Shukurov Ilhom Safarboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fermer xo‘jaliklariga servis xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2892  
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar:
Xurramov Azamat Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,
Djuraev Bekzod Bekmatovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublika qishloq xo‘jaligidagi fermer xo‘jaliklariga servis xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tizimli yondashuvga ko‘ra, fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarining (agroservis) sifat va samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlari orqali ularning faoliyatini baholash mezonlari asoslab berilgan;
hududlarda fermer xo‘jaliklarining xususiyatlarini hisobga olgan holda servis xizmat bozorining asosiy segmentlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar asosida innovatsion rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish faoliyatidagi yangi shakllar mutanosibligini tizimli ta’minlovchi “Ko‘maklashuvchi markaz”ni tashkil etish asosida fermer xo‘jaliklariga samarali servis xizmatlarini amalga oshirilishi hamda zamonaviy agrotexnik tadbirlarni sohaga joriy etish imkoniyatlarning oshishi asoslab berilgan;
Samarqand viloyatida fermer xo‘jaliklariga servis xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yuqori samarali ekonometrik modellashtirish usulidan foydalangan holda 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fermer xo‘jaliklariga servis xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
tizimli yondashuvga ko‘ra, fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarining (agroservis) sifat va samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlari orqali ularning faoliyatini baholash mezonlarini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabr №05/05-04-531-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, respublika va uning hududlarida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, taklif etilayotgan ko‘rsatkichlar tizimi asosida qishloq xo‘jaligida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari servis samaradorligini baholash imkonini bergan;
hududlarda fermer xo‘jaliklarining xususiyatlarini hisobga olgan holda servis xizmat bozorining asosiy segmentlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar asosida innovatsion rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabr 05/05-04-531-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklariga servis xizmatlar ko‘rsatishidagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy mexanizimlari fermer xo‘jaliklarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan hamda fermer xo‘jaliklarining hududlardagi xususiyatlarini hisobga oluvchi servis bozorining (FXSB) asosiy segmentlarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ta’sirini aniqlash oqibatida servis xizmatlari ko‘rsatilayotgan fermer xo‘jaliklari rentabelligini qo‘shimcha 8-10 foiz oshirish imkoniyati asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish faoliyatidagi yangi shakllar mutanosibligini tizimli ta’minlovchi “Ko‘maklashuvchi markaz”ni tashkil etish asosida fermer xo‘jaliklariga samarali servis xizmatlarini amalga oshirilishi hamda zamonaviy agrotexnik tadbirlarni sohaga joriy etish imkoniyatlarning oshishini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabr 05/05-04-531-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari servis xizmati uchun ko‘maklashuvchi markazlar tuzilmasini joriy etish oqibatida,  sohaga ilm-fan va innovatsiyalarning oxirgi yutuqlarini qo‘llash hamda qishloq xo‘jaligida klasterlar, kooperativlar kabi yangi shakllari faoliyatini mutanosiblashtirish hisobiga, viloyatdagi fermer xo‘jaliklari samaradorligini qo‘shimcha 6-8 foiz oshirish imkoniyati yaratildi;
Samarqand viloyatida fermer xo‘jaliklariga servis xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yuqori samarali ekonometrik modellashtirish usulidan foydalangan holda 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabr 05/05-04-531-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2028-yilga kelib fermer xo‘jaliklarida servis xizmatlari ko‘rsatish asosida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2023-yildagi 146632.17 mlrd. so‘mga nisbatan 33,25 foizga oshib, uning qiymati 195393.8 mlrd. so‘mga etishi ilmiy asoslanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish