Ro‘zieva Muhayyo Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda sog'lom turmush madaniyatini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped4863.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultonovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilyara Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limdaİtahsilİolayotganİtalaba-yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo’yisha taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda sog‘lom·turmush madaniyatini rivojlantirishning kompleks nazariy omillari raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim oluvchilarning nerv tizimida yuzaga kelayotgan somatik va vigetativ o‘zgarishlar profilaktikasining valeologik dunyoqarash bilan funksionallik integralligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda sog‘lom ·turmush madaniyatini rivojlantirish mazmuni tarixiy zamon va makon bilan bog‘liqlikda yuzaga kelgan ijtimoiy valeologik ong, valeologik fikrlash, umuminsoniy g‘oyalar, qarashlar va tamoyillar uyg‘unlashuvi sifatida valeologik ta’limning “bilim, nazariya, ko‘nikma va amaliyot” informatsion tizimlar sxemasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda sog‘lom ·turmush madaniyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik strategiyasi valeologik ta’limning yetakchi va o‘zaro aloqador uch elementi – valeologik savodxonlik, valeologik onglilik, valeologik xulq-atvorning shaxsiy-faoliyatli shartlanganlik bilan kombinatsionligini modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda sog‘lom ·turmush madaniyatini rivojlantirishning individual salomatlikka doir ta’limiy konsepsiyasi bo‘lajak mutaxassislarda nevrotik reksiyalarni qo‘zg‘atadigan omillarning salbiy ta’sirini “kasbiy salomatlik” modeliga muvofiq risk preventizatsiyasini ta’minlash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda sog‘lom·turmush madaniyatini rivojlantirishning kompleks nazariy omillarini raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim oluvchilarning nerv tizimida yuzaga kelayotgan somatik va vigetativ o‘zgarishlar profilaktikasining valeologik dunyoqarash bilan funksionallik integralligini hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan 60110100 – Pedagogika ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023 yil 24-noyabrdagi 02/01-01-166-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning salomatlikni saqlashga doir kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda sog‘lom ·turmush madaniyatini rivojlantirish mazmunini tarixiy zamon va makon bilan bog‘liqlikda yuzaga kelgan ijtimoiy valeologik ong, valeologik fikrlash, umuminsoniy g‘oyalar, qarashlar va tamoyillar uyg‘unlashuvi sifatida valeologik ta’limning “bilim, nazariya, ko‘nikma va amaliyot” informatsion tizimlar sxemasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Umumiy pedagogika (Pedagogika tarixi)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 438510-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarziga doir tarixiy-nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
talabalarda sog‘lom ·turmush madaniyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik strategiyasini valeologik ta’limning yetakchi va o‘zaro aloqador uch elementi – valeologik savodxonlik, valeologik onglilik, valeologik xulq-atvorning shaxsiy-faoliyatli shartlanganlik bilan kombinatsionligini modellashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173 “Yoshlarni umummilliy qadryatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihaning yoshlarda tibbiy-valeologik qadriyatlar tizimini rivojlantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-yanvardagi 11/05-280/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga qadriyatli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qilgan;
talabalarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishning individual salomatlikka doir ta’limiy konsepsiyasini bo‘lajak mutaxassislarda nevrotik reksiyalarni qo‘zg‘atadigan omillarning salbiy ta’sirini “kasbiy salomatlik” modeliga muvofiq risk preventizatsiyasini ta’minlash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan №FZ-2016-0909111822 “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogika tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihaning “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashishning sog‘lom tafakkurni shakllantirish texnologiyalari qismini bajarishda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-yanvardagi 11/05-280/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirishda sanogen-refleksiv texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.