Sabirov Sardor Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3838.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tajbenova Saule Sarsengalievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim oluvchilarda mustaqil, mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash faolligini, 4K kompetensiyalarini o‘zlashtirish motivlarini rivojlantirishda tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyatga qaratilgan intellektual-anglash malakalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni, konstruksiyalar tuzish va qo‘l mehnati orqali mantiqiy fikrlash, g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy-emotsional va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishda g‘oyalarni grafikli illyustratsiyashdan foydalanib, kreativ va tizimli fikrlash ijodiy rivojlanishning amaliy jihatlari mazmunan optimallashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli mustaqil fikrlash, ijodkorlik, ratsionalizatorlik (ixtirochilik) qobiliyatlarini ijodiy rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim oluvchilarda mustaqil, mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash faolligini, 4K kompetensiyalarini o‘zlashtirish motivlarini rivojlantirishda tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyatga qaratilgan intellektual-anglash malakalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan F3-2014-0903160552 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” (2015-2017 y.y.) mavzusidagi amaliy loyihani “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogik shart-sharoitlari rivojlantirish texnologiyalari” qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-maydagi 02-07-1958/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida loyihalash, konstruksiyalar ustida ishlash, tadqiqotchilik, kreativ, mantiqiy, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni, konstruksiyalar tuzish va qo‘l mehnati orqali mantiqiy fikrlash, g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2012-2016 yy.) mavzusidagi loyihani “O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, g‘oyalarini rivojlantirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-maydagi 02-07-1958/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida grafik, texnik, verbal modellashtirish, turli ob’ektlarni belgilar va ramzlar yordamida ifodalash kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-emotsional va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishda g‘oyalarni grafikli illyustratsiyashdan foydalanib, kreativ va tizimli fikrlash ijodiy rivojlanishning amaliy jihatlari mazmunan optimallashtirishga oid ma’lumotlar “Masalalar yechish bo‘yicha praktikum” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-551 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash mexanizmlari ishlab chiqilib, matnli masalalarni echish orqali konvergent va divergent fikrlashlarini rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli mustaqil fikrlash, ijodkorlik, ratsionalizatorlik (ixtirochilik) qobiliyatlarini ijodiy rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Masalalar yechish bo‘yicha praktikum” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-551 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modellashtirish ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasini aniqlovchi indikatorlar orqali o‘quvchilarda modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlanganligini aniqlashga erishilgan.