Egamberganova Dilnoza Davronbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abulhasan Movardiy asarlari vositasida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4922.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultonovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Djuraev Dustmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori;  
Yetakchi tashkilot: Fargona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abulhasan Movardiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abulhasan Movardiyning milliy pedagogik va diniy qadriyatlar falsafasining sinkretik, gumanistik xususiyatlari, ularning islom axloqshunosligi normalari va tamoyillariga oid yangi metodologik yondashuvlari hamda shaxsga yoʻnaltirilgan mantiqiy va intuitiv bilishni qaror toptirishning xulq-atvor, kasbiy-pedagogik komponentlari ochib berilgan;
oliy ta’limda talabalar axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda  Abulhasan Movardiy pedagogik qarashlari asosida odoblilik, bagʻrikenglik, vatanparvarlik, insonparvarlik, bilim va  ilm olish hamda kasb-hunar egallash kabi  aksiologik  qadriyatlarning  individual, umumbashariy va milliy an’analarga xos tarbiyaviy samaradorlikni oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
Abulhasan Movardiy pedagogik qarashlaridagi ta’lim-tarbiyaviy, axloqiy kategoriyalar tasnifi imperativligiga doir yondashuvlar aniqlangan hamda talaba-yoshlarda improvizatsion faoliyatni (yangi g‘oyalar, dunyoqarash, ijodiy fikrlash) oshirishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimini takomillashtirish zarurati asoslangan;
Abulhasan Movardiy ilmiy-madaniy merosining tarixiy  retrospektiv jihatlari, mutafakkirni ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlariga doir imitatsion va pedagogik g‘oyalarning qiyosiy tipologiyasining mazmun-mohiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abulhasan Movardiy asarlari vositasida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
Abulhasan Movardiy ilmiy-madaniy merosining tarixiy  retrospektiv jihatlari, mutafakkirni ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlariga doir imitatsion va pedagogik g‘oyalarning qiyosiy tipologiyasining mazmun-mohiyati asoslangan  hamda Movardiyning milliy pedagogik va diniy qadriyatlar falsafasining sinkretik, gumanistik xususiyatlari, ularning islom axloqshunosligi normalari va tamoyillariga oid yangi metodologik yondashuvlari hamda shaxsga yoʻnaltirilgan mantiqiy va intuitiv bilishni qaror toptirishning xulq-atvor, kasbiy-pedagogik komponentlari ochib berilgan xulosalardan “Globallashuv asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovotsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537361-raqamli guvohnoma). Natijada, bu takliflar oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda talabalar axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda  Abulhasan Movardiy pedagogik qarashlari asosida odoblilik, bagʻrikenglik, vatanparvarlik, insonparvarlik, bilim va  ilm olish hamda kasb-hunar egallash kabi  aksiologik  qadriyatlarning  individual, umumbashariy va milliy an’analarga xos tarbiyaviy samaradorlikni oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan xulosalardan “Globallashuv asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovotsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537361-raqamli guvohnoma). Natijada, bu takliflar oliy ta’lim muassasalarida talabalarga Abulhasan Movardiy asarlari asosida vatanparvarlik hissini singdirish hamda ularning kasbiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;
Abulhasan Movardiy pedagogik qarashlaridagi ta’lim-tarbiyaviy, axloqiy kategoriyalar tasnifi imperativligiga doir yondashuvlar aniqlangan hamda talaba-yoshlarda improvizatsion faoliyatni (yangi g‘oyalar, dunyoqarash, ijodiy fikrlash) oshirishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimini takomillashtirish zarurati asoslangan xulosalardan “Globallashuv asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 537361-sonli guvohnoma). Natijada, bu takliflar oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish