettirilishi, gender asosidagi stilistik rang-baranglikni ifodalash va kommunikativ-pragmatik maqsadga muvofiqlikni ta’minlash kabi jihatlari isbotlangan;
gapdagi parentez komponentlarining umumiy lingvistik maqomi aniqlanib, asosiy gap tarkibida to‘laqonli kirish va kiritma bo‘laklar vazifasini bajaruvchi parentez komponentlar turlari ochib berilgan hamda ularning asosiy gap bilan grammatik aloqasi, y’ani -parentez aloqasi mavjudligi aniqlangan va dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilning turli funksional uslublari matnlaridan olingan parentezli konstruksiylar, shu jumladan parentez komponentli qo‘shma gaplarning kognitiv-sintaktik asoslarini o‘rganish jarayonida olingan nazariy takliflar va amaliy natijalar quyidagi orinlarda foydalanilgan:
parentezli konstruksiyalarning monolingval va polilingval asnoda yaratilgan tushuncha va atamalari umumlashtirilib, ularning 70 dan ortiq umumlisoniy, birikmali atamalari hamda tavsifiy-analitik metatili yaratilganligiga doir nazariy hulosalaridan Evropa Ittifoqi Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarda bajarilgan561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+SVNEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 13-martdagi 565/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiallaridan foydalanish zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari va tahlil usullarini batafsil o‘rganishga va til nazariyasi asoslari bo‘yicha virtual resurslar (elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari) tarkibini boyitishga yordam berdi;
“obektiv modal baho/subektiv modal baho” universal konseptual oppozisiyasini voqelantiruvchi parentezli konstruksiyalar, parentez komponentli qo‘shma gaplarning lingvokognitiv maydon tabiati va ularning nutqda qo‘llanilish darajasiga ko‘ra mazkur maydonning yadroviy, dominant va periferial konstituentlari an’anaviy grammatika, pragmatika va diskurs tahlili asosida tiizmli ravishda qollanishlari haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida 2014-2015-yillarga bajarilgan 1-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 14-martdagi 579/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarining joriy etilishi parentezli konstruksiyalarni chuqurroq lingvokognitiv tahlil qilish, shuningdek, parentezli konstruksiyalarda umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni ochib berish uchun qiyosiy- tipologik yondashuv nuqtai nazaridan ularni maxsus o‘rganishga xizmat qildi;
parentezli konstruksiyalar, xususan, parentez komponentli qo‘shma gaplarning o‘ziga xos kognitiv-sintaktik va stilistik mexanizm sifatida matnda turli xil assessiv-komplementiv kontentlarni ifodalashga va shu yo‘sinda bevosita adresatga kommunikativ-pragmatik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan semantik aniqlikni ta’minlash, konnotativ ma’lumotlarni etkazish, subektiv munosabatni aks ettirish, matnning ekspressivligini oshirish va adresat e’tiborini jalb qilish kabi ko‘p funksiyali vazifalarni bajarishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 15-martdagi 585/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarining joriy etilishi kommunikativ sintaksis ta’limotining mazmunini zamonaviy tilshunoslikning ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanish tamoyillariga muvofiq yangi ma’lumotlar bilan takomillashtirish va boyitishga xizmat qildi;
kommunikativ sintaksisga xos bo‘lgan, muallif idiostilini va matn yaratuvchi vositalar sifatida qo‘llaniluvchi parentezli konstruksiyalar kirish va kiritma bo‘laklarining semantik-mantiqiy aloqadorligi, pragmatik yo‘naltirilganligi, struktur jihatdan erkinligi va ekspressiv-emotiv funksiyalari orqali matnning dinamikligini oshirishga xizmat qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Najmeddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 12-martdagi 311/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi;
gapdagi parentez komponentlarining umumiy lingvistik maqomi aniqlanib, asosiy gap tarkibida to‘laqonli kirish va kiritma bo‘laklar vazifasini bajaruvchi parentez komponentlar turlari ochib berilgan hamda ularning asosiy gap bilan grammatik-parentez aloqasi mavjudligiga oid natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston" teleradiokanali "DM" Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati tomonidan tayyorlangan "Ta’lim va taraqqiyot", "Adabiy jarayon", "Jahon adabiyoti" radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda (2023-2024-yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 11-martdagi 95/24-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar parentezli konstuksiyalarning tarkibiy-semantik turlariga yondashuvlar xususidagi ma’lumotlardan elektron ta’limiy resurslar vositasida foydalanish uchun mavjud o‘quv va metodik qollanmalar, yaratilgan tavsiyalar haqida ma’lumotlarga ega boldilar.