Juraev Sherali Soibnazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Abu Ali ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbihot” asarida borliq muammosining falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal722
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Ja’far Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbihot” asaridagi borliq muammosining falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Sinoning ontologik falsafasining mazmunida islom falsafasi tarixidagi borliq muammosining mohiyatini tushuntirganda taqdir masalasiga aralashmasdan inson aqlining substansial javhar ekanligi islom ta’limoti misolida baxt, kamolot hamda orif inson darajalari sifatida ilgari surilgan “aql”, “nafs”, “idrok”, “javhar” inson omillariga ta’sir etadigan g‘oyalar belgisi mukammal ravishda aniqlandi;
Ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbihot” asari birinchi marta arab tilidan o‘zbek tiliga kompleks ravishda tadqiq qilingan holda asaridagi “metafizik” (borliqning sabablari, borliqning illatlari, borliqning darajalari), “tasavvufiy” (orif darajalari, mo‘jizaviy sirlar, baxt-saodat bosqichlari) kabi gipotetik assotsiya orqali dunyoni idrok qilish mumkinligi isbotlangan;
“Al-Ishorat va at-tanbihot” asari orqali moddiy borliqni anglashda inson aqlining substansial javhar ekanligiga isbot sifatida orif kishiga xos aqli butunlar ulug‘ ishlarga, noqislar esa nafs ishlariga berilib ketishining mantiqiy tafakkur belgisi regulyativ bosqichda asoslab berilgan.
Ibn Sino falsafiy qarashlaridagi inson ma’naviy kamolatidagi baxt-saodat darajalariga erishishda ma’naviy borliqni anglashdagi ratsional va irratsional bilishda “zohid”, “obid” va “orif” kishilarning retrospektiv xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Ali ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbihot” asaridagi borliq muammosining falsafiy tahlili, olingan ilmiy natijalar asosida:
Abu Ali ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbihot” asaridagi metafizik nazariyaning ilohiyot falsafasi ekanligini aqliy va idrok orqali anglash mumkinligiga undovchi ilmiy-falsafiy qarashlar majmui madaniyatlararo muloqot, diniy bag‘rikenglik kontekstida zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi kabi xulosa va metodologik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 28-iyundagi 06-31-794-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv muxlislarining Abu Ali ibn Sino falsafiy qarashlarida borliq masalasi, uning jamiyat mafkurasidagi roli, ularning inson o‘zini anglash borasidagi qarashlariga doir ilmiy-falsafiy bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Abu Ali ibn Sinoning metafizika va tasavvuf haqida yozilgan arab tilidagi “Al-Ishorat va at-tanbihot” asarida javhar (substansiya) va oraz (aksidensiya)ning mohiyati, baxt va ruhning substansiya ekanligiga dalillar, noqis insonlarning qalbi salbiy illat ekanligi, orif insonlarning niyati boqiy ekanligi komillik va uyg‘unlashuviga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5186-son qaroriga 1-ilova “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish” hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ning III –yo‘nalishiga oid “Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar” 27-bandi O‘zbekistondagi sohaga oid ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining 2024-yil 24-iyundagi 06-07/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom falsafasida moddiy borliqning substansial apriorini anglashdagi insonning ratsional va irratsional yondoshuvlarining falsafiy mushohadasini kengaytirishga xizmat qilgan.
Ibn Sino tomonidan nafs, aql, komillik, rostgo‘ylik, allohga muhabbat va ilmiy ma’rifatga undovchi regulyativ mezonlar tizimi rivojlanayotgan jamiyatning mafkurafiy tizimida diniy ekstrimizm, terrorizm kabi buzg‘unchilikka asoslangan mafkuraviy tahdidlar ta’siriga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligiga doir xulosa va tavsiyalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan “Termiziy ulamolarning islom tamadduni va jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallarini shakllanitirishda foydalanilib, ko‘zlangan samarani berdi (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 19-iyundagi 01-07/56-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot xulosalari, taklif va tavsiyalari islomshunoslik sohasiga oid ilmiy to‘plam va kitoblarni boyitishga, yoshlarni ilm-ma’rifatga da’vat etishga, milliylik va diniylik o‘rtasidagi uyg‘unlik mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan media mahsulotlar, hamda yosh g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga xizmat qilgan.
Ibn Sino falsafiy qarashlaridagi inson ma’naviy kamolatidagi baxt-saodat darajalariga erishishda ma’naviy borliqni anglashdagi ratsional va irratsional bilishda “zohid”, “obid” va “orif” kishilarning retrospektiv xususiyatlari ochib berilgan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 20-iyundagi 273-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar “Uchinchi Renessans” davridagi Yangi O‘zbekiston ma’naviy borliq praksiologiyasini yuksaltirishdagi rolini oshirishga xizmat qilgan.