Abdimuratova Nilufar Paraxatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tariyxi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped218.
Ilmiy maslahatchi: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Seytnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o'qituvchilarining kompetentligini rivojlantirishning nazariy va ijtimoiy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan borat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-tarixiy jihatlari  faoliyat subektining individual-integrativ sifat xarakteristikasi sifatida pedagogik tafakkurga nazariy va pedagogik harakatlarga amaliy tayyorgarlikning o‘zaro muvofiqlik darajasi adekvatligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik mazmuni shaxsiy-insonparvar ta’lim paradigmasiga asoslangan ratsional-mantiqiy, intuitiv-emotsional shaxslilik xususiyatlari aktualligini ta’minlaydigan pedagogik faoliyatga xos kompetensiyalar to‘plamini argumentatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-tarixiy aspektga asoslangan gnoseologik, yo‘naltiruvchi, refleksiv funksiyalari intuitiv-faoliyatli, axborotlarga ega bo‘lish, anglangan-faoliyatli darajalar bilan autentik o‘quv materiallarini qonuniy aloqadorligi identivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik modeli diagnostik, nazariy, amaliy bloklarni ta’limdagi dominant tendensiyalarga muvofiq konstruksiyalashning konseptuallik, tizimlilik, boshqaruvchanlik, samaradorlik kabi metodologik talablarini nazariy sintezlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik tizimi ta’lim mazmunining variativ va invariantli asoslarining madaniy dialog, muammoga yo‘naltirilganlik kabi tamoyillarga muvofiq intellektual-ijodiy va tarjimonlikka doir o‘quv materiallarni ijtimoiy loyihalash jarayoniga intensiv birlashtirish omiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Bo‘lajak ingliz tili o'qituvchilarining ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishn bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-tarixiy jihatlarini  faoliyat subektining individual-integrativ sifat xarakteristikasi sifatida pedagogik tafakkurga nazariy va pedagogik harakatlarga amaliy tayyorgarlikning o‘zaro muvofiqlik darajasi adekvatligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan qoraqalpoq tilida “Pedagogika va psixologiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-son buyruǵi, 415866-son raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning umumkasbiy kompetensiyalar tizimini loyihalashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik mazmunini shaxsiy-insonparvar ta’lim paradigmasiga asoslangan ratsional-mantiqiy, intuitiv-emotsional shaxslilik xususiyatlari aktualligini ta’minlaydigan pedagogik faoliyatga xos kompetensiyalar to‘plamini argumentatsiyalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan qoraqalpoq tilida “Pedagogika va psixologiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-son buyruǵi, 415866-son raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-tarixiy aspektga asoslangan gnoseologik, yo‘naltiruvchi, refleksiv funksiyalarini intuitiv-faoliyatli, axborotlarga ega bo‘lish, anglangan-faoliyatli darajalar bilan autentik o‘quv materiallarini qonuniy aloqadorligi identivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining №FA-F1-G003 “Hozirgi zamon qoraqalpoq tilida funksional so‘zlarning shakllanishi” (2012-2016 yy.) fundamental loyihasining ingliz va qoraqalpoq tillarining qiyosiy lingvomadaniy aspektlari qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi 4/17-12/01-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-kommunikativ savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik modelini diagnostik, nazariy, amaliy bloklarni ta’limdagi dominant tendensiyalarga muvofiq konstruksiyalashning konseptuallik, tizimlilik, boshqaruvchanlik, samaradorlik kabi metodologik talablarini nazariy sintezlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Qoraqalpoq davlat universitetining №PZ-20170930309 “Qoraqalpoq folklor tilining adabiy nutq madaniyatga ta’siri muammolari” loyihasining chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiy nutq madaniyati qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi 4/17-12/01-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishda folklor materiallaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik tizimini ta’lim mazmunining variativ va invariantli asoslarining madaniy dialog, muammoga yo‘naltirilganlik kabi tamoyillarga muvofiq intellektual-ijodiy va tarjimonlikka doir o‘quv materiallarni ijtimoiy loyihalash jarayoniga intensiv birlashtirish omiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan qoraqalpoq tilida “Pedagogika va psixologiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-son buyruǵi, 415866-son raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyatga amaliy tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish